Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147
strategik menejment

7.2. Diversifikatsiyalashni qo’llash 
Diversifikatsiyalashning tub maqsadi aktsionerlar uchun qadriyatlar yaratish 
xisoblanadi. Yagona korporativ tizimga birlashgan korxonalar guruxi ularning xar biri 
beradigan samaradan ko’proq samara bermas ekan, diversifikatsiyalash aktsiyalarning 
daromadliligini oshirmaydi. Agarda «A» kompaniya «B» kompaniyani sotib olish 
bilan diversifikatsiyalanar ekan va ular oladigan foyda ular birlashishidan oldin 
oladigan foyda summasidan oshmas ekan, bunday diversifikatsiyalash 
muvaffaqiyatsizdir. «A» kompaniyaning omonatchilari 2+2=4 natijani o’z 
mablag’larini «B» kompaniya aktsiyalariga quyib xam olishlari mumkin edi. Lekin, 
diversifikatsiyalash natijasi 2+2=5 samarasini bermas ekan, aktsiyaning daromadliligi 
oshmaydi. 
Korporativ boshqaruvchilar diversifikatsiyalash bo’yicha u yoki bu qarorlar 
aktsiya daromadliligini oshirishga qodir ekanligini, quyidagi uchta mezondan 
foydalanib baholashlari mumkin: 
1. Jozibadorlik mezoni. Diversifikatsiyalash uchun tanlangan tarmoq quyilgan 
mablag’lardan yaxshi foyda olish no’qtai nazaridan jozibali bo’lishi kerak. 
2. «Kirish uchun xarajatlar» mezoni. Foyda olish saloxiyatiga zarar yetkazmaslik 
uchun tarmoqqa kirish xarajatlari u darajada yuqori bo’lmasligi lozim. 
3. Qushimcha manfaatlar mezoni. Faoliyatda yangi raqobat ustunligini barpo 
etish uchun kompaniya ma’lum xarakatlarni amalga oshirishi zarur. 
Diversifikatsiyalash bilan shug’ullanuvchi korporativ boshqaruvning strategik 
tanlovi diversifikatsiyalashning quyidagi strategiyalarida namoyon bo’ladi: 
1. Yangi tarmoqqa kirish strategiyasi. 
2. 
Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi. 
3. 
Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi.
 
4. 
Qisqartirish va tugatish strategiyasi.
 
5. 
Qayta tarmoqlashtirish, qayta tiklash va tejamkorlik strategiyasi.
 
Birinchi uchta strategiya diversifikatsiyalash usullarini o’zida jamlaydi, turtinchi 
va beshinchisi esa diversifikatsiyalanib bo’lingan kompaniya pozitsiyalarini 
mustaxkamlash strategiyasidir. 
74


Diversifikatsiyalashning ikkita asosiy turi - bog’liq va bog’liq bo’lmagan turlari 
mavjud. Bog’liq diversifikatsiyalash kompaniya faoliyatidagi biznesning mavjud 
sohalari (masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta’minot yoki texnologiya) 
bilan bog’liq bo’lgan yangi sohadir. 
Bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalash - faoliyatning, biznesning mavjud 
sohalari bilan ochiqdan-ochiq aloqasi bo’lmagan yangi sohasidir. 
Diversifikatsiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilishi mumkin: 
- ichki kapitallar bozori orqali; 
- qayta tarkiblashtirish orqali; 
- funktsiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali. 
Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversifikatsiyalash fond bozori qaysi 
funktsiyalarni bajarsa, ayni shu funktsiyalarni bajaradi. Ichki kapitallar bozorida 
korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
- korporatsiya xo’jalikning o’rta bug’ini tarkibidagi strategik rejalashtirish 
funktsiyalarini bajarish; 
- moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xo’jalikning o’rta bugini faoliyatini 
kuzatib borish; 
- korporativ kapitallarni raqobatlashuvchi o’rta korxonalar o’rtasida 
joylashtirish. 
Bunday sharoitlarda o’rta korxonalar asosiy idoraning faqat moliyaviy nazorati 
ostida bo’lgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi. 
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi ichki kapitallar bozori strategiyasi turlaridan 
biridir. Ular o’rtasidagi farq korporatsiyaning o’rta korxonalar faoliyatiga aralashuv 
darajasidadir.
Kompaniya faoliyatini diversifikatsiyalashda bunday kompaniyani boshqarish 
qiymatini ham hisobga olish talab qilinadi. Ushbu xarajatlar o’rta korxonalar soni va 
ular o’rtasidagi koordinatsiya zarurati bilan aniqlanadi. Masalan, ma’lum bir sinergizm 
mavjud bo’lgan 12 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagi boshqarish xarajatlari 
sinergizm bo’lmagan 10 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagiga qaraganda 
ko’proq bo’ladi (10-rasmga qarang). Koordinatsiyaga ehtiyoji kuchli bo’lgan 
kompaniya o’z mavqeini o’rta korxona sinergizmi orqali kuchaytirishga intilmoqda, 
deb faraz qilaylik. Koordinatsiyaga bo’lgan ehtiyoji unchalik kuchli bo’lmagan 
kompaniya esa ichki kapital bozori yoki qayta strukturalash strategiyasiga rioya qiladi. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin