KonstitutsiyaningVIbo‘limi“Germanxalqiningasosiyhuquqlari” va ularni amalga oshirish kafolatlariga bag‘ishlandi. Konstitutsiyada barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, jumladan, ularning fuqarolik, jinoiy va protsessual huquqlarining tengligi, shaxs daxlsizligi, turar joy daxlsizligi, so‘z, matbuot, yig‘ilishlar o‘tkazish, ittifoqlarga birlashish erkinligi, mulk daxlsizligi, qasamxo‘rlik sudlarining joriy qilinishi, sudyalarning almashtirilmasligi, sud ishlari yuritishning yashirin va oshkoraligi kabi demokratik tamoyillar e’lon qilindi. Bunda barcha tabaqaviy imtiyozlarning tugatilganligi, isyon ko‘tarishda ayblanib harbiy sud hukmi bo‘yicha yoki dengiz huquqi asosida o‘lim jazosi berishdan boshqa hollarda o‘lim jazosi berishning bekor qilinganligi, senzuraning tugatilganligi, feodal xarakterdagi barcha to‘lovlar va yerga oid majburiyatlar hamda mol-mulkni musodara qilishlar bekor qilinganligi va hokazolar hisobga olingan edi.
Konstitutsiya, garchi qog‘ozda qolib ketgan bo‘lsa ham ma’lum darajada progressiv ahamiyatga ega edi.
Tez orada Frankfurt milliy majlisi haydab yuborildi.
1849-yil may oyida Prussiya hukumatining tashabbusi bilan Berlinda bir nechta german davlati vakillarining konferensiyasi chaqirilib, unda Prussiya, Saksoniya va GannovYerdan iborat “Uch qirol ittifoqi” barpo qilindi. Keyin bu ittifoqqa boshqa maydaroq davlatlardan 27tasi qo‘shildi va Prussiya boshchiligida Germaniya uniyasi vujudga keldi.
Biroq bu Prussiyaning Germaniyada gegemon bo‘lishini istamagan Avstriya imperiyasining qarshiligiga uchradi va birlashish sodir bo‘lmadi. Tez orada Germaniya uniyasi tarqatib yuborildi.