Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147
strategik menejment

5.4. Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi 
 
Kompaniya mablaglarini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy 
sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya 
xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha raqobatustunligiga 
erishishga olib kelmas ekan, u strategik xisoblanmaydi va unga mablag sarflashning 
foydasi yuq. 
«Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda 
ishlab chiqarishning talab etiladigan xajmi shu darajada yuqori bo’ladiki, u xuddi 
ta’minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni 
ta’minlaydi. 
«Oldinga» vertikal integratsiya xam ana shunday ildizlarga ega. 
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga kuyidagilar kiradi: 
1. Integrallashgan Korxonalar yangi texnologiyalarga sekin kunikish 
tendentsiyasiga ega bo’ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan bog’liq. 
2. Integratsiya ta’minotchilarni erkin tanlash xususida Korxonaning 
imkoniyatlarini cheklaydi. 
3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi xar bir bosqichda kuvvatlarni 
balansligi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga olib keladi. 
4. «Oldingi» yoki «orkaga» integratsiya turli malaka, maxorat va ishbop 
kobiliyatlarini talab etadi. 
SHunday qilib, vertikal integratsiya strategiyasining xam kuchli, xam kuchsiz 
tomonlari bo’lishi mumkin. Integratsiyaning kanday yunalish va kanday mikyoslarini 
tanlash kuyidagilarga bog’liq: 
1. Integratsiya kompaniyaning strategik jixatdan muxim bo’lgan ish sohalari 
xarajatlarini pasaytirish yoki tabaqalashtirishni chuqurlashtirish tomoniga yaxshilashga 
kodirmi? 
2. Kapital xarajatlar, javobiy reaktsiyaning chapdastligi va tezligiga, ma’muriy 
xarajatlarga kanday ta’sir ko’rsatadi? 
3. 
Raqobat ustunligini yaratishga kodirmi? 
5.5. Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari 
 
Vakt omili strategiyani tanlashda xal qiluvchi rol
ь
uynaydi:Ustunlikka erishish 
uchun «kaldirgoch» Korxonaning «kaltis vaktda strategik xarakat kerakmi yoki kerak 
emas?» degan savolga javob beradi. 
Strategik qadamlarni birinchi bo’lib kuygan Korxona shundagina yuqori 
natijalarga erishishi mumkin, kachonki
36

1. 
Tashabbuskorlik Korxonaning obro’ orttirishiga yordam bersa. 
36
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.190 
65


2. 
Xom ashyo, yangi texnologiyalar ta’minotchilari, sotish tarmoqlari bilan erta 
urnatilgan alokalar mutlok ustunlikni egallashga imkoniyat yaratishi mumkin.
3. Birinchi xaridorlar takroriy xaridlarni amalga oshirib kompaniyaga kuchli 
ixlosmandlikni saklab koladilar. 
Ammo kutish xar doim xam muvaffakiyatsiz yondoshuv bo’lavermaydi. 
«Qaldirgoch»lar uchun kiyinchiliklar paydo bo’ladi, qachonki: 
1.Birinchi bo’lib yurish, yulboshchilardan keyin yurishga karaganda ancha 
kimmatga tushadi. 
2.Texnologik o’zgarishlar shunchalik tez amalga oshadiki, ilk investitsiyalar 
tezda samarali bo’lmay koladi. 
3.Kutayotganlarga bozorga kirish osonrok, chunki xaridorlar xar doim xam 
«kaldirgoch»larga sadokatni saklab kolavermaydilar. 
4.Ilgarilab ketayotganlarning maxorat va nou-xaularidan osongina nusxa 
kuchirilishi mumkin yoki xatto orkada kolayotganlar tomonidan takomillashtirilishi 
xam mumkin. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin