2.Elektronindikatsiyaqurilmalariningtuzilishivaturkumlanishi Elektron indikator (lotincha Indicator – ko’rsataman, aniqlayman) - biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan hodisalar hamda signallarni inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element).
Elektron indikatorlar jarayon yoki signallarning turli xil parametrlarining sathi yoki qiymati to’g’risida axborot berish uchun turli xil maishiy va sanoat uskunalariga o’rnatiladi. Masalan: harorat, kuchlanish, tok, batareyalarni zaryadlash va hakoza. Ko’pincha elektron indikatorlarni elektron shkalali mexanik indikator deb noto’g’ri talqin qilishadi.
Qo’llanilishi. Elektron indikatorlar insonlarning sezgisi etmaydigan parametrlarni tezda va ko’p narsani aniqlashga yordam beradi. Agar parametrlarning sathi yoki qiymatini yuqori aniqlikda ko’rish talab qilinadigan bo’lsa ko’prazryadli raqamli indikatorlar qo’llaniladi. Agar yuqori aniqlik talab qilinmaydigan hollarda, ya’ni signalning bor yoki yo’qligini ko’rish kerak bo’lsa yagona indikatorlar qo’llaniladi.
Ko’pincha u yoki bu qurilmalarni indikatorlar sinfiga kiritish ularning qo’llanilishi orqali aniqlanadi. Masalan, yoritishga mo’ljallangan oddiy cho’g’lanma lampochkalarni xabarlovchi tizimlarda yoki masofadan nazorat qilish va boshqarish tizimlarida qo’llanilganda indikator sifatida qarash mumkin. SHu bilan bir vaqtda reklamalarni akslantirishga mo’ljallangan svetodiodli matritsalardan yasalgan elektron tablo indikator hisoblanmaydi. Shunday qilib, “elektron indikator” tushunchasi ko’pincha nafaqat indikator tuzilishi yoki fizik xususiyatlari orqali balkim muayyan qurilma yoki tizimda qo’llanilish usuliga ham bog’liq.
Turkumlanishi. Elektron indikator ko’plab qurilmalarni o’z ichiga oladi. Indikatorlar o’zining konstruktiv xususiyati, boshqarish usuli va vazifasiga qarab turkumlanadi. Texnik adabiyotlarda indikatorlar turlicha usullarda turkumlanilgan.
Qo’llanilish bo’yicha – o’lchami va o’rnatilishi joyiga bog’liq xolda:
individual;
guruhli;
umumiy foydalanishli.
Tasvirnifizikshakllantirishtamoyilibo’yicha:
Aktiv – nur tarqatish orqali tasvirni shakllantiruvchi yarimo’tkazgichli (svetodiodli) gazorazryadli, katodolyuminestsentli, elektrolyuminestsentli, cho’g’lanuvchi indikatorlar.
Passiv - tashqi manbalardan kelgan yorug’lik nurining kutblanishi, akslanishi yoki o’tkazish yo’li orqali tasvirni shakllantiruvchi qurilmalar. Bunga suyuq kristalli elektroforezli, elektroxromli, shuningdek segnetokeramik indikatorlar kiradi.
Akslanadiganaxborottabiatigabo’yicha:
Yagona - nuqta yoki geometrik shakl ko’rinishidagi ayrim indikatorlar bo’lib axborotni yorug’lik yoki har xil ranglar ko’rinishida ko’rsatib beradi.
Shkalali – kattaliklar to’g’risidagi signallarning sathini yoki mavjudligini to’g’ri chiziqli yoki egri chiziqli shaklda joylashtirilgan bir qancha indikatorlar ko’rinishda akslantiruvchi diskret indikatorlar. Axborotlarni shkaladagi indikatsiya elementlarining miqdori va joylashishi orqali ko’rsatadi.
Mnemonik — akslanuvchi axborot to’g’risida tasaffurga ega bo’lishga ko’maklashuvchi geometrik figura yoki tasvir ko’rinishidagi ayrim indikatorlar.
Raqamli – raqamli axborotni chiqarishga mo’ljallangan indikatorlar.
Harfli-raqamli — raqamlar, harflar hamda maxsus belgilarni chiqarishga mo’ljallangan indikatorlar. Harfli-raqamli indikatorlar oldindan belgilangan cheklangan sondagi simvollarni akslantirish yoki ixtiyoriy simvollarni akslantirish imkonini beradi. Ko’pincha bunday indikatorlar alfavitli-raqamli indikatorlar deyiladi.
Grafik — simvol hamda rasm ko’rinishidagi axborotlarni
akslantirishga mo’ljallangan indikatorlar.
Kombinatsiyalangan — turli xil ko’rinishdagi axborotlarni akslantirishga mo’ljallangan bir qancha indikatorlar guruhi. Kombinatsiyalangan indikatorlar ko’pincha ko’plab ishlab chiqiladigan maishiy va portativ texnika qurilmalarda ishlatiladi.
Akslanayotganaxborotmaydonikonstruktsiyabo’yicha:
Belgi chiqaruvchi – konstruktsiyasida bir qancha simvollar yoki belgilar joylashtirilgan indikatorlar. U yoki bu shaklni akslantirish mos boshqarish sxemasi orqali amalga oshiriladi. Bunga vakuumli, cho’g’lanuvchi yoki gazorazryadli indikatorlar misol bo’ladi.
Belgi hosil qiluvchi — akslanuvchi axborot bir qancha diskret indikatorlar majmuasidan tashkil topgan indikatorlar. Ushbu guruhga barcha segmentli indikatorlarni, jumladan etti segmentli hamda matritsali indikatorlarnini kiritish mumkin.
Axborotsig’imibo’yicha:
Bir razryadli — bitta simvol yoki raqamlarni chiqarishga mo’ljallangan.
Ko’p razryadli cheklangan yacheykali – bir qancha simvol yoki raqamlarni chiqarishga mo’ljallangan.
Ko’p razryadli cheklanmagan yacheykali – ixtiyoriy axborot maydonida belgilarni akslantiruvchi matritsali grafik indikatorlar.
Tasvirlarnishakllantirishusulibo’yicha:
Statik — Har bir elementni akslantirish o’zining boshqarish sxemasi orqali amalga oshiriladi. Muayyan vaqt momentida qabul qilinayotgan axborot muayyan elementdagi axborotga mos keladi.
Dinamik — akslanayotgan axborotlar qismlarga ajratilgan holda uzatiladi. Axborotlarni uzatish tezligi inson ko’zi ilg’amaydigan ko’rinishda amalga oshiriladi. Natijada axborot yaqqol butun shakllda akslanadi. Bunday
akslanish etti segmentli yoki matritsali indikatorlarda amalga oshirildi.
Ranglarbo’yicha:
Bir xil rangli – indikator rangi konstruktsiyasi orqali aniqlanadi.
Ko’p rangli — turli xil ranglar ko’rinishidagi axborotlarni akslantiruvchi indikatorlar. Odatda cheklangan miqdordagi ranglarda uzatiladi. Bunga misol qilib xavflilikni akslantirish qizil rangda, oddiy holatda ko’k, e’tiborni tortishda sariq yoki qizil rangda amalga oshirilishini aytish mumkin.
To’liq rangli — inson ko’zi ilg’aydigan barcha ranglarni akslantiruvchi indikatorlar.