2)voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish;
Strategiya - bu faqatgina menejerlar avvalroq o’ylab chiqqan xarakatlar emas ,
balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilshi lozim bo’lgan to’zatishlardir
3
.
Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik istedodi va fikrlashning strategik
tarzi bo’lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish maxorati menejerning tadbirkorlik
istedodiga bogliq.
Menejerning tadbirkorlik maxoratini belgilash mezoni
uning yangi strategik
imkoniyatlarni ko’ra bilishi va yangiliklarga o’chliligidir.Tadbirkorlik istedodiga ega
bo’lgan menejerlar odatda birinchi qaldirgochlar bo’ladilar.Ular yangiliklarni tez
o’zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo’ladilar va keskin yangi strategiyalar yaratadilar.
Kompaniya strategiyasiga to’zatishlar kiritish meyordagi oddiy holat xisoblanadi.
Ba’zan strategiyaga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi. Kamdan-kam xollardagina
kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o’ta oladi. Strategiyani qanday qilib yaxshilash
mumkin, degan savol menejerni xech qachon tark etmasligi lozim.
SHuning uchun
strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir.
Kompaniya strategiyasi qator savollarga javoblardan iborat bo’ladi. Bu savollar
quyidagilardan iborat:
-ishniqanday rivojlantirish kerak?
-mijozlarniqandayqilib qanoatlantirish kerak?
-raqiblardan qanday qilib o’zib ketish mumkin?
-o’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim?
-kompaniyaning ayrim funktsional bo’linmalarini qanday boshqarish kerak?
-moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin?
Strategik ko’rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni aniqlash
va va strategiyani tanlash - bu kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini belgilashdagi
asosiy vazifalardir. Kechikib to’zilgan strategik rejalar yoki o’z vaqtida kiritilmagan
to’zatishlar xech qanday natija bermaydi.
G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy
vazifalarga kirib,
quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy
imkoniyatlar yaratish;
-mablaglarni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish;
- korxona strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash;
-xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish;
-erishiladigan natijalar va muqofotlar xajmini bir-biriga bog’lash;
-kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish
uchun qulay muxit yaratish;
-kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir
personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
-ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish;
-ichki raxbarlikni ta’minlash;
D) Yuqoridagi 4 ta vazifalar bir necha bor qayta ko’rib chiqiladi, chunki
yangi
yo’zaga keladigan holatlar to’zatishlar kiritishni talab qiladi. O’tgan tajribalar va
kompaniyaning istiqbol maqsadlari o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Strategiyani
muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’llarini axtarish doimiy xisoblanadi.Strategiyani
amalga oshirishda ba’zi qismlari keraksiz bo’lib, ularni o’zgartirish kerak bo’ladi.
3
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.7
28