Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2. Peregudov V. V. «Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:Stroyizdat, 1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma TAKI. Toshkent 2012.
5-mavzu: Uzluksiz ravishda ishlaydigan issiqlik va vertikal kameralarda betonning qotish jarayonini tezlashtirish.
Reja: 1.Vertikal kameralarda betonning qotish jarayonini tezlashtirish.
2. Vertikal kameralarni tuzilishi
Vertikal yoki minorasimon kameralarda vagonetka- qoliplarga solingan buyum oldin turli isitish zonalaridan yuqoriga ko’tariladi va so’ng pastga tushirilib kameradan tashqariga chiqariladi. Vertikal kameralarda issiqning turli balandlikda tabiiy turlicha tarqalishidan foydalaniladi. Bug’ bir maromda bo’ladigan kameraning eng yuqori qismida harorat 100 °S da ushlab turiladi. Kameraning pastki qismida bug’ havoli aralashma bo’lib harorat 30-35°S dan oshmaydi. Ko’p qavatli tunnelli kameralarga nisbatan vertikal kameralarning afzalligi – ularning hajmi 5-6 marta kam bo’ladi va kam joy egallaydi. Ularning o’ziga xos xususiyati, boshqa kameralarga nisbatan bug’ sarfi kam bo’ladi (100-120 kg/m3).
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:
Xar kim o’z o’rtoqlarini tinglashi, xurmat bildirishi kerak.
Xar kim faol, berilgan topshiriqga ma’suliyat bilan qaragan xolda ishlashi kerak.
Xar kim zarur xolda yordam so’rashi lozim
Xar kim undan yordam so’ralganda albatta yordam berishi kerak.
Xar kim gurux ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.