O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN XALQARO UNIVERSITETI
-
“TASDIQLAYMAN”
Namangan xalqaro universiteti oʻquv ishlar boʻyicha prorektor
A.V.Inomiddinov
______________________
2023 yil “___”___________
|
|
|
MUMTOZ POETIKA ASOSLARI
O’QUV DASTURI (SILLABUS)
(Sirtqi: 2022-2023 1-kurs) (1-SEMESTR )
-
Bilim sohasi:
|
100000 – Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Ta’lim
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
60110600 – 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
|
|
|
Namangan – 2023
Fanning sillabusi Namangan Xalqaro universiteti Kengashining 2023 yil ,,___ ” ________, __- sonli majlisida tasdiqlangan. (_ -bayonnoma)
Tuzuvchi:
|
O.M.Boyatov - NamXU Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti “Ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish” kafedrasi oʻqituvchisi
|
|
|
Taqrizchilar:
|
O. Hamroyeva – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori
|
|
|
Fanning sillabusi Namangan Xalqaro universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti Kengashining 2023 yil “ ___ ” _____dagi ___ - sonli majlisida muhokamadan o’tkazilgan tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Fakultet dekani D.D.Boymirzayeva
Fanning sillabusi Namangan Xalqaro universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti, “Ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish” kafedrasining 2023 yil «____» ___________ dagi ____- sonli yigʻilishida muhokamadan o’tkazilgan.
Kafedra mudiri X. A.Umarov
|
O’QUV DASTURI (SILLABUS)
Ijtimoiy gumanitar
fakulteti
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) taʼlim yoʼnalishi
|
|
№
|
Semestrlar
|
Maruza
|
Amaliy
|
Seminar
|
Laboratoriya
|
Kur ishi
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
|
1
|
16
|
|
16
|
|
|
88
|
120
|
|
Umumiy
|
16
|
|
16
|
|
|
88
|
120
|
Umumiy ma’lumotlar
|
Fan nomi: Mumtoz poetika asoslari
|
Fan kodi: MPA2104
|
Kredit miqdori: 4
|
Semestr: 1
|
Kafedra nomi: Ijtimoiy gumanitar fanlar
|
Fan o’qituvchisi: Boyatov Oybek Maxmudjon o‘g‘li
|
Email: oybekboyatov151@gmail.com
|
Fan turi: Tanlov
|
Ta’lim shakli:
|
Sirtqi
|
Baholash shakli:
|
Imtihon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
1-semestr
|
Ma’ruza
|
16
|
Seminar mashg‘ulot
|
16
|
Mustaqil ta’lim
|
88
|
Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari
|
120
|
Jami
|
120
|
II. FANNING MAZMUNI
“Mumtoz poetika asoslari” fani talabalarga aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz tarixi haqida, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqida ta’lim beradi.
III. FANNI O‘QITISH NATIJALARI
Mumtoz poetikaning asosini ilmlar uchligi tashkil etadi. Bular: ilmi aruz, ilmi badi’ hamda ilmi qofiyadir. Adabiyotimiz tarixida bu uch ilm birgalikda mumtoz she’rning nafosati va shoirning salohiyatini belgilovchi mezon hisoblangan. Ular orasida aruz ilmi nisbatan murakkab hisoblanib, uni yaxshi bilmaslik mumtoz janrlarda yaratilgan badiiy namunalar mohiyatini anglashda qiyinchilik tug‘diradi. Shu ma’noda “Mumtoz poetika asoslari” fani aruz vazni va uning qoidalari, aruzda yozilgan asarlarning o‘lchovini aniqlash yo’llari, aruz tizimining oʻzbek mumtoz adabiyotidagi oʻrni, mumtoz janrlar va ularning badiiyati, ilmi badi’ va ilmi qofiya boʻyicha aniq va muhim ma’lumotlarni talabaga yetkazishda belgilovchi asos vazifasini oʻtaydi. Shuning uchun oliy oʻquv yurtlarida o‘zbek tili va adabiyoti ta’limini yoʻlga qoʻyishda ushbu fan alohida ahamiyat kasb etadi.
“Mumtoz poetikaga kirish” fanini toʻliq oʻzlashtirish bakalavriat bosqichi talabalarining bilimlarini mustahkamlash, badiiy did va adabiy idrokini oʻstirish hamda ularda tadqiqotchilik malakasini shakllantirish uchun zamin hozirlaydi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar. Talaba:
aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz tarixi haqida, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqida bilimga ega bo‘lishi;
taqti’ va uning qoidalari, bahrlar va ularning tarkibiy tuzilishi, bir xil asliy ruknlardan tashkil topgan bahrlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, turkiy she’riyatda faol qo‘llanilgan ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib bahrlarida yozilgan she’rlarning taqti’ni belgilay olish, turli asliy ruknlardan tarkib topgan bahrlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, mumtoz aruzshunoslik asoslari; baytli va bandli she’r shakllari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar, mumtoz qofiya turlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
Mumtoz she’riy asarlar doirasida badiiylik mohiyati, mumtoz she’r nav’lari, badiiy san’atlar, qofiya va uning turlari haqida umumiy tasavvur hosil qila olishi, mumtoz she’riyatda istifoda etilgan janrlarning badiiyatini belgilay olishi, aruzda yozilgan she’rlarni ifodali o‘qiy olish malakasiga ega bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |