Namdu peagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nali



Yüklə 25,59 Kb.
tarix16.02.2023
ölçüsü25,59 Kb.
#84608
hisobot


NamDU peagogika fakulteti
Maktabgacha ta’lim yo’nali-
shi MT-53-15-guruh talaba-
si Jo’rayeva Hurshidaning
Malakaviy amaliyot bo’yicha
H I S O B O T I
Men NamDU pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-bosqich MT 53-15 guruh talabasi Jo’rayeva Hurshida 11.02.2019 dan 30.03.2019 gacha Namangan viloyati Uychi tumani bo’limiga qarashli 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o’zimning malakaviy amaliyotimni o’tadim.
Bu muassasa rahbari Abdurahmonova Naima hisoblanib,juda ham yaxshi muassasa hisoblanadi.Meni dastlabki kunlarimdayoq yaxshi kutib oldilar va tayyorlov guruh tarbiyachisi Komilova Nilufar biriktirib qo’ydilar.
Bu muasassasada quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1-haftada:dastlabki kunimda muassasa a’zolari bilan va bolalar bi- lan tanishdim. So’ngra MTM mudirasining ish faoliyati bilan tanishdim. Keyingi kuni MTM ning istiqbol va yillik rejasi bilan,keyin MTM mudi-raning oylik ishrejasi va uni bajarilish tartibini amalga oshirishni o’rgan-dim.
Bundan tashqari bolalarni Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag’ishlangan tadbirga bolalarni tayyorlashda tarbiyachi Iroda opaga ko’maklashdim.Bu tadbirda bolalar o’zlarining turli she’rlari, raqslari va sahna ko’rinishlari tayyorlashdi.
2-hafta:amaliyotimning ikkinchi haftasida mtm hamshirasi va musi-qa rahbarining faoliyat bilan tanishib chiqdim.Muassasaning “Zumratoy-lar davrasi” to’garak faoliyat bilan tanishib chiqdim. Bu to’garakda bola-lar odob-axloq qoidalari, ya’ni, kiyinish odobi, ota-onaga xurmat, tozalik haqidagi qoidalar va shunga o’xshash turli xil qoidalar, bundan tashqari o’zbekona urf-oatlari bilan tanishishar ekanlar.To’garak mavzulari tarbi-yachining ish hujjatida ko’rsatilar ekan.
3-hafta:amaliyotimning uchunchi haftasida pedagogik kengash va u-ning faoliyati bilan tanishdim.Pedagogik kengashni mtm rahbari o’tkizar ekan. Bu kengash tarbiyachilar ishtirok etishar ekan. Kengashda muassa-da hal qilinishi lozim bo’lgan ishlar amalga oshirishi haqida borar ekan. Men anashu narsalar haqida tanishib chiqdim.Bundan tashqari tayyorlov guruhda mashg’ulot o’tishiga ko’maklashdim.
4-hafta:bu haftada men tarbiyachining ish hujjatlari bilan tanishib chiq dim. Bundan tashqari mtm va maktab hamkorligiga doir ishlarni ham ta-nishib chiqdim. So’ngra katta guruhda jismoniy tarbiya mashg’uloti bo’-yicha estafeta o’yini tashkil qildim. Bu o’yinda bolalarni ikki jamoaga bo’ lib o’ynatdim. Jamoalarni nomini “epchillar” va “chaqqonlar” deb nomladim. Bu o’yinda “epchillar” jamoasi g’olib bo’lishdi .G’olib bo’l-gan jamoaga qizil,mag’lub jamoaga esa sariq kartochka berdim.
5-hafta:amaliyotimning bu haftasida bahorning dastlabki kunlari bosh landi.Men bu haftada mtmning qisqa muddatli guruhi faoliyati bilan tan-nishdim.Bu guruh ikkita guruhdan iborat bo’lib,unda jami 20tadan iborat bola tarbiyalanar ekan.Birinchi guruh soat 8:30 dan 11:30 gacha,ikkinchi guruh 12:30 dan 15:30gacha shug’ullanishar ekan.
Men bu haftada qisqa muddli guruhlarda applikatsiya va tasviriy fao-liyat mashg’ulotlari mujassamlashgan ochiq mashg’ulot o’tim.Mashg’u-timda 8-mart kuniga bag’ishlangan “ onajon bayramingiz muborak ” mavzusida bolalar bilan otkritka yasadik. Ularning har biri o’zlarining onalariga turlicha bezaklar orqali yasashdi. Mashg’ulotimni kuzatgani mudira va ikkita tarbiyachi ishtirok etishdi.
Muassasada 7-mart kuni 8-mart : “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlangan tadbir o’tkazdik.Bu tadbirda bolalar turli she’rlar , raqslar, qo’shiqlar va o’yinlar o’tkazishdi.Bolalar ozlarining tarbiyachilarini tab- riklashdi.Tadbirda tarbiyachilar va bolalarning barchasi madaniy xordiq olishdi.
6-hafta:amaliyotimning bu haftasida tayyorlov guruhda ota-onalar yi-g’ilishi bo’lib o’tdi. Bunda ko’rilgan masalalar yaqinlashib kelayotgan bayram “Navro’z” bayrami va unga bolalarni tayyorligi,bundan tashqari ularning bayramona kiyintirish haqida bo’lib o’tdi. Ko’rilgan masalalar haqidagi fikrlarni barcha ota-onalar qo’llab-quvvatladi.
Musiqa rahbarining ish hujjatlari bilan tanishib chiqdim.Bundan tash-qari musiqa rahbari Ozoda bilan Navro’z bayramiga bag’ishlangan bayram senariysi tuzishga tarbiyachilarga yordamlashdim. Bolalarni bu bayramga tayyorladim.Menga qisqa muddatli guruh topshirildi.Bu guruh o’g’il bolalarini raqsga tayyorladim.Qiz bolalarini esa “Yomg’ir” qo’shi-g’iga raqsga tayyorladim.Bundan tashqari ularga turli bayramona she’r-lar o’rgatdim.Boshqa guruh tarbiyachilarga ham bolalarni bayramga tay-yorlashda ko’maklashdim.
7-hafta: amaliyotimning so’nggi haftasi.Men bu haftadada tayyorlov guruh bolalarini maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlashni o’rgandim.
Buning uchun bolalarda turli treninglar va savol-javoblar o’tkazil-di.Ularga o’zlarining yoshiga muofiq savoolar berildi.
Amaliyotim davomida men muassasa rahbari va tarbiyachilardan ju-da ko’p narsalar o’rgandim. Xususan, qo’l mehnati, bayramlar senariysi tuzish va uni o’tkazishni,muassasani boshqarish yo’llari,mashg’ulotlarni turli xil metodlar orqali o’tish va bolalarni diqqatini qanday jamlash ke-rakligini o’rgandim.
Qo’l mehnatlaridan : salfetkadan gul yasash, suv idishidan chok ma-shina yasash va turli xil gullar, obrochga turli manzara tushirib yasashni o’rgandim. Ularni yasab muassaga topshirdim.
AMALIYOTIM davomida bolalarni maktab talimiga tayyorlash mo-nitoring qilishni o’rgandim.
Amaliyotim davomida bolalar bilan ham tezda chiqishib ketdim.Ular-ning barchasi juda ham iqtidorli va sho’x bolalar ekan.
Men amaliyot o’tash jarayonida xo’jalik mudiri faoliyati bilan ham tanishib chiqdim.Bundan tashqari oshpazlar, hamshira va yordamchi tar-biyachining faoliyati bilan ham tanishib chiqdim. Bolalarga qanday ta-omlar tayyorlanishi va ularning menyusini tuzishni o’rgandim. Hamda bolalarga qaysi vaqt va qancha miqdorda berilish kerakligini o’rgandim.
Muassasada amaliyot davrimda katta guruhda tevarak olam bilan ta-nishtirish mashg’ulotida “ uy va yovvoyi hayvonlar haqida suhbat “mav-zusida ochiq mashg’ulot o’tdim.Mashg’ulotimda bolalarga uy va yovvo-yi hayvonlar haqida ma’lumot berdim.Ularning yashash sharoitlari,qayer da yashashlari va ularni ajratishni o’rgandim.Ular haqida plakatlar orqali o’rgatdim.Mashg’ulot paytida bolalar bilan o’yin o’tkazdim.O’yinda bo-lalarni ikki jamoaga bo’lib haltachaga yovvoyi va uy hayvonlarini sol-dim.Bolalar esa ularni ajratishdi.
Amaliyotimning so’nggi kunlarida Universitetimiz tomonidan birikti-rilga amaliyot rahbari tomonidan vazifa qilib berilgan amaliyot hujjatlar-ni tayyorladim va uni muassasa rahbari N.Do`monovaga tasdiqlatdim.

Hisobot yozuvchi: H.Jo’rayeva


Mussasa rahbari: N.Abdurahmonova
Yüklə 25,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin