Masalan, 1) A(x): “x shahar – O`zbekiston Respublikasining poytaxti”. Bunda X={Toshkent, Samarqand, Xiva, Dushanbe, Buxoro, Moskva,…} bo`lib, TA = {Toshkent} bo`ladi.
2) B(x):“4≤x ˂ 11”, x ϵ N. X=N bo`lib, TB = {4; 5; 6; 7; 8; 9; 10} bo`ladi.
3) D(y):“y – 12 sonning bo`luvchisi” bo`lsa, Y=N bo’lib, TD={1; 2; 3; 4; 6; 12}bo`ladi.
Predikatlar ustida amallar.
Biz asosan bir o`rinli prеdikаtlаr bilаn to`liqrоq tаnishib chiqаmiz. Prеdikаtlаr ustidа hаm mulоhаzаlаr ustidа bаjаrilgаn ˄, ˅, , аmаllаri kiritilgan.
Predikat inkori. Aytaylik, X to`plamda A(x) predikat berilgan bo`lsin.
4-Tarif. A(x) rost bo`lganda yolg`on, yolg`on bo`lganda rost bo`ladigan predikat A(x)ning inkori deyiladi.
A(x) ning rostlik to`plami T bo`lsa,
ning rostlik to`plami T/ bo`ladi.
Predikatlar kon’yunksiyasi.
Aytaylik, X to`plamda A(x) va B(x) predikatlar berilgan bo`lsin.
5-Tarif. A(x) va B(x) predikatlarning har ikkalasi rost bo`lganda rost, qolgan hollarda yolg`on bo`ladigan predikatga ularning kon’yunksiyasi deyiladi.
Predikatlar kon’unksiyasi A(x)˄B(x) yoki А(x)&B(x) ko`rinishda belgilanib, ”A(x) va B(x)” deb o`qiladi.Agar A(x) predikatning rostlik to`plamini TA , B(x) predikatning rostlik to`plamini TB va A(x)˄B(x)ning rostlik to`plamini T desak u holda T=TA∩TB bo`ladi. Buni Eyler-Venn diagrammalarida tasvirlasak, undagi shtrixlangan sohadan iborat bo`ladi.
6-Tarif. A(x) va B(x) predikatlarning har ikkalasi yolg`on bo`lganda yolg`on, qolgan hollarda rost bo`ladigan predikatga ularning diz’yunksiyasi deyiladi.
Predikatlar diz’unksiyasi A(x)˅B(x) ko`rinishda belgilanib, ”A(x) yoki B(x)” deb o`qiladi.
A(x) predikatning rostlik to`plamini TA , B(x) predikatning rostlik to`plamini TB va A(x)˅B(x)ning rostlik to`plamini T desak u holda T=TA TB bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |