Namangan muhandislik pedagogika isntituti


-MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/55
tarix31.03.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#91977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

2-MAVZU. STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI




2.1. Strategik ko’rishni shakllantirish.
2.2. Kompaniya maqsadlarini o’rnatish.
2.3. O’zoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar.
2.4. Strategiyani ishlab chiqish.
2.5. Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
2.6. Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar.

    1. Falaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezon.

2. 8. Strategiya yaratishda missiya, maqsadlar, strategiyalar birligi.
2.9. G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat kurashida ustunlik. Ishlarning jadallashuvi.
2.10. Strategik menejmentni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqish.


Tayanch iboralar: Kompaniya maqsadlari, o’zoq muddatli maqsadlar, qisqa muddatli maqsadlar, strategiyani shakllanishi, ta’sir etuvchi omillar, yondoshuv, -g’alaba qozonish strategiyasi, mezon, missiya, maqsadlar, strategiyalar, raqobat.


2.1. Strategik ko’rishni shakllantirish

Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir‑biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, xar bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.


Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jixatdan iborat8:

  1. kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish;

  2. kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan tushuntirib berish;

  3. kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida qaror qabo’l qilish;

Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim:

  1. axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak

  2. xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz

  3. texnik va funktsional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz

SHunday qilib, birinchi masalani to’g’ri xal qilish uchun «nimaga bo’lgan extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob topish lozim.
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:

  1. umumiy

  2. detallashtirilgan

Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida plyaj tashkil etish va xokazo.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin