Darsimizni ona vatan va davlat ramlarimiz haqidagi she‟rlar bilan boshlab olamiz
Mening yurtim O‟zbekiston
O‟lkalar ichra doston
Har yeri bog‟-u bo‟ston
Men tug‟ilgan guliston
Sendir mening vatanim
O‟zbekiston gulshanim
Senda barcha tinch-omon
Yaqin yo‟lolmas yomon
Sensan millat oshyoni
Kezib topmadim dunyoni
Seningdek go‟zal bo‟ston
Men tug‟ilgan guliston
Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o'rtoqmiz.
O'ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo'lib sayraymiz.
Quchog'i bog'u bo'ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O'zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag'ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo'shig'i
Mustaqil O'zbekiston!
O'ZBEKISTON QOMUSI
O'zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog'dusi -
O'zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati -
O'zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo'rg'on,
Safarga chiqqan karvon -
O'zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o'g'il-qizi,
Tarixda cho'ng ildizi -
O'zbekiston qomusi.
O'ZBEKISTON BAYROG'I
Porlagan yurt charog'i,
El baxti, ko'z qarog'i.
Iftixori, ardog'i -
O'zbekiston bayrog'i!
Ajdodlarning orzusi,
Istiqlolning qomusi.
Hur millat or-nomusi -
O'zbekiston bayrog'i!
MADHIYAM
So'z mulkining ra'nosi,
Tengsiz mazmun-ma'nosi.
Shod dillarning sadosi -
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Tenglar ichra teng bo'lgan,
Baxtu iqboli kulgan.
Jannat bog'ida gulshan -
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
HUMO QUSHIM
Nigohlari jur'atkor,
Parvozlari shiddatkor,
Ozod elga najotkor
Humo qushim - hur qushim,
Samo qushim - nur qushim!
Qanot qoqib uchadi,
Ufqlarni quchadi,
Baxt eshigin ochadi
Humo qushim - hur qushim,
Samo qushim - nur qushim!
II:O‟tgan mavzuni mustahkamlash
Yo„nalishni to„g„ri tuzib chiqing.
Madina 14-maktabda, Ibrohim esa 37-maktabda o„qiydi. Ularning
birini tanlab, maktabga borish yo„nalishini tuzib chiqing.
• Nechanchi raqamli avtobusga minadi?
• Yo„lda qaysi bekatlarni bosib o„tadi?
• Qanday joylar yonidan o„tadi?
1. Xaritadan biror joyni ko„rsatib, partadoshingizdan bu joyga qan-day borish mumkinligini
so„rang.
Bunda bulutdan yo‟l belgilari tushadi va bolalar belgilarni ta‟riflaydilar
III:Yangi mavzu bayoni
|