Napoleon bosqini va “German millati muqaddas Rim imperiyasi”ning qulashi


Germaniya imperiyasining 1849-yilgi Frankfurt Konstitutsiyasi



Yüklə 137,1 Kb.
səhifə6/8
tarix21.06.2023
ölçüsü137,1 Kb.
#133607
1   2   3   4   5   6   7   8
Yangi davrda Germaniya davlatchiligi

Germaniya imperiyasining 1849-yilgi Frankfurt Konstitutsiyasi


1849-yil 28-martda parlament imperiya konstitutsiyasini qabul qildi. Bu konstitutsiya burjuaziyaning siyosiy ustunlik rolini ta’minladi, bunda yunkerlarning katta ta’siri saqlanib qoldi. Konstitutsiya Germaniyaning barcha yerlarida hammasi bo‘lib 36ta german monarxini va eski davlat apparatini saqlab qolgandi. Imperiya konstitutsiyasi german xalqi hal qilishi lozim bo‘lgan inqilobiy vazifalarga javob bermas edi, chunki bu konstitutsiya Germaniyada markazlashgan demokratik respublika o‘rniga german monarxiyalari federatsiyasini barpo qilgan monarxiyachilik tartibini o‘rnatdi. Ammo konstitutsiya umumgerman markaziy hukumatini tuzish yo‘li bilan mamlakatning siyosiy tarqoqligini ancha bo‘shashtirdi.


Konstitutsiya bo‘yicha Germaniya imperator boshchiligidagi german davlatlarining federatsiyasi hisoblandi. Imperator “imperiyani va nemis huquqlarini qo‘riqlash, imperiya konstitutsiyasiga og‘ishmay va vijdonan amal qilish” haqida qasamyod qilishi lozim edi. Bunday qasamyodni faqat imperator emas, har bir imperiya amaldori ham qabul qilishi kerak edi.
Konstitutsiya federatsiya va uning subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqidagi bo‘limlar (1-2-bo‘limlar) bilan boshlanadi. Bunda ularning vakolatlari g‘oyat darajada aniqlik bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Konstitutsiya bo‘yicha Germaniya federatsiyasi tarkibiga German ittifoqi davlatlari va hududlari kirishi lozim edi. Bunda federatsiya subyektlari o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishlari kerak edi, chunki bu imperiya konstitutsiyasi bilan cheklanmagandi. Har bir federatsiya subyekti o‘z konstitutsiyasiga, boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi mumkin edi.
Konstitutsiyaning eng katta – II bo‘limida umumfederal organlarning juda ko‘p sonli vakolatlari ro‘yxati berildi.
Imperiya hokimiyatlari oldiga, avvalo, yagona diplomatik xizmat tashkil qilish va yagona tashqi siyosat o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Konstitutsiya bo‘yicha, bundan buyon faqat imperiya hokimiyati elchilar va konsullar tayinlashi, xalqaro shartnomalar tuzishi lozim edi.
Alohida nemis davlatlari boshqa nemis davlatlari bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega edilar. Ular boshqa davlatlar bilan faqat cheklangan doiradagi masalalar yuzasidan, asosan xususiy huquq bo‘yicha shartnomalar tuzishlari mumkin edi. Bunda “imperiya manfaatlariga taalluqli bo‘lgan” har qanday shartnoma imperiyaning tasdig‘idan o‘tishi lozim edi (II bo‘lim, 1-modda).
II bo‘limning 2-3-moddalari faqat imperiyaning harbiy hoki-miyatiga bag‘ishlangan bo‘lib unga ko‘ra: urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqi, birlashgan Germaniyaning hamma qurolli kuchlarini boshqarish, harbiy sohaga doir qonunlar chiqarish, urush vaqtida imperiyaning oliy qo‘mondonlarini tayinlash vakolatlari, shuningdek harbiy-dengiz floti saqlash huquqi imperiyaga tegishli bo‘ldi.
Konstitutsiyaning 4–6-moddalari yuqoridagi moddalar bilan mantiqan bog‘liq bo‘lib, umumimperiya strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dengiz, daryo, quruqlik va temiryo‘llar aloqa vositalari ustidan oliy nazorat o‘rnatilganligini nazarda tutdi.
Konstitutsiyaning 7–9-moddalari yagona iqtisodiy makon tashkil qilishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamladi. Bu moddalarga binoan bojxona, pochta-telegraf ishlariga taalluqli qonunlar chiqarish, tanga pullar zarb qilish ustidan nazoratni amalga oshirish, bank ishlarini tartibga solish va qog‘oz pullar chiqarish imperiya hokimiyatiga tegishli bo‘ldi. Shunday qilib, imperiya hokimiyati butun Germaniya uchun yagona bojxona va moneta tizimi joriy qilishi, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklarini o‘rnatishi lozim edi.

Yüklə 137,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin