Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
strategik menejment

4.3. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? 
 
Kuch - bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimcha imkoniyatlar beradi. 
Bu kuch maxoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq 
imkoniyatlarda, Korxonaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishi 
mumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega 
bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li bilan xam 
yaratilishi mumkin. 
Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bo’lgan nimaningdir yetishmasligi, 
kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib 
qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach, xar ikkala 
ro’yxat o’rganilishi va baholanishi lozim
28
. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi 
(tahlil, xarajatlar tahlili, imkoniyatlar va boshqalar tahlili). Bunda kuch va zaiflik 
balansi to’ziladi. Kompaniyaning eng muxim yutugi - bu raqiblariga nisbatan 
kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir. 
4.4. Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi? 
Kompaniya axvoli tahlilining muxim qismi - bu Korxona xarajatlarining 
raqobatga bardoshliligini aniqlashdir. Baholardagi farqlarning kelib chiqish sabablari 
xilma-xil bo’lishi mumkin. Ularning eng muximlari quyidagilar: 
1)
xom ashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi 
farq; 
2)
texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi; 
3)
ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi
4)
raqiblarning inflyatsiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining 
o’zgarishiga bogliqlik darajasining turliligi; 
5)
marketing xarajatlarining turliligi; 
6)
transportirovka xarajatlarining turliligi
7)sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi. 
Raqobatga bardoshli bo’lish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar 
xarajatlariga teng yoki undan past bo’lishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar 
zanjirining xar bir bo’ginida tahlil o’tkaziladi. Qiymat yaratuvchi zanjir 
quyidagilardan iborat bo’ladi. 
Asosiy faoliyat doirasida:
moddiy-texnika ta’minoti; 
tayyorlash; 
tovarlarni istemolchilarga yetkazish
sotish va marketing; 
xizmat ko’rsatish; 
Qo’shimcha faoliyat doirasida:
28
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.162 
57


tadqiqotlar va ishlanmalar, texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish; 
inson resurslarini boshqarish
umumiy boshqarish; 
Xarajatlarni to’gri baholash uchun menedjer 4 ta ishni bajarishi lozim:
Korxonaning qiymatlar zanjirini to’zish; 
zanjir ichida turli uchastkalar o’rtasidagi aloqani o’rganish; 
bozorda muvaffaqiyat keltiruvchi faoliyat turlarini aniqlash; 
solishtirma baholash o’tkazish; 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin