Fanning vazifasi - bo`lajak mutaxassislarning ushbu fanni o`rganishi, uning kelgusidagi faoliyatida, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jarayonida uchraydigan turli masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga va yangiliklarni hayotga tadbiq etishga o’rgatishdan iboratdir.
Dastur tuzishda yo’nalish bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan ko’plab oliy o’quv yurtlarining tegishli kafedralari tajribalari, hamda rivojlangan mamlakatlar oliy o’quv yurtlarida « Issiqlik texnik uskunalari » fanidan qo’llanib kelingan dasturlar o’rganib chiqilgan va bakalavrlarga qo’yilgan talablar asos qilib olingan.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar. “Issiqlik texnik uskunalari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - korxonalarda betonga issiqlik va namlik bilan ishlov berishni; issiqlik bilan ishlov berish rejimlarini; issiqlik jarayonlarining mohiyatini; quritish jarayonida ishlatiladigan har xil turdagi kuydirish uskunalarining tasnifini bilishi kerak; talaba termodinamikaning qonunlarini, qaynash va bug’lanish jarayolarini; absolyut va nisbiy namlik haqidagi tushunchalarga ega bo’lishi va ular bilan bog’liq qonuniyatlarni bilishi; issiqlik o’tkazuvchanlik va konvektiv issiqlik almashinuvi qonuniyatlarini bilishi kerak;
-talaba qurilish materiallari va buyumlariga issiqlik berish jarayonini hisoblash va ishlov beruvchi moslamalarni loyixalash; issiqlik texnik uskunalarini qurish va ishlata olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
"Issiqlik texnik uskunalari" fani umumkasbiy fanlardan biri hisoblanib 6 va 7 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan aniq va tabiiy (Oliy matematika, Fizika, Nazariy mexanika), umumkasbiy (Bog’lovchi moddalar, Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi, Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, Elektroenergetika, Suyuqliklar va gazlar mexanikasi va h.k.) va ixtisoslik (Kimyoviy texnologiya asoslari, Suv resurslaridan foydalanish ularni tashkil qilish, Qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni.
Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarida issiqlik texnikasi va issiqlik texnik uskunalariga bo’lgan ehtiyoj benihoya kattadir. Xalq xo’jaligini, xususan aholini va ishlab chiqarish korxonalarini qurilish materiallari va buyumlari bilan ta`minlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni yangi energiya tejamkor issiqlik texnika uskunalarini yaratish va mavjud issiqlik texnika uskunalarinining samaradorligini oshirish yo’llarini izlab topishdan iboratdir.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
Talabalarning Issiqlik texnikasi va issiqlik texnik uskunalari fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma`ruza va amaliy darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.