10. Moliyaviy natijalar hisobi va auditi Moliyaviy natijalar korxona faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi koʼrsatkich boʼlib, uning miqdorida mahsulot hajmi va sifati, mahsulot turi, tannarx darajasi va boshqa bir qancha omillar taʼsir qiladi. Oʼz oʼrnida moliyaviy natija korxonaning oʼz aylanma mablagʼlariga, toʼlov qobiliyatiga taʼsirini oʼtkazadi. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi koʼrsatkich boʼlib foyda va rentabellik darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda foydaning oʼrni va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Chunki u korxona faoliyatini kengaytirish, texnikaviy rivojlanish va modernizatsiya qilishning yagona manbai boʼlib qolmoqda. Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish, uning darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash korxona faoliyatining eng asosiy vazifalaridan biri boʼlib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Moliyaviy natijalarning auditi ma'lum xususiyatlarga ega bo’lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
Moliyaviy natijalarning shakllanishi bir qancha ko’rsatkichlarga bog’liq;
Moliyaviy natija hisobot davridagi korxona faoliyatining yakuni hisoblanadi;
Korxonaning foyda bilan ishlashi yoki hisobot davrini zarar bilan yakunlanishi moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko’rsatkichlarga bеvosita bog’liq bo’ladi;
Moliyaviy natijalarga oldindan aniq bo’lmagan xavf-xatarlar, tasodifiy hodisalar o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Moliyaviy natijalar auditidan maqsad buxgaltеriya hisobida va hisobotida korxona foyda va zararlari ishonchli aks etganligi, sof foyda qonuniy taqsimlanganligi va foydalanganligini aniqlashdir.
Moliyaviy natijalarni tеkshirish uchun ma'lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Ta'sis hujjatlari, ta'sischilar majlisi bayonnomalari, buyruqlar, farmoyishlar.
2. Dastlabki hujjatlar (kirim va chikim kassa ordеrlari, to’lov qaydnomalari, chiptalar, schеtlar, to’lov topshiriqnomalari, ilova kilingan so’mdagi va valyutadagi schеtlari bo’yicha bank ko’chirmalari, sotish, foyda va zararlar, soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydadan foydalanish schеtlari bo’yicha hisob rеgistrlari (qaydnomalar, jurnalordеrlar, mashinogrammalar).
3. Bosh kitob, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, alohida soliqlar bo’yicha hisob- kitoblar va boshqalar hisoblanadi.
4. 9000-«Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari» ma'lumotlari.
5. 9100 -"Sotilgan tovarlar tannarxining schеtlari" ma'lumotlari.
6. 9200 «Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» ma'lumotlari.
7. 9300-«Asosiy faoliyatdan olingan boshka daromadlar hisobi schyotlari» ma'lumotlari.
8. 9400-«Davr xarajatlarining hisobi» ma'lumotlari.
9. 9500-«Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari» ma'lumotlari.
10. 9600-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarning schеtlari» ma'lumotlari.
11. 9700 - «Favkulotda foyda (zarar)lar hisobi schyotlari» ma'lumotlari.
12. 9800 - «Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi hisobi schyotlari» ma'lumotlari.
13. 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» ma'lumotlari.
Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobot auditida tahliliy amallarni qoʼllashda dialektik bilish usullari - analiz va sintezdan foydalaniladi. Mazkurusullar moliyaviy natijalar tarkibini tahlil qilishda, tahlil natijalarini umumlashtirishda qoʼllaniladi. Аnaliz va sintez usuli moliyaviy natijalar tahlilida birgalikda harakat qiladi. Omilli tahlil usuli moliyaviy natijalar tahlilida qoʼllaniladigan asosiy usul hisoblanadi. Chunki omilli tahlil usuli moliyaviy natija koʼrsatkichining oʼzgarishiga taʼsir qiluvchi har bir omillarni hisob-kitob qilishda foydalaniladi. Mazkur usulni qoʼllash natijasida foyda hajmini oshirish boʼyicha ichki xoʼjalik imkoniyatlarini aniqlash imkoni boʼladi.
Xoʼjalik subʼektlari moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobot auditida foyda koʼrsatkichlarini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Korxonaning sof foydasi moliyaviy natijalarning asosiy koʼrsatkichi hisoblanib, uni shakllanish jarayoni butun moliyaviy-xoʼjalik faoliyatini qamrab oladi. Bu yerda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, sotish va maʼmuriy xarajatlarni tejash, moliyaviy faoliyat natijasida ijobiy sa’doga erishish, tasodifiy foydaga muyassar boʼlish kabi bir qancha bosqichlar mujassam.