1. N.A.Maxmudova. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie:- Toshkent, TAQI. 2005
2. Peregudov. V. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie:- Moskva, “Stroyizdat” 1990.
2-mavzu: Keramik xom ashyo materiallarni quritish va kuydirish jarayonlari.
Reja:
1. Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
Kar’erdan keltirilgan xom ashyo yirikligi 5 mm gacha qilib maydalanadi. Qattiq jinslar tosh maydalagich mashinalarida, yumshoqlari esa (tuproq, bo’r) suv bilan maxsus xovuzda qorishtirib maydalanadi.
Xovuzda xosil bo’lgan shlam deb ataluvchi qotmoqsimon bo’tqa quvur orqali tsilindr shaklidagi aylanma tegirmonga yuboriladi.
Po’lat yoki cho’yan sharchalar solingan tegirmon xar daqiqada 28 marta aylanadi va natijada undagi 35-45% gacha bo’lgan shlam mayda qilib tuyiladi. Tuyilgan shlamning kimyoviy tarkibini to’g’rilash uchun uni uzatuvchi quvurlar orqali shlam saqlagich xovuzlarga yuboriladi va oksidlar miqdori laboratoriyada aniqlanadi.
Pishirish. Tayyorlangan xom ashyo materiallari aylanma pechlarda pishiriladi. Pech’ qattiq pulat listlardan yig’ilgan uzun tsilindr bo’lib, uning ichki qismi o’tga chidamli material bilan qoplangan. TSilindr uzunligi 185...230 m, diametri 5-7m. Aylanma pech’ maxsus tayanchlarga bir tomonga nishab (4o) qilib o’rnatiladi. Aylanish tezligi daqiqasiga 1-2,5 aylanishga teng.
Xom ashyo namligi 34-40% bo’lgan shlam sifatida pechning yuqori qismiga tushadi. Uning nishab tomonidan esa bosim ostida issiqlik manbaidan olanga yuboriladi. Pechning tuxtovsiz aylanishi xisobiga xom ashyo asta-sekin yuqori harorat tomon siljiydi.
Asosiy fizik-kimyoviy jarayon aylanma pechda kuydirish vaqtida ro’y beradi. Bu jarayonlarni qurib o’tamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Maxmudova N.A., YUnusov J.YA. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012.