Namangan xalqaro universiteti


 TOMONLARNING JAVOBGARLIGI



Yüklə 89,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix25.09.2023
ölçüsü89,3 Kb.
#148610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
64db35a39846859d0d5e2f33

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Talaba tomonidan mol-mulkka, ta'lim vositalariga va hokazolarga moddiy zarar
yetkazilganda talaba Universitet oldida to‘liq miqdori teng moddiy javobgar bo‘ladi;
5.2. 3.2-bandga muvofiq to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda, Talabaga
Universitetga kirish cheklanadi, har qanday xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi,
ma'lumotnomalar/ma'lumotlar beriladi, shuningdek, talabaning Universitet hududiga kirishi
ta’qiqlanadi;
5.3. To‘lov kechiktirilgan taqdirda, talaba kechiktirilgan har bir kalendar kuni uchun
to‘lanmagan qismning 0,5% miqdorida, qarzning 10% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima (penya)
to‘lashga majbur bo‘ladi;
5.4. O‘qish uchun to‘lovi 15 kalendar kundan ortiq kechiktirilgan taqdirda, Universitet
Talabani o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega;
5.5. Talabalarni ro‘yxatga olish, bitirishi, o‘qishdan chetlatilishi va ro‘yhatdan chiqarish
Universitet rahbariyatining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
5.6. Ushbu shartnomaning 2.3.10-bandini buzgan taqdirda, talaba qonun hujjatlariga
muvofiq, uchinchi shaxslarga berilgan majburiyatlar bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi;
5.7. Ushbu shartnomaning 2.3.10-bandini buzgan taqdirda, talaba qonun hujjatlariga
muvofiq, uchinchi shaxslarga berilgan majburiyatlar bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi;
5.8. Talabani Universitetda o‘qishdan chetlashtirish, yoki ro‘yhatdan chiqarilishi,


Talabaga taqdim etilgan ta'lim xizmatlari uchun haq to‘lash bo‘yicha moliyaviy majburiyatlardan
ozod qilmaydi;
5.9. Talaba ta’lim muassasasiga topshirilgan hujjatlar, shu jumladan umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus taʼlim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom ilovasi bilan) haqiqiy ekanligi uchun
shaxsan javobgar, hujjat asl nusxasini o‘z vaqtida topshirilmasligi, uning haqiqiy emasligi
aniqlanishi talabani Ta’lim muassasasi talabalari safidan chetlatishga asos bo‘la oladi.
5.10. Mazkur shartnomaning amal qilish muddati mobaynida xizmatlar ko‘rsatish,
majburiyatlarni bajarish va mazkur shartnomani bajarish bo‘yicha o‘zaro e'tirozlar mavjud emasligi
Universitet va Talaba tomonidan qog‘oz yoki elektron shaklda imzolangan hisobot-fakturani va
bajarilgan ishlar dalolatnomasini majburiy rasmiylashtirish bilan tasdiqlanadi;
5.11. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan boshqa javobgarlik choralari O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

Yüklə 89,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin