Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə27/54
tarix31.07.2023
ölçüsü5,27 Mb.
#138107
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Иссиклик техникаси УМК yangisi

1 – poydevor ramasi; 2 – serdechnikni yo’naltiruvchi; 3, 5 –
serdechniklar; 4 – pnevmoyuk; 6, 7 – mos xoldagi bo’ylama va ko’ndalang shitlar



rasm. Harakatlanuvchi vibroqolipning sxemasi
1 – elektrodvigatelь; 2 – sinxronizator; 3 – bunker; 4 –
vibrosektsiyalar; 5 – vibrobloklar; 6 – stabilizatorlar; 7 – prujinali
osqi(podveska)
Tashqi titratishda 40-60sm qalinlikdagi mahsulotlar uchun mahsulotning ust qismiga perpendikulyar 50 Gts chastotasiga ega garmonik 308 chayqalishni qo’llash ancha samarali hisoblanadi. 4-8sm qalinlikdagi quyuq armaturalangan konstruktsiyalarni qoliplashda 66 Gts dan ortiq chastota maqsadga muvofiq bo’ladi. SMJ-93A, 2750/1A, 2750/2A, 2750/3A va 2750/4A yakka vibroqoliplar yordamida vibrogidropresslash usuli bilan 5 m uzunlikdagi bosimli trubalar tayyorlanadi. Bu texnologiya qolip o’zagiga kiydirilgan rezina g’ilofga suv bosimi ostida 8 MPa ichki radial bosim bilan qotish vaqtida betonni siqilishini nazarda tutadi. O’chak kengayib qolipga tortuvsiz joylashtirilgan spiralli armaturani cho’zadi, bu esa gidropresslash jarayonida tashqi qolipni kengayishiga imkon beradi. Tashqi qolip prujinalar bilan boltlar yordamida bog’langan ikki yoxud to’rta qismlardan tashkil topadi.
Qolipga qorishmani zichlashtirish uchun VP-5 pnevmatik vibratorlar o’rnatiladi. Ustki vibrozichlashtirish yig’ma temir-beton sanoatida keng tarqalgan, chunki u mahsulotlarni qoliplash jarayonini butunlay mexanizatsiyalash imkonini beradi. Vibrouzaytiruvchi moslamalarini qo’llash ancha samarali hisoblanadi. Vibrouzatgich qorishmani qolipga joylashtirish va uni vibratsiya ta’siri ostida zichlashtirish jarayonlarini uyg’unlashtiradi. Qoliplash jarayoni ustki vibratsiyaning mahsulotning ustki qismiga ta’siri natijasida kechadi. Vibrouzatgich moslama agregatning titrovchi bunkerida qorishmani oldindan zichlashtirishni va so’ngra qorishma bilan qolip va titratuvchi qolip shakllantiruvchi o’rtasidagi bo’shliqlarni to’dirish imkonini beradi. Qolip va ishchi organ qoliplashda nisbiy ko’chuvchanlikka ega bo’ladi. Vibrouzatgich gorizontal va vertikal yoxud egri qoliplashda qo’llaniladi. Vertikal sxema ko’chuvchan shitlarda mahsulotlarni tayyorlashda qo’llaniladi. 30-60 s bikirlikdagi beton qorishmasi titrovchi bunkerdan tinimsiz ravishda pastga tushadi, bunda konstruktsiya ham bir tomondan, ham boshqa tomondan qoliplanishi mumkin.
Bu usul hajmli elementlarni qoliplashda qo’llaniladi. O’zak vibrouyg’otgich bilan jihozlangan bo’ladi. Keng sathli konstruktsiyalarni tayyorlashda uning qoliplovchi yuza ostiga qorishmaning teng va tekis hamda tez uzatilishi uchun vibrobunkerga tutash chizig’i gorizontga 45 gradus burchak bo’yicha egilishi zarur. Vertikal vibrouzatgich moslamalarning o’lchamlari vibrobunker hajmiga νb qarab belgilanadi. νb qoliplanadigan mahsulot hajmi νmahs. Dan 1,2-1,3 marotaba katta bo’lishi kerak, tinimsiz to’ldirganda esa νb=0,5νmahs. (1,25-1,3). Vibrobunker tirqishining balandligi, sm da quyidagiga teng: hm = 12+hb. 2387U va 3488, stabilizator bilan jihozlangan vibrouzatgich moslamasi 15-20 s bikirlikdagi qorishmalardan tayyorlanadigan mahsulotni beto’xtov qoliplaganda qo’llanadi. Bunday moslamalar lentali oziqlantiruvchi statsionar bunkerlar bilan komplektlanishi, shuningdek beton yotkizichlarda o’rnatilishi mumkin. SMJ-475 vibrouzatgich moslamasi mahsulot enini tartibga soluvchi ilgichlar bilan jihozlangan va qoliplash yakunida qorishmani uzatishni to’xtatadi. Vertikal qoliplash 1385 tipdagi vibrouzatgich moslamasi kasseta- konveyer liniya tarkibiga kiradi. Har bir tsiklda tayyorlangan qolip qoliplash postiga kelib tushadi. SMJ-40 va KJB-82 vibrouzatgich moslamalari trubalarni qoliplashga mo’ljallangan. Qorishmani joylash jarayonida, qolip qorishma bilan to’ldirilishi va zichlanishi darajasi bo’yicha vibroo’zak qolipga nisbatan siljiydi.

rasm. SMJ-227 rusumli qoliplash mashinasining sxemasi
1 – karetka (aravacha); 2 – vibrovkladish (bo’shliq xosil qiluvchilar); 3 –
yo’naltiruvchi karetkalar
Ichki vibrozichlashtirish. Ichki vibrozichlashtirishda pnevmatik
chuqurli vibratorlar qo’llaniladi. CHuqurli vibratorlar asosan
mexanizatsiyalashtirilgan ishlab chiqarishda va qalin armaturalangan
mahsulotlarni zichlashtirish uchun yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Vibrovladishli moslamalar ikki tomoni ochiq teshiklarga ega bo’lgan
mahsulotlarni tayyorlashda qo’llaniladi. Vibrokladishlar muayyan
konfiguratsiyadagi qattiq metall korobkalar bo’lib, ularning ichida 96,5 Gts
chayqalish chastotali vibratorlar yoxud debalans vallar biriktirilgan bo’ladi. Bevosita zichlashtiriladigan qorishmalarni ichki vibrozichlashtirishda vibroimpulьslarni uzatish hajmli va tashqi vibrozichlashtirishlarga nisbatan energiya sarflanishini pasaytirish imkonini beradi. Vibroo’zakchalar bo’shliqli mahsulotlarni qoliplash uchun ko’plab moslamalarda qo’llaniladi (masalan, SMJ-24, SMJ-227).
Moslamalar vibrovkladish-bo’shliq hosil etuvchilarni qolipga kiritish va ularni yangi quyilgan betondan chiqarib olish mexanizmlari bilan jihozlangan. Ichki titratish 30-45 Gts dagi chastotada vibrovkladishlar bilan olib boriladi. Vibrouyg’otuvchilarning chayqalishlari beton qorishmasining kontaktli yuziga normal bo’lgan tarkibiy qismga ega bo’lishi lozim. Zichlashtirish qatlamining maksimal qalinligi tsilindir qolipda 200 mm va bo’shliq hosil qiluvchi to’g’ri burchakli qolipda 300 mm ni tashkil etadi. Gorizontal holatda konstruktsiyalarni qoliplashda 0,015 MPa dan ko’p bo’lmagan statistik bosimli vibroyukni qo’lash maqsadga muvofiq. Titratish davomiyligi yuksiz 20-40 s va yuk bilan titratish 1,5-3 min 3000 min-1 chastotada. 4000-4500 min-1 chastotada zichlashtirish vaqti 1,5-2 marta kamayadi.
Nazorat savollar:
1.Kontakt usulida beton kotirish xaqida gapirib bering.
2.Ustki vibrozichlashtirish.
3.Vertikal kasseta qurilma.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012.


7-ma’ruza: Beton qorishmasini isitish yordamida issiq qoliplash usulida qotish jarayonini tezlashtirish. Termos usulini moxiyati. Termoqoliplarda beton qotish jarayonini tezlashtirish



Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin