Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib,
strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo’ladi:
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
-aloxida korxonalarning foyda va zararlari
uchun javobgar menejerlar;
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
-asosiy operativ bo’linmalar va regional bo’limlar menejerlari;
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki
ikkita menejer mavjud bo’ladi.
Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun
Korxona strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni
- strategik menejerlarni
aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir
yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi).
Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo,
mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional
menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib,
kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chiqago universiteti), eng omadli strategik menejerlar
quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari,
- o’z vaqti va energiyasini
boshqara olishlari,
-yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari),
-ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
-dasto’rni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli
boshqaruv qarorlarini qabo’l qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli
qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ
voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi.
Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri
taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash
kerakligi, qaysi paytda
esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan
bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak.
Udiktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim.
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U
manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa
Korxona ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o’zgartirishga
tayyor
turishi kerakligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: