Nazorat uchun savollar
1.
Korxona ishlayotgan tarmoqni qanday ta’riflash mumkin?
2.
Korxonaning tarmoqdagi ahvoli qanday baholanadi?
3.
Korxonaning tarmoqdagi mavqei va strategik imkoniyatlari o’rtasida
qanday bog’lanish bor?
4.
Hujumkorlik strategiyasini qachon qo’llash lozim?
5.
Tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarga nimalar kiradi?
6.
Korxonaning strategik harakatlari deganda nimani tushunasiz?
7-
MAVZU
. DIVERSIFIKATSIY
А
LASHNING KORPORATIV
STRATEGIY
А
LARI
7.1. Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi
7.2. Diversifikatsiyalashni qo’llash
7.3. Vertikal integratsiya
7.4. Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi
7.5. Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi
7.6. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi
7.7. Qiskartirish va tugatish strategiyasi
7.8. Qayta tarkiblashtirish strategiyasi
7.9. Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi
Tayanch iboralar: korporatsiya, diversifikatsiya, vertikal integratsiya, yangi
tarmoqlarga kirish strategiyasi, turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash
strategiyasi, noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi, qisqartirish
strategiyasi, tugatish strategiyasi, qayta tarkiblashtirish strategiyasi, ko’pmillatli
diversifikatsiyalash strategiyasi
7.1. Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi
Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli korxona
sifatida maxalliy va xududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar. Boshlangich
bosqichda mahsulot assortimenti katta bo’lmaydi, o’z mablag’lari
cheklangan, raqobat
pozitsiyalari zaif bo’ladi. Ko’p yosh kompaniyalar bozordagi ulushini oshirib va
xaridorlar etiborini qozona borib, odatda sotuv xajmlarini oshirishga xarakat qiladilar.
Narx, sifat, xizmat ko’rsatish va reklama xaridorlar manfaatlariga buysundiriladi.
Keyingi bosqichda geografik ekspansiya uchun imkoniyatlar axtariladi. U
shunday davomiylikda kechadi: maxalliy, xududiy-milliy-xalqaro bozorlar. Bozorlarga
kirib borish darajasi rentabellik darajasiga bog’lik ravishda o’zgarib turadi.
Kompaniya bir tarmoqning imkoniyatlaridan foydalanib, daromad olib turar
ekan, diversifikatsiyani amalga oshirishning xech qanday zaruriyati yuq. Lekin, o’sish
saloxiyati qisqarib borar ekan boshqa sohalar faoliyatiga
diversifikatsiya qilish
strategik jixatdan o’zini oqlaydi yoki to’gri bo’ladi.
Bunday strategik imkoniyatlar turlichadir. Kompaniya turdosh tarmoq kabi o’zi
uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqqa xam diversifikatsiya qilishi mumkin. Buni
katta va katta bo’lmagan xajmlarda amalga oshirish mumkin.
72
Biznesning bir turida faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar o’zoq yillar
diversifikatsiyasiz amal qilib xavas qilarli natijalarga erishishlari mumkin. Bunga
misollar ko’p. Bir sohada kontsentratsiya - jamlanish kator foydali tashkiliy va
boshqaruv ustunliklariga egadir. Birinchidan, kontsentratsiya «biz kimmiz va nima
bilan shug’ullanamiz» degan savoldagi mavxumiylikni istisno qiladi. Bunda barcha
kuch biznesning bir turiga yunaltiriladi va raxbariyatning xatti-xarakatlari boshqa
sohalarga «sochilib ketish» extimoli bo’lmaydi.
Ikkinchidan, bir sohada jamlanish jiddiy rag’batlar borligini ko’zda tutadi. Ular
menejerlarni bir
daqiqalik foyda olishga emas, korxonaning tarmoqdagi raqobat
pozitsiyalarini o’zoq kelajakda xam mustaxkamlashga ragbatlantiradi.
Boshqa tomondan, bir yunalishda jamlanish, uning xarakatlarini bir tomonga
yunaltirish kompaniya uchun katta tavakkalchilik bo’lib xisoblanadi. Obrazli qilib
aytganda «uning, korxonaning barcha tuxumlari bir savatda bo’ladi».
Marginal qo’shimcha
boshqaruv xarajatlari
d
1
d
2
d
3
Divertsiyalash
xarajatlari
7.1.-rasm. Sarflangan kapital birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha foydaning
diversifikatsiyalash xarajatlariga bog’liqligi
Sekin o’sayotgan tarmoq sharoitida kuchli kompaniyalar diversifikatsiyani
boshlash uchun naqd pul ortiqchaligidan foydalanish imkoniyatini ko’rib
chiqishlari
kerak. Diversifikatsiyani boshlash masalasi qisman kompaniyaning mazkur tarmoqda
o’sish imkoniyatlariga, qisman uning raqobat pozitsiyalariga bog’likdir. Korxona
o’zining asosiy ustunliklaridan samarali foydalana oladigan sohalarga diversifikatsiya
qilishi eng yaxshi strategiya bo’lib xisoblanadi. Lekin korxona uchun butunlay yangi
bo’lgan tarmoqlarga diversifikatsiyalash, turdosh tarmoqlarning birortasiga xam o’sish
istiqbollarini ta’minlay olmay qolgan taqdirda ko’zda tutilishi kerak. SHunday qilib,
«qachon diversifikatsiyalash kerak?» degan masalani xal etish,
bir tomondan
korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasiga, boshqa tomondan tub tarmoqdagi
qolgan imkoniyatlariga bog’liqdir. Kompaniyalar diversifikatsiyani amalga
oshirishlarining aniq belgilangan vaqti yuq.
Kompaniyalar uchun o’zoq muddatli daromadni maksimallashtirishning ma’nosi
shuki, kompaniya odatda o’z bozori doirasida narxdagi ustunlik, tabaqalashtirish va
fokuslanish strategiyalari vositasida yaxshi raqobatlashadi. Ammo bu strategiyalar
(sotishda va ta’minotda strategik ustunliklarga ega bo’lish uchun) oldinga va orqaga
МВС
МВС
1
МВА
73
vertikal integratsiyani ham o’z ichiga olishi mumkin. Yana
bir imkoniyat kompaniya
faoliyatini diversifikatsiyalashdir.
Kompaniyaning o’sishi va rivojlanishi odatda uchta asosiy bosqichdan iborat:
- milliy bozorda yakka biznesga ixtisoslashish;
- vertikal integratsiya, yoki asosiy biznesdagi eng kuchli pozitsiya tomon global
ekspansiya;
- erkin resurslarni biznesning boshqa turiga investitsiyalash yuli bilan
diversifikatsiyalash.
Bularning barchasi kompaniyaning o’sishiga olib keladi, ammo
«Diversifikatsiyalash darajasi» oshgan sari kamayuvchi qaytim «qonuni»ni nazarda
tutish kerak.
Ma’lum bir nuqtadan so’ng ekstensiv diversifikatsiyalash,
vertikal integratsiya va
biznesning baynalminallashuvi sarflangan kapital birligiga to’gri keladigan
daromadlarning kamayishiga olib keladi, chunki kompaniya birinchi navbatda eng
daromadli qulay imkoniyatlarni amalga oshiradi, so’ngra eng kam daromad keltiruvchi
imkoniyatlar qoladi, bu esa korxonaning o’sish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Buni
8-rasmda ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: