Fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida Kimyo texnologiya, Kimyo, va Oziq-ovqat sanoatidagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari NamMTI 2022-yil 3-4-iyun 65 GLITSIN ASOSIDAGI METALLOKOMPLEKSLARNI ADABIYOTLAR TAHLILI M. Rohmonberdiyeva, L. Abdusamatova, T. Sattarov, A. Nuritdinov, M. Hakimov Namangan davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu ishda 3d metall ionlari bilan glitsin molekularining o’zaro ta’siri natijasida xelatlarni olingan, ularning tuzilishini fizik-kimyoviy tadqiqot usulida aniqlash ko’zda tutilgan. Kalit so’zlar: Koordinatsion birikma, xelat, glikokol(glitsin), IK-infraqizil spektr, ligand. Koordinatsion (kompleks) birikmalar noorganik birikmalarning eng katta va xilma-xil
sinfini tashkil etadi. Odatda bunday birikmalar oddiy molekulalarni, molekulalar va ionlarni,
ionlarni o’zaro birikishi natijasida sodir bo’lib, qattiq, suyuq va ba’zida gaz xolatida barqaror
bo’la oladi. Zarrachalarning o’zaro reaksiyaga kirishishi odatda kompleks xosil bo’lishi deb
aytiladi [1,4]. Kimyoviy analiz tarkibida halqasimon (siklik) tuzilishdagi organik molekulalar
saqlovchi kompleks birikmalar, boshqacha aytganda xelat birikmalar alohida ahamiyatga ega.
Bulardan ba’zilari ichki kompleks nomi bilan ham ataladi [3,5]. Odam organizmida 3% atrofida
metallar borligi ma’lum. Ana shu metallar inson hayot faoliyatini to’la taminlaydi. Ishqoriy va
ishqoriy-yer metallari kaliy, natriy, kalsiy, magniy, eritmada akva ionlar holida uchraydi. Ular
qon, limfa, to’qimalardagi suyuqliklarda nerv impulslari harakatini taminlaydi. D-elementlarning
organik ligandlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari organizmdagi oksidlanish-qaytarilish
jarayonlarida katalizator sifatida ishtirok etadi. Bu metallardan odam organizmida eng ko’p
tarqalgani temirdir. Ligandlar tabiatiga qarab, Fe
+2
oksidlanish darajasiga ega bo’lgan kompleks
birikmalar (mioglobin, gemoglobin) va
+2
oksidlanish darajasiga ega bo’lgani katalaza va
oksidiazaga o’xshash kompleks fermentlar hosil qilgan. O'simlik hayotidagi muhim modda
xlorofil ham tuzilishi jihatdan gemoglobinga o’xshab ketadi, lekin bu birikmada kompleks hosil
qiluvchi ion Mg metali ioni hisoblanadi. Saraton kasalligidagi xavfli o’smalarni o’sishini
platina(II) kompleks birikmalari sekinlashtirishi aniqlangan. Iridiyning kompleks birikmalari
ham saraton
kasalligida foyda beradi. Oltinning tiospirtlar bilan hosil qilgan birikmalari esa sil
va moxov kasalligini davolashda ishlatiladi[2].
Shu bilan bir qatorda kompleks birikmalarni inson organizmiga bir qancha salbiy ta’sirlari
ham mavjud. Ko’p miqdordagi mis markaziy asab tiziming ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qon
hujayralarini kislorod bilan taminlash sekinlashadi, bosh og’rig’i paydo bo’ladi, nafas olish
qiyinlashadi, yurak urishi tezlashadi va depressiya kuzatiladi. Xromli birikmalar ham nafas olish
tizimiga shikast yetkazishi, allergiyani yuzaga keltirishi, og’ir dermatit va og’riqsiz teri yaralari
paydo qilish xususiyatiga ham ega. Tanadagi marganesnig ortiqcha to’planishi, birinchi
navbatda, markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Natijada charchoq, uyquchanlik, xotira
funksiyalarining yomonlashuvi yuzaga keladi. Fe ning haddan tashqari dozasi zaharli bo’ib,
qusish, diareya, ichak va boshqa organlarning shikastlanishiga olib keladi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi kompleks hosil qiluvchi metallarning organik ligandlar bilan
hosil qilgan xelat birikmalarini olinish usullari, xossalari va inson hayotidagi ahamiyati haqida
ya’nada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishdan iborat.
Mis, kobalt, temir, nikel, rux, marganes, xrom metallarining eruvchan tuzlari ertimasini
aminokislota glikokol(glitsin) bilan glikokolyatlar hosil qilishini kuzatiladi.