23
Biz “atom” va “molekula” tushunchalari ostida modda quriladigan eng kichik
qurilish “g’ishtchalarini” tushunamiz. Moddani faqat g’ishtchalardan emas, balki, butun
bloklardan ham qurish mumkin ekan. Bloklar sifatida nanoklasterlar va
nanozarrachalar bo’lishlari mumkin. Nanoo’lchamli bloklardan tashkil topgan
kristalli materiallarni hajmiy nanokristalli materiallar deb ataladi.
Naonokristall materiallar g’aroyib xossalarga ega bo’lishlari mumkin ekan.
Biz bilamizki, agar material mustahkam bo’lsa, mo’rtlik xossasiga ega bo’ladi.
Nihoyatda mustahkam, ammo mo’rt materialga shishani misol qilish mumkin. Bir
qator nanokristall materiallar bir vaqtda yaxshi mustahkamlikka va plastiklikka ega
ekanlar.
Nanokristall materiallarning tengsiz g’aroyib xossalari moddani tashkil qilgan
nanozarrachalar bo’limlarining chegaralari mavjudligiga bog’liq. Bo’lim chegarasi
o’zini hajmiy moddadan farq qiluvchi alohida xossali modda kabi tutadi.
Keyingi yillarda nanokristallarni olish texnoligiyasida sezilarli yutuqlarga
erishildi. Kolloidli ximiyaning metodlaridan foydalanib nanokristall shakldagi ko’plab
moddalar, shu jumladan metallar, yarimo’tkazgichlar va magnitli materiallar olishga
muvaffaq bo’lindi. Bu sohadagi rivojlanish sezilarli darajada yarimo’kazgichlarda
oson qayd etiladigan xarakteristikalar (masalan, yorug’lik nurining intensivligi)
zarrachalarning o’lchammlariga kuchlii bog’langanligi holati bilan engillashgan. Bu
holat esa nanokristallarni ba’zi kutilmagandagi qo’llanilishini, masalan, biologik
markirovkani topishga imkon berdi. Ba’zi nanokristallarga misollar 2.8-rasmda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: