moddalardir. Nanog’ovaklarning o’lchamlari 1-100 nm oraliqlarda bo’ladilar.
Nanomateriallarning o’lchamlari kichrayganida ularda turlicha ximiyaviy
elementlarni fil’trlash va sorbtsiyalash yangi xossalari paydo bo’ladilar.
G’ovakli materiallarga qiziqarli misol qilib g’ovakli kremniyni keltirish
mumkin. G’ovakli kremniy elektronikaning juda ko’p sohalarida , shu jumladan
kremniyda ko’rishli nurlar manbaalarini yaratish uchun sof kremniyda yaratish
21
mumkin bo’lmaganligidan istiqbolli hisoblanadi. Govakli kremniyni anodli o’yish
yo’li bilan olinadi. Buning uchun kremniyning monokristalini o’yuvchan
kislotaning kuchsiz eritmasi quyilgan elektroximiyaviy yacheykaga joylanadi. Musbat
elektrod - anodga ulanadi va kuchsiz o’zgarmas tok o’tkaziladi(2.4-rasm).
Vaqt o’tishi bilan elektr toki va ftor ionlari sirtni o’yadilar. kremniyning ichiga
kiruvchi vertikal g’ovaklar shakllanadilar (2.5-rasm). Qo’shni g’ovaklar kremniyning
diametri bir necha nanometrli bo’lgan ustunchalarini qoldirib birlashishlari mumkin.
O’yish jarayonini tok kuchini va ftor ionlarining kontsentratsiyasini o’zgartirib
boshqarish mumkin.
2.4-rasm. G’ovakli kremniyni 2.5-rasm. G’ovakli
anodli olish: 1-korpus, kremniyni modellini
2- kremniy plastinasi, tasvirlash
Dostları ilə paylaş: