O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI YANGIQO’RG’ON TUMANI X T B ga qarashli 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Matematika fani o’qituvchisi Boymirzayev Zuxriddinning Algebra fanidan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Yangiqo’rg’on — 2020 Sana: _________________ Sinf: 8 sinf Fan : Algebra Mavzu: Xatolikni baholash. Maqsad: Ta`limiy: xatolikni baholash haqida tushuncha berish, mavzuga doir bilim va ko`nikmalar tizimini shakllantirish;
Tarbiyaviy:o`quvchilarning aniq, ravshan, mantiqiy fikrlashga o`rgatish;
Rivojlantiruvchi: mavzuni o`rganish jarayonida o`zida ijodiy hissiyotlarni shakllantirish;
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: darslik, proyektor, A3, A4 format, qog`ozlar, stiker(rag`bat uchun), marker, o`lchov asboblari, jadvallar
Darsning metodi: savol-javob, guruhlarda ishlash, amaliy ish, baliq skeleti
Darsning rejasi:
-salomlashish; o`quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash;
-davomatni aniqlash;
Sinf 4 guruhga bo`lingan. Guruh sardorlari tanlangan.
Ma`naviyat daqiqasi:
3-may - Jahon matbuot erkinligi kuni
9-may Xotira va qadrlash kuni . Bugungi darsimizni buyuk allomalarimiz, ajdodlarimiz, marhum birinchi prezidentimiz xotiralariga bag`ishlashni taklif qilaman.
Dars davomida o`quvchilar darsda ishtirok etishlariga qarab ra`gbatlantirilib boriladi. Bundan tashqari topshiriqlarni birinchi bo`lib to`g`ri va aniq bajarib bo`lgan guruh “guruh rag`batini” qo`lga kiritadi.