18
2.1-rasm. Metall klasterlari.
Makroskopik fizikada o’rinli bo’lgan ko’pgina qonunlar (makroskopik fizika
o’lchamlari 100 nm dan ancha katta bo’lgan ob’ektlar bilan “ish ko’radi”)
nanozarrachalar uchun ishlamaydi. Masalan, o’tkazgich qarshiliklarini parallel va
ketma-ket ulashdagi ma’lum formulalar ishlamaydilar. Tog’ jinslarining
nanog’ovaklaridagi suv -20. . . -30
0
C gacha muzlamaydi, oltin nanozarrachalarining
erish temperaturasi massiv namunanikiga nisbatan sezilarli kichik.
Keyingi yillarda ko’plab maqolalarda u yoki bu moddaning zarrachalarini
o’lchamlari uning elektrik, magnit, optik xossalariga ta’siriga oid effektiv misollar
keltirilmoqda. Masalan, rubin shihsasining rangi oltinni kolloid (mikroskopik)
zarrachalarining o’lchamlari va miqdoriga bog’liq. Oltinning kolloid eritmalari
rangning hamma turlarini – zarg’aldoqdan (zarrachaning o’lchamlari 10 nm dan kichik)
va rubindan (10-20nm) to ko’kkacha (40nm atrofida) bre oladi . Podsholik institutining
London muzeyida XIX asrda, zarrachalar o’lchamlari bilan rang o’zgarishlarini
bo’g’liqligini birinchi bo’lib topgan Maykl Faradey tomonidan olingan oltinning
kolloid eritmalari saqlanmoqda.
Sirtdagi atomlarning ulushi zarrachalar o’lchamlarining kichraya borishi bilan
tobora kattalashib boradi. Nanozarrachalar uchun hamma atomlar amalda “sirtiydir”,
shuning uchun ularning ximiyaviy faolligi juda yuqori. Shu sababga ko’ra
metallarning nanozarrachalari birlashishga intiladilar. Shu bilan birga tirik
organizmlarda (o’simliklarda, bakteriyalarda, mikroskopik zamburug’larda) metallar
ko’p hollarda nisbatan oz sondagi atomlarning birlashuvidan tashkil topgan
Dostları ilə paylaş: