2.2.4. Shaxsiy talaba profilini Universitet ichki nazorat bazasi orqali rasmiy veb-saytda zarur
shaxsiy ma'lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirish va yangilab borish;
2.3.5 Universitetning akademik ustavida ko‘rsatilgan keyingi o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish
bo‘yicha yo‘riqnomalarni, shuningdek uning akademik xodimlar tomonidan taqdim etilgan
yo‘riqnomalarni o‘z vaqtida bajarish;
2.3.6. Universitetning ma'muriy va o‘qituvchilik tarkibiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,
shuningdek, Universitetning nizomlarida bayon etilgan boshqa xulq-atvor qoidalariga rioya qilish;
2.3.7. Barcha akademik va intizomiy masalalar bo‘yicha ustavlarga, shuningdek Universitetning
ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qarorlar qabul qilish
yakka tartibda (Talaba faqatgina o‘zi) amalga oshiradi va javobgar hisoblanadi;
2.3.8. Universitetda o‘qish uchun talab qilingan to‘lovni o‘z muddatida va ushbu shartnomaga
muvofiq to‘liq to‘lanishini ta'minlash;
2.3.9. Universitet Buxgalteriya bo‘limiga o‘qish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjatni taqdim etish;
2.3.10. Tijorat banki (yoki boshqa To‘lovchi) bilan ta'lim olish uchun kredit shartnomasi tuzilgan
taqdirda, u barcha tomonlar tomonidan rasmiylashtirilgandan so‘ng mazkur shartnomaning haqiqiy
nusxasini Universitet yuridik bo‘limiga taqdim etish;
2.3.11. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan siyosiy, diniy va boshqa
tashkilotlarda yoki harakatlarda ishtirok etmaslik;
2.3.12. O‘zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi (yoki Universitet) tomonidan karantin
izolyatsiyasi e'lon qilinganida va boshqa cheklovli holatlarda, onlayn / masofadan o‘qish uchun
sharoitlarni mustaqil tashkil etish (barqaror Internet aloqasi, uskunalar va boshqalar);
2.3.13. Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.
Dostları ilə paylaş: