Savol –javob:
Sonlarni yaxlitlash qoidasini ayting.
Taqribiy qiymat haqida tushuncha bering
Absolyut xatolik deb nimaga aytiladi?
Ha yoki yo`q:
O`tilgan mavzular bo`yicha berilgan tasdiq o`rinli bo`lsa + aks holda – ishorasini qo`ying.
Miqdorning aniq qiymati bilan taqribiy qiymati orasidagi ayirmaning moduli yaqinlashishning absolyut xatoligi deyiladi
2,781 ≈ 2,9 son o`ndan birlar xonasigacha yaxlitlangan
3,1423 ≈3,142 son yuzdan birlar xonasigacha yaxlitlangan
203,862 sonining 203 bilan yaqinlashish xatoligi 862 ga teng.
Uchburchak burchaklari yig`indisi transportirda o`lchanganda 181,5° bo`ldi. Yaqinlashish xatoligi 1,5° ga teng.
Yangi mavzu bayoni.
Ko`pgina hollarda miqdorlarning aniq qiymatlari noma`lum bo`ladi, shuning uchun yaqinlashishning absolyut xatoligini topish mumkin bo`lmaydi. Shunday bo`lsada, ko`pincha, agar ortig`i bilan yoki kami bilan yaqinlashishlar ma`lum bo`lsa, absolyut xatolikni baholash mumkin bo`ladi.
Misol. Xona termometrida suyuqlik ustunchasining yuqori oxiri 21 ° C bilan 22 °C oralarida turubdi. Temperaturaning taqribiy qiymati sifatida 21,5 soni olindi. Yaqinlashishning absoluy xatoligini baholang. Temperaturaning aniq qiymati noma`lum, biroq
deb tasdiqlash mumkin.
Temperaturaning aniq qiymati bilan taqribiy qiymati orasidagi ayirmani, ya`ni t-21,5 baholash uchun bu qo`shtengsizlikning har bir qismidan 21,5 sonini ayiramiz.
ni ya`ni ni hosil qilamiz. Shunday qilib, absolyut xatolik 0,5 dan katta emas.
Bu holda temperatura 0,5 gacha aniqlikda o`lchangan deyiladi va bunday yoziladi:
Umuman, Agar a son x sonning taqribiy qiymati va bo`lsa, u holda x son a songa h gacha aniqlik bilan teng deyiladi va bunday yoziladi:
tengsizlik qo`shtengsizlikning o`zini ifodalaydi.
Masalan yozuv x son 2,43 ga 0,01 gacha aniqlikda tengligini, ya`ni
yoki ekanini bildiradi.