1979-yil Toshkent politexnika institutining Namangan filiali.
1989-yil Toshkent mashinasozlik institutining Namangan filiali.
1991-yil Namangan sanoat-texnologiya instituti.
1998-yil Namangan muhandislik-pedagogika instituti.
2017-yil Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Azaliy koʻrkam va goʻzal, gullar shahri Namangan istiqlol yillarida yanada obod va fayzli boʻlib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz va xalqimizni nurafshon kelajakka eltuvchi «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining alohida oʻrni va hissasi bor. Namangan muhandislik-pedagogika institutining tamal toshi asli 1979-yil qoʻyilgan. U 12 yil davomida, garchi mintaqaning malakali muhandis kadrlarga ehtiyoji katta boʻlsa-da, totalitar tuzum siyosati tufayli markaziy institutlar, xususan Toshkent politexnika va Toshkent mashinasozlik institutlarining filiali boʻlib keldi. Shunga qaramay, bu yerda mehnat qilgan pedagogik jamoa a’zolarining fidokorona mehnatlari va samarali ilmiy izlanishlar olib borganlari bois yoshlarga ilm-fan asoslari hamda mutaxassisliklar sirlari puxta singdirildi, har tomonlama yetuk kadrlar tarbiyalab yetishtirildi. Buning isbotini ayni chog’da viloyat va mintaqada ishlayotgan 10 mingdan ziyod rahbar va mutaxassis kadrlar shu filialning sobiq talabalari ekanligida koʻrish mumkin.

Bino-inshoatlar qurilish muhandisligi.
Bino — kishilarning yashashi, bilim olishi, ishlashi, hordiq chiqarishi uchun hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlari, shuningdek hayvon, parrandalarni boqish va buyumlarni saqlash uchun quriladigan inshoot. Turar joy va jamoat binolari (maktab, teatr, kasalxona, magazin, hammom va hokazolar) boʻladi. Koʻpincha, umumiy tarzda fuqaro va sanoat binolari deb ataladi. Binoning asosiy qismlari: koʻtarib turuvchi konstruksiyalar (poydevor, ustunlar, devorlar), toʻsuvchi konstruksiyalar (pardevorlar, yopmalar) va tom. Binolar moʻljaldagi xizmat muddatiga qarab, muvaqqat va kapital xillarga boʻlinadi. Bino nimaga moʻljallanganiga qarab, meʼmoriy jihatdan, qavatlilik jihatdan, ishlatiladigan qurilish materiallari jihatdan har xil turlarga (gʻishtin, paxsa devor, sinchli, koʻp qavatli va boshqalar) boʻlinadi.
Hozirgi kundagi “Qurilish” fakul’tetining “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi ilgari faoliyat ko‘rsatgan “Fuqaro va sanoat qurilishi” fakul’tetining “Qurilish materiallari”, “Binolar”, “Qurilish konstruksiyalari” va “Qurilishni ishlab chiqarish” deb nomlangan 4 ta kafedradan tashkil topgan.

Kafedraning faoliyati 1939 yilda boshlangan. O‘sha vaqtlarda u “Qurilishni ishlab chiqarish va qurilish materiallari” deb nomlangan va shuningdek bino va arxitektura sikllarini ham o‘z ichiga olgan. 1939 yili uning tarkibidan “Qurilishni ishlab chiqarish” kafedrasi ajralib chiqib “Qurilish materiallari va binolar” deb nom oldi. 1956 yili “Fuqaro va sanoat qurilishi” fakulteti tashkil topgandan so‘ng, asta-sekin “Qurilish materiallari”, “Binolar”, “Qurilish konstruksiyalari” va “Qurilishni ishlab chiqarish” deb nomlangan mustaqil kafedralar yaratila boshladi.