II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kelajakdagi ekologik muammolar Iqlim o’zgarishi. Iqtisodiyotning roli. Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit. 2-mavzu. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyaning rivojlanish yo‘nalishlari “Yashil iqtisodiyot” kontseptsiyasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yo’nalishlari
3-mavzu. Resurslarni cheklanganligi sharoitida “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari Resurslarning cheklanganligi va “yashil iqtisodiyot”ga o’tish zaruriyati. “Yashil iqtisodiyot”ga o’tish tamoyillari
4-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatining dastaklari va inson kapitalining rivojlantirish “Yashil iqtisodiyot”ga o’tish siyosatining dastaklari. “Yashil iqtisodiyot”ning axborot resurslari va “yashil iqtisodiyot” uchun inson kapitalini rivojlantirish.
5-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ni baholash amaliyoti “Yashil iqtisodiyot”ni baholashning kompleks usuli. Jahon banki yondashuvi
6-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni baholash xalqaro agentlikllarning reytingi usuli “Yashil iqtisodiyot”ni baholashda xalqaro tashkilotlar yondashuvi: umumiy va farqli jihatlar. UNEP va “yashil iqtisodiyot”ga o’tishni baholash. “Yashil iqtisodiyot”ga o’tish jarayonini baholashning IHTT yondashuvi. GGGI va Dual Citizen xalqaro agentliklarining reyting usuli
7-mavzu. “Yashil moliyalashtirish” tushunchasi, tarkibi va amal qilish xususiyatlari “Yashil moliyalashtirish” tushunchasi. “Yashil moliyalashtirish” tizimining tarkibi va amal qilish xususiyatlari
8-mavzu. “Yashil loyihalar”ni investitsiyalash va jahon moliya bozorida “Yashil obligatsiyalar”ning o‘rni “Yashil loyihalar”ni investitsiyalash yo’nalishlari va dastaklari. Jahon moliya bozorida “yashil obligatsiyalar”ning o’rni. Tiklanadigan energiya manbalarini o’zlashtirishni investitsiyalash xususiyatlari