12. Auditorlik tekshiruvining yakunlanishi. Auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bolimlari bo'yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi. Audit natijalarini umumlashtirish ishlari asosan quyidagilami o‘z ichiga oladi:
• ishchi hujjatlami sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlami tayyorlash;
• aniqlangan kamchiliklaming jiddiylik darajasini baholash;
• auditorlik dalillarining yetarliligini baholash;
• faoliyat ko'rsatayotgan korxona prinsipi bilan bog‘Iiq omillami baholash;
• buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
• hisobot tuzilganidan so‘ng sodir boMgan hodisalarni baholash;
• tekshiruv natijalari bo‘yicha auditoming mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
• auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazish chog‘ida asosan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar. Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo‘jalik yurituvchi subyckt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko‘rsatuvchi holatlami obyektiv baholashi zarur:
• xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga ma’lum bo‘lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolami aniqlash faktlari;
• tekshiruv uchun zarur bo‘lgan, auditorga o‘z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma'lumotlarga doir xo‘jalik muomalalari;
• mutaxassislaming hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
• inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;
• katta tafovutlaming tasdiqlanmaganligi va auditor so‘rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;
• tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko‘rsatmalar taqdim qilinmagan xo‘jalik muomalalari.
Amalga oshirilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditor auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlashi lozim. Boshqa turdagi auditorlik xizmatlari ko‘rsatilganda ham auditorlik hisoboti tayyorlanishi mumkin. Auditorlik hisobotini tayyorlash tartibi 70-son «Moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida belgilangan. Standartning maqsadi - bu amalga oshirilgan auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlashga oid yagona tartibni o‘rnatishdir.