Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida Kimyo texnologiya, Kimyo, va



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix07.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#109000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
NamMTi konfirensiya kartoshka boyicha 3-06.2022

Fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida Kimyo texnologiya, Kimyo, va 
Oziq-ovqat sanoatidagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari 
 
NamMTI 2022-yil 3-4-iyun
65 
GLITSIN ASOSIDAGI METALLOKOMPLEKSLARNI ADABIYOTLAR TAHLILI 
 
M. Rohmonberdiyeva, L. Abdusamatova, T. Sattarov, A. Nuritdinov, M. Hakimov 
Namangan davlat universiteti  
 
Annotatsiya: Ushbu ishda 3d metall ionlari bilan glitsin molekularining o’zaro ta’siri 
natijasida xelatlarni olingan, ularning tuzilishini fizik-kimyoviy tadqiqot usulida aniqlash ko’zda 
tutilgan. 
Kalit so’zlar: Koordinatsion birikma, xelat, glikokol(glitsin), IK-infraqizil spektr, ligand.
Koordinatsion (kompleks) birikmalar noorganik birikmalarning eng katta va xilma-xil 
sinfini tashkil etadi. Odatda bunday birikmalar oddiy molekulalarni, molekulalar va ionlarni, 
ionlarni o’zaro birikishi natijasida sodir bo’lib, qattiq, suyuq va ba’zida gaz xolatida barqaror 
bo’la oladi. Zarrachalarning o’zaro reaksiyaga kirishishi odatda kompleks xosil bo’lishi deb 
aytiladi [1,4]. Kimyoviy analiz tarkibida halqasimon (siklik) tuzilishdagi organik molekulalar 
saqlovchi kompleks birikmalar, boshqacha aytganda xelat birikmalar alohida ahamiyatga ega. 
Bulardan ba’zilari ichki kompleks nomi bilan ham ataladi [3,5]. Odam organizmida 3% atrofida 
metallar borligi ma’lum. Ana shu metallar inson hayot faoliyatini to’la taminlaydi. Ishqoriy va 
ishqoriy-yer metallari kaliy, natriy, kalsiy, magniy, eritmada akva ionlar holida uchraydi. Ular 
qon, limfa, to’qimalardagi suyuqliklarda nerv impulslari harakatini taminlaydi. D-elementlarning 
organik ligandlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari organizmdagi oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlarida katalizator sifatida ishtirok etadi. Bu metallardan odam organizmida eng ko’p 
tarqalgani temirdir. Ligandlar tabiatiga qarab, Fe
+2
oksidlanish darajasiga ega bo’lgan kompleks 
birikmalar (mioglobin, gemoglobin) va 
+2 
oksidlanish darajasiga ega bo’lgani katalaza va 
oksidiazaga o’xshash kompleks fermentlar hosil qilgan. O'simlik hayotidagi muhim modda 
xlorofil ham tuzilishi jihatdan gemoglobinga o’xshab ketadi, lekin bu birikmada kompleks hosil 
qiluvchi ion Mg metali ioni hisoblanadi. Saraton kasalligidagi xavfli o’smalarni o’sishini 
platina(II) kompleks birikmalari sekinlashtirishi aniqlangan. Iridiyning kompleks birikmalari 
ham saraton
kasalligida foyda beradi. Oltinning tiospirtlar bilan hosil qilgan birikmalari esa sil 
va moxov kasalligini davolashda ishlatiladi[2].
Shu bilan bir qatorda kompleks birikmalarni inson organizmiga bir qancha salbiy ta’sirlari 
ham mavjud. Ko’p miqdordagi mis markaziy asab tiziming ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qon 
hujayralarini kislorod bilan taminlash sekinlashadi, bosh og’rig’i paydo bo’ladi, nafas olish 
qiyinlashadi, yurak urishi tezlashadi va depressiya kuzatiladi. Xromli birikmalar ham nafas olish 
tizimiga shikast yetkazishi, allergiyani yuzaga keltirishi, og’ir dermatit va og’riqsiz teri yaralari 
paydo qilish xususiyatiga ham ega. Tanadagi marganesnig ortiqcha to’planishi, birinchi 
navbatda, markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Natijada charchoq, uyquchanlik, xotira 
funksiyalarining yomonlashuvi yuzaga keladi. Fe ning haddan tashqari dozasi zaharli bo’ib, 
qusish, diareya, ichak va boshqa organlarning shikastlanishiga olib keladi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi kompleks hosil qiluvchi metallarning organik ligandlar bilan 
hosil qilgan xelat birikmalarini olinish usullari, xossalari va inson hayotidagi ahamiyati haqida 
ya’nada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishdan iborat.
Mis, kobalt, temir, nikel, rux, marganes, xrom metallarining eruvchan tuzlari ertimasini 
aminokislota glikokol(glitsin) bilan glikokolyatlar hosil qilishini kuzatiladi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin