Name of presentaton


Belorussiya Respublikasida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi



Yüklə 16,14 Mb.
səhifə11/11
tarix23.12.2023
ölçüsü16,14 Mb.
#190751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu

Belorussiya Respublikasida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi:

Belorussiya Respublikasida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi:

    • “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillarining barqaror rivojlanish tamoyillari bilan muvofiqligi;
    • ijtimoiy va ekologik oqibatlarning oldini olish;
    • tabiiy va ijtimoiy kapitalni baholash;
    • iste’mol, ishlab chiqarish va resurslardan baqaror, samarali foydalanish;
    • “yashil ish o‘rinlari”ni yaratish, qashshoqlikni bartaraf etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshirish;
    • turli avlodlar o‘rtasida bo‘lganidek bir avlod doirasida ham adolat va xolislikni ta’minlash.

2016 yil 20 sentyabrdan “yashil iqtisodiyot”ga Belorussiya Respublikasi Parij bitimining o‘ttizinchi ishtirokchisiga aylandi. Boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan taqqoslaganda Belarussiyada quyidagi sabablarga ko‘ra Parij bitimi talablariga ko‘proq moslashish imkoniyati mavjud:

    • mamlakat hududining katta qismi o‘rmonlar bilan qoplanganligi;
    • katta hajmdagi suv resurslarining mavjudligi;
    • botqoq yerlar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonining kattaligi.
    • Belorussiyada Parij bitimi talablarini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi milliy dasturlar ishlab chiqilgan:

      • 2030 yilgacha issiqxona gazlarining o‘rmon va botqoqlar tomonidan yutilishini kengaytirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi;
      • Belorussiya Respublikasining 2050 yilgacha issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasi;
      • Iqlim o‘zgarishiga moslashish doirasidagi harakatlar rejasi.

Belorussiya Respublikasida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda amaliy siyosat olib borilmoqda:

Belorussiya Respublikasida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda amaliy siyosat olib borilmoqda:

  • biogaz uskunalarini o‘rnatish;
  • tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish;
  • mazut, torf, ko‘mir kabi yuqori uglerodli yoqilg‘i turlaridan foydalanishni kamaytiradigan, kam uglerodli va uglerodsiz texnologiyalarni o‘zlashtirish;
  • agroshaharchalar ehtiyoji uchun biogaz, quyosh va shamol energiyalaridan foydalanish maqsadida yirik qoramolchilik, cho‘chqachilik va parrandachilik majmualarida ushbu texnologiyalarni joriy etish;
  • “uglerod solig‘i”ni joriy qilish va milliy uglerod bozorini shakllantirish;
  • elektrotransportdan foydalanishni kengaytirish va past darajali ekologik tasnifdagi benzin va dizelli avtomobillarni ekpluatatsiyadan chiqarish.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 16,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin