5-ШЎЪБА. АМАЛИЙ МАТЕМАТИКА ВА УНИНГ ТАТБИҚЛАРИ
«
ЁШ МАТЕМАТИКЛАРНИНГ ЯНГИ ТЕОРЕМАЛАРИ – 2022
»
~275~
ko‘rinishni, interaktiv va kreativ tarzda informatika fanini integrallashgan uslda o’qitishning bugungi kundagi
dolzarb masalalari xaqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar: Virtual laboratoriya, pedagogika, kreativ, interaktiv, kontent, mustaqil ta’lim, elektron
resurs va elektron test.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fanlardan Dars ishlanmalarini turli dasturiy ta’minotlar,
animatsiyalar hamda ta’lim kontentlaridan foydalanib shakllantirish davr talabi bo’lib qolmoqda. Dasturiy
ta’minotlar, zamonaviy ta’lim kontentlari, axborot texnologiyalardan foydalanish haqida bilimlarni pedagoglar
chuqur va puxta bilishlari muhim hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoev ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratib:
“Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va
shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi” deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat
ta’lim tizimining kelajagini raqamli texnologiyalarsiz rivojlantirib bo’lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan
holda darslarni tashkil etish respublika miqyosida ijobiy deb bo’lmaydi.
Xususan, foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga
yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni mantiqiy fikrlashga, amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, bir soʻz bilan aytganda,
o’rganuvchi yoshlarni hayotga tayyorlashga oʻrgatmayotgani qayd etildi.[1]
O’quvchi-yoshlarnilarning mustaqil bilim olish faoliyatida axborot texnologiyalari yetarli
qo‘llanilmayapti desak bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchining bilim
olishida shunchalar muhimki, bugungi avlodlarimiz IT olamida, internet asrida ulg‘aymoqda va yashamoqda.
Ularning dunyoqarashiga mos manbaalar: jumladan, zamonaviy ko‘rinishdagi interaktiv va kreativ axborot
texnologiyalarini tayyorlash hamda uzatish juda dolzarb masaladir.
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko’plab dasturiy ta’minotlar ishlab
chiqilgan. Ulardan biri «Physics Education Technology» (PhET) dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar
to’plamini bitta muhitga birlashtirish, (integrallash) qolaversa, Multimedia texnologiyalariga asoslangan
virtual laboratoriyalar orqali video darslarini yaratish va turli natijalar olish uchun PhET dasturidan
foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi.
PhET dasturi bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli
dizaynli muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin.
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun PhET dasturi tarkibida tayyor obyektlar
mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni
ta’minlovchi ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin.[6]
Dostları ilə paylaş: