Kirish. AVR mikrokontrollelarini ishlatilish sohalari ko’p qirrali. “tiny” oilasiga mansub mikrokontrollerlar avtomobillarlarda turli xil intelluktual datchiklar ko’rinishida, o’yinchoqlar, kompyuterning bosh platasida, mobil telefonlarida tormoqga ulanish kontrollerlari, zaryadlash qurilmalari, tutun va olov detektorlari, maishiy texnikada, turli xil infraqizil nurli masofaviy boshqaruv pultlari sifatida ishlatlib kelinmoqda.
"classic" oilasiga mansub mikrokontrollerlar turli xil modemlar, zamonaviy zaryadlash qurilmalari, Smart Cards sinfi mahsulotlari va ularni o’qish qurilmalari, avtomobillarni turgan joyini aniqlash uchun navigatsiya tizimlarida, murakkab maishiy texnikada, masofaviy boshqarish pultlarida, tarmoq kartalarida, kompyuter bosh platalarida, yangi avlod mobil telefonlarida shuningdek turli xil ishlab chiqarishdagi nazorat va boshqarish tizimlarida
"classic" oilasiga mansub mikrokontrollerlar analog (NMT, ETACS, AMPS) va raqamli (GSM, CDMA) mobil telefonlar, printerlar va kontroller kalitlar, faksimil aloqa apparatlari kontrollerlarida va kserokslar, zamonaviy vinchester disklar kontrollerlari, CD-ROM va boshqalar.
Shuningdek barcha AVR mikrokontrollerlari energiyaga bog’liq bo’lmagan EEPROM-xotiraga ega. Ushbu tur xotiraga mikrokontroller o’ziga yozilgan dastur bajarilayotganda murojaat qilishi mumkin. SHuningdek vaqtinchalik saqlanuvchi ma’lumotlarni, turli xil o’zgarmaslarni, qayta kodlash tizimi jadvallarini, kalibrovkalovchi koeffitsientlarni va shunga o’xshash ma’lumotlarni saqlashga qulay. EEPROM-xotira ham SPI interfeysi yoki programmator orqali yuklanishi mumkin.