Elektron indikatorlar turlari.
Yagona indikator. Yagona indikatorlarni eng ko’p uchratish mumkin. Svetodiodli indikatorlarni yoki neonli lampalarni yoritish qurilmalarida, turli xil maishiy uskunalarda ishlatiladi. Ushbu tur indikatorlar e’tiborni tortish uchun yoritish chiroqlari ulagichlarida ishlatilad. YAgona indikatorlarning boshqarish sxemasining soddaligi hamda elementlar sonining kamligi tufayli eng ishonchli indikator sifatida qarash mumkin.
Segmentli indikatorlar. Segmentli indikator mikrosxemasining ustki qismida svetodiodlar joylashgan. Bu svetadiodlar raqamli ma’lumotlarni ko’rish uchun hizmat qiladi. Uning ichidagi hamma svetodiodlar odatda katod yoki anodda joylashgan bo’ladi. Quyidagi 5-rasmda turli xil segmentli indikatorlar keltirilgan.
5-rasm. 7, 14, 16, 5x7– segmentli indikatorlar.
Segmentli indikatorlarning segmentlarining ranglari turli xil bo’lishi
mumkin. Quyida ularning ranglari tasnifi keltirilgan:
HWA – yorqin qizil Galliy Fosfid GaP, 700 nm.
EWA – yuqori unumli qizil fosfid-arsenid va galley fosfid GaAsP/GaP, 625 nm (HIGH EFFICIENCY RED).
GWA – Yashil galley fosfidi GaP, 565 nm.
YWA – sariq fosfid-arsenid va galley-fosfid GaAsP/GaP, 590 nm.
SRWA–super yorqin qizil arsenid galliy-alyuminiy GaAlAs,660 nm. Svetodiodning ikki xil ulanish turi mavjud: C – umumiy katod va A –
umumiy anod. Quyida SA39 va SC39 svetodiod chizmasi va elektron sxemasi keltirilgan. E’tibor bering, har bir segment DP nuqtasigacha a dan g gacha bo’lgan harflar bilan belgilanadi (6-rasm).
6- rasm. Indikatsiya qurilmasining sxemasi.
Demak, umumiy anodli sxemada 3 va 8 - chiqimlari +5 V shinaga ulanadi (yoki, MK +5 V ga ulanadi , Lekin ekstremal hollarda bu tavsiya qilinmaydi), Yoki boshqacha qilib aytganda MK ning portiga ulanadi.
Mikrokontrollerning bazasida raqamli ma’lumotlarni tasvirlash uchun yetti segmentli svetodiodli indikator qurilmasidan foydalaniladi. Yeti segmentli indikatorni boshqarish juda qulay bo’lib, juda katta yorqinlikga ega, kam xarajatli va keng diapozonli ishchi tempraturaga ega. Svetodiodli
indikatorlarning kamchiliklari ham yo’q emas, katta boshqaruvchili kontrollerlarning yetishmasligi harfli ma’lumotlar bilan ishlashda kam imkoniyatga ega. Yetti segmentli indikatorning svetodiodlar guruhi tartibli joylashgan va konstruktiv svetodiodlar guruhidan iborat. Indikatorlarda raqamli ma’lumotlarni svetodiodlar orqali chiqarishda bir vaqtning o’zida yoqib ishlatish mumkin.
Indikatorlarning turlari svetodiodlarning joylashganligiga qarab ikki guruhga bo’linadi: umumiy anod va umumiy katod. Tasvirlanadigan razryadlarining soniga qarab, bir razryadli, ikki razryadli va hakazo. Bundan tashqari ularni rangi bo’yicha ham ajratish mumkin. Masalan: qizil, yashil, sariq va boshqa ranglilari mavjud (7-rasm).
7-rasm. Segmentli indikator umumiy anodli va umumiy katodli svetodiodlarning joylashish sxemasi.
Segmentli indikatorlarni statik yoki dinamik tarzda boshqarish mumkin. Statik boshqarishda indikator razryadlari mikrokontrollerga bir-biridan farqli ulanadi va ma’lumotlar unga doimiy kiritilib turiladi. Bu usul dinamik boshqaruvdan qulay, lekin qo’shimcha elementlarni ishlatmasdan, ko’p razryadli segmentli indikatorni mikrokontrollerga ulashda muammo tug’diradi, ya’ni chiqishlar yetmay qolishi mumkin.
Matritsali indikatorlar. Qatorlar va ustunlardan tashkil topgan
svetodiodlar guruhidan iborat. Turli qurilmalarda maxsus belgilar va grafik tasvirlarni ko'rsatish uchun matritsali indikatorlardan foydalaniladi. Matritsali indikatorda eng kichik belgi yoki simvollarni ko’rsatish ham mumkin bo’lib, tasvirlangan rasmning bir nuqtasi matritsa pikseli deyiladi. Har bir piksel bir vaqtning o'zida faoliyat yuritish imkoniga ega bo’lib, bir yoki bir necha alohida indikatorlardan tashkil topgan elementlar bo'lishi ham mumkin. Matritsali indikatorning tashqi ko’rinishi quyidagi 8-rasmda keltirilgan.
8-rasm. Ikki rangli 8×8 matrisali svetodiod tuzilishi Matritsali indikatorlar turli xil ko’rinishda ishlab chiqariladi:
Yarim o’tkazgichli (svetodiodli)
Suyuq kristalli
Lyuminestsentli
Eng ko’p ishlab chiqariladigan formati bo’yicha:
5 x 7 pikselli
5 x 8 pikselli
8 x 8 pikselli
16 x 16 pikselli
Matritsali indikatorda dinamik ekranning ustun bo’yicha keng tarqalgan
prinsipi ishlatilgan. Quyidagi 9-rasmda matritsali indikatsiya qurilmasining ishlatilishi keltirilgan. Bunda grafikni tasvirlash uchun xar bir svetodiodlar kod bo’yicha yoritilib, bitta svetodiod 1 baytdan bo’lgan svetodiodlar jamlanmasidan iborat.
9-rasm. Matritsali indikatorda simvolning shakllanishi
Suyuq kristalli indikatsiya qurilmalari. Bunday indikatorlar ruschasiga
«жидкoкpиcтaлличecкий» deb nomlanadi, ingliz tildagi yozilishi LCD (liquid cristal display). LCD indikator harflar, raqamlar va simvollarni ko’rsatish uchun ishlatiladi (10-rasm).
10-rasm. LCD -Suyuq kristalli indikatsiya qurilmasi
LCD indikator ma’lumotlarni aniq ko’rish imkonini beradi. Bunday indikatorlar maxsus foydalanuvchi interfeysiga ega va maxsus suyuq kristall bilan jixozlangan.
Dostları ilə paylaş: |