esa an’anaviy iqtisodiyotni bosqichma-bosqich ekologik yo‘naltirilgan iqtisodiyotga aylantirishlari zarur. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotning texnologik darajasi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ortda qolmoqda. SHuning uchun ushbu mamlakatlarda arzon, eskirgan texnologiyalar qo‘llanilib, tabiiy resurslardan xo‘jasizlarcha foydanilmoqda. Bu esa atrof-muhitning ifloslanishiga va ekotizimlarning yo‘qolib borishiga olib kelmoqda. “Yashil o‘sish” esa texnologik innovatsiyalar, ekotizimlarni qayta tiklash, tabiiy resurslardan samarali foydalanishga asoslanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichki resurslarga tayangan holda “yashil o‘sish”, barqaror rivojlanishni ta’minlashga harakat qilmoqda va qishloq, o‘rmon xo‘jaligi, tiklanadigan energiya, cheklangan tabiiy resurslarni o‘zlashtirish kabi sohalarda muvafaqqiyatli islohotlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, Xitoy, MDH mamlakatlari tajribasi muhim ahamiyatga ega.

2. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning Xitoy tajribasi
Xitoy aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi sanoat ishlab chiqarish hajmi rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichining 1/3 qismiga tenglashganda barqaror rivojlanish yo‘lini tanladi. 2007 yilda Xitoyning sobiq bosh vaziri Ven Szyabao Xitoy iqtisodiyotini “beqaror, muvozanatlashmagan, muvofiqlashtirilmagan va notekis rivojlanayotgan” iqtisodiyot sifatida tanqid qildi. Xitoy hukumati keyingi besh yilliklar rejalariga tuzatishlar kiritdi va shu vaqtdan boshlab mamlakat rivojlanishida iqtisodiy o‘sishni miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ta’minlashga harakat qilmoqda.