4. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
4.1.1. Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
4.1.2. Universitetning akademik va talabalar nizomlari, xodimlari va qoidalariga rioya
etilmasligi, intizomiy buzilishi yoki hurmatsizlik munosabati bilan Talaba ta'lim olishdan
chetlashtirilganda;
4.1.3. Agar tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmasa;
4.1.4. Talaba o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan dalil asosida;
4.1.5. Akademik ta'tildan keyin yoki o‘qishni to‘xtatishdan keyin o‘qishni davom ettirishda uzoq
vaqt kechiksa. Kechikishning haddan tashqari ko‘pligi Universitet rahbariyati tomonidan alohida
ko‘rib chiqiladi;
4.1.6. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
hollarda.
4.1.7. Talaba Universitetning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni bir marta qo‘pol yoki
muntazam ravishda buzgan, huquqbuzarlik va/yoki jinoyat sodir etgan hollarda shartnomani bir
tomonlama bekor qilish;
4.1.8. Talaba tomonidan qabul imtihonlarida ayyorlik, tovlamachilik, firibgarlik va boshqa
shunga o‘xshash belgilangan tartibga zid yo‘llar bilan o‘qishga qabul qilinganligi aniqlanganda
4.1.9. Talaba o‘qish davrida korrupsiya yoki korrupsiya holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarlikni
amalga oshirgani aniqlanganda.
4.1.10. Talaba vafot etsa;
4.1.11. Universitetning boshqa bino/joyga ko‘chirilishi, masofaviy ta'lim shakliga o‘tishi taraflar
ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holat hisoblanmaydi va Talaba Universitetning talabiga ko‘ra boshqa
bino/joyga va/yoki masofaviy ta'lim shaklida o‘qishni davom ettirishi kerak bo‘ladi. Ushbu holatda
Talaba ushbu shartlarga rozi bo‘lmasa va o‘qishni davom ettirmasa Universitet shartnomani bir
tomonlama bekor qilib amalga oshirilgan to‘lovni qaytarmaydi. Agar Talaba ungacha muddatda
ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to‘lovi miqdorida; agar shartnoma 2-semestr davrida
bekor qilinsa – 1-yillik to‘lov miqdorida) to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lgan taqdirda Talaba ushbu
qarzdorlikni to‘lashni o‘z majburiyatiga oladi.
Dostları ilə paylaş: