Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə26/54
tarix31.07.2023
ölçüsü5,27 Mb.
#138107
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Иссиклик техникаси УМК yangisi

1-ajratuvchilar; 2-termoformalar; 3-estakada; 4-uzatuvchi vagonetka;
5-bug’ni jo’natuvchi avtomatik klapanlar; 6-qo’zg’oluvchan ko’tarish stoli;
7-bug’ni taqsimlash; 8-avtomat tizim mexanizmi ijrochisi
Issiqlik bilan ishlov berish vaqtida paketda isitish muhiti har bir buyum uchun ratsional darajaga keltiriladi. Isitish boshlanganda kerakli bosim bo’ladi, isitish boshida nisbiy namlik 50-60% va qizidirsh vaqtida 90-95% bo’ladi. Buyum paketlarda qizdirilganda issiqlik ikki tomondan beriladi. Paketda qizidirilgan buyumlarning mustahkamligi, atmosfera bosimida ishlov berilganiga nisbatan 20-25% oshadi va uning boshqa xususiyatlari ham oshadi. Bunday usul konveyerlarda va asosan yirik panelli qurilishlar uchun buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Texnologik liniya tarkibiga termoqolipli paketlovchilar, qoliplarni tozalash va moylash postlari, qoliplash poslari kiradi.
Bu usul asosan alohida statsionar qoliplarda devorlariga biriktirilgan vibratorlar yordamida beton qorishmasini zichlash uchun qo’llaniladi. Ayrim hollarda zichlash vibrouyg’otuvchilar bilan jihozlangan harakatlanuvchi qoliplarda ro’y beradi. Vertikal vibroqoliplarda trubalar, ventilyatsion bloklar, yashash joylari uchun sanitar-texnik kabinalar, binolarning hajmli elementlari, zinapoyalar, karniz bloklari, balkalar, ichki devorlar panellari, to’siqlarni tayyorlash ratsional hisoblanadi. Bu usul o’lchamlarning yuqori darajada aniqligi, mahsulotlarning qirralarining to’ppa-to’g’riligi va yon tomonlarining silliqligi bilan farqlanadi. Vertikal vibroqoliplar gorizontal qoliplarga nisbatan ancha murakkab konstruktsiyaga ega, ularda bitta asosiy qoliplanuvchi tesiklik o’rniga kamida ikkitasi mavjud bo’ladi. Bu teksiliklar ikkala vertikal tekis va profilli devorlar yordamida hosil etiladi. Murakkab profilli va quyuq armaturalangan vertikal qoliplarda mahsulotlarni qoliplashda hamma kesimlari bo’ylab bir xil zich tuzilmali betonni hosil qilish qiyin bo’ladi. Bu hollarda qorishma qolipga osilib qo’yiladigan vibratorlar yordamida zichlashtiriladi.

rasm. Kasseta moslamasining sxemasi
1 – ustun, 2 – bo’linmalar, 3 – tortqilar (tyaga), 4 – giroprivod, 5 -
tirgaklar

rasm. Kasseta qolipining bo’luvchi listlariga
vibrouyg’otuvchilarni yon tomondan o’rnatilish sxemasi
1 – vibrouyg’otuvchi; 2 – bo’luvchi list; 3 – bug’ bo’linmasi; 4 - maxsulot
O’zaro juft joylashgan otseklarda bir mahsulotni ikkinchisidan ajratib turuvchi ajratuvchi list o’rnatilgan. Otseklarda mahsulotga issiqlik yo’li bilan ishlov berganda bug’larni uzatish uchun yo’lakcha bo’ladi. Moslamalarda 10-12 donagacha mahsulotlar qoliplanadi.

rasm. Yakka tartibdagi vibroqoliplar
1 – vibrator; 2 – kardan val(o’q)i; 3 – qolipning borti; 4 – maxsulot; 5
qolipning asosi (poddon); 6 – elektrodvigatelь; 7 – balka; 8 –
amortizator; 9 – dyurit muftasi; 10 – elektrodvigatelь plitasi; 11 –
kronshteyn
Vibrouyg’otuvchilar ajratuvchi devorlarning bortlariga biriktiriladi, ammo ularni ajratuvchi listlarning yuqori qismiga biriktirish ancha samarali (14-rasm) va bu kam harakatlanadigan qorishmalarni ishlatish imkonini beradi. Turli profilli balkalar yakkaqoliplarda tayyorlanadi (15-rasm), bunda tashqi vibratorlar ishlatiladi. Yakka vibroqoliplarning turlaridan biri – blok-xonalar tayyorlanadigan moslamalar. Pastki plitali hajmli bloklar «stakan» turdagi moslamalarda, yuqori qismi esa – «qalpoq» turdagi moslamalarda qoliplanadi (16-rasm).Ko’chuvchan sirponuvchi vibroqoliplar (17-rasm) qoliplanadigan mahsulotlar bo’ylab beto’xtov (yoxud izchil) ko’chib yuradigan vibrouyg’otuvchi bilan jihozlangan qolip elementdan iborat; qoliplash jarayonida zudlik bilan qoliplarni yechish amalga oshiriladi.



rasm. “Qalpoq” turidagi xajmiy-qoliplash moslamasi

Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin