Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1127 www.ares.uz olishda, jamoat ishlarida, o„z-o„zini tarbiyalash usullariga ko„nikma hosil qiladilar,
bu usullar o„quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga
undaydi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA MЕTODOLOGIYA
“Kreativlik” tushunchasi o„zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G„arb
kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik
negizida noan‟anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg„usi va
erkinlik mavjud bo„lishiga e‟tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.;
SHternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta
tug„ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997
y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g„arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi
qarashlari turlicha bo„lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va
unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Ko„pgina pedagog-
tarbiyachilar o„zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni
ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:
birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi
qanday ma‟noni anglatishini etarlicha izohlay olmaydilar;
ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan behabarlar.
NATIJALAR Talaba (o‟quvchi ) bolalarni kreativ fikrlashga o‟rgatish, ularda kreativ
tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo tarbiyachining o‟zi kreativ, ijodkor shaxs
bo‟lishi zarur. Bordi-yu, uning o‟zi kreativlik sifatlariga ega bo‟lmasa, u holda
qanday qilib, talaba (o‟quvchi ) bolalarni kreativ fikrlashga rag`batlantira oladi.
Tarbiyachining ijodkor va kreativ bo‟lishi yoki bo‟lmasligi emas, balki darslarni
ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g`oyalarni ta‟lim jarayonida sinab
ko‟rishga intilishi zarur. Darslarda tarbiyachi “kreativlik yo‟l xaritasi” ga ko‟ra
quyidagi 4 ta yo‟nalish bo‟yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning
kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi :
Ijodiy fikrlash ko‟nikmalarini namoyon etish;
Talaba (o‟quvchi ) bolalarni o‟quv fanlarini qiziqish bilan o‟zlashtirishga
rag`batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish;
Innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ
yondashish;