O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n
8.3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi
Bunday matritsaning ustunligi korxonao’rta korxonalarining xayot tsiklining turli bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi» shaklidagi o’rta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash lozim. Potentsial «yutqazayotgan» o’rta korxonalarni imkon qadar tezroq «echintirish» kerak. Yetuklik va pasayish bosqichlaridagi o’rta korxonalardagi biznesni shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu o’rta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va o’sishning sekinlashish bosqichini boshidan kechirayotgan o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim.
Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga o’rta korxonalar portfelining muvozanatlashganlik darajasini baholashga imkon beradi. Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bo’lishi lozim. Ayni paytda ushbu matritsa o’rta korxonalar portfelining dinamikasini baholashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga qo’shimchadir, chunki u ko’pgina muxim omillarni aks ettirmaydi.
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat:
- menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini tahlil qilish imkoniyati;
- aloxida o’rta korxonalar o’rtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi, korxonaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati;
- o’rta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi o’rta korxonalarning xozirgi strukturasini aniqlashga va o’zoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga imkon beradi (muvozanatlashgan portfelь - kompaniyaning kuchli jixati bo’lib, muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi).
Ammo o’rta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir «qopqon»larga olib kelishi mumkin:
- o’rta korxonalar sonining ko’pligi korxona raxbariyati uchun axborotning g’oyatda ko’pligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu o’rta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bo’lganda yo’z beradi);
- o’rta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari o’rtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin;
- matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun muammolar vujudga kelishi mumkin (o’rta korxonalar o’rtasidagi muxim strategik munosabatlarni ham xisobga olish lozim).