4. Joriy aktivlar hisobi va auditi Joriy aktivlar deganda ishlab chiqarish va muomala fondlarini shakllantirish uchun pul ko‘rinishida avanslashtiriladigan, doimo bir funksional shakldan boshqa shakl ko‘rinishiga o‘tadigan qiymat tushuniladi. Bu orqali mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi. Joriy aktivlar bu pul mablag‘lari ko‘rinishidagi 12 oy yoki oddiy operatsion sikl mobaynida shu ko‘rinishga keltirilishi mumkin bo‘lgan aktivlardir. Operatsion sikl deganda moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga tayyorlash va tovarlarni sotishdan olinadigan to‘lov muddati o‘rtasidagi o‘rtacha vaqt birligi tushuniladi. Me’yorlanadigan joriy aktivlar bo‘yicha zaxiralar me’yori belgilanadi, masalan, tovar moddiy zaxiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi yoki savdodagi tovarlar zaxirasi, kassadagi pul mablag‘lari me’yori, joriy investitsiyalar va boshqalar.
Subyektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lum miqdorda tovar-moddiy zaxiralariga ega bo‘lishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ulaming tarkibiga materiallar, xomashyo, ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi.
Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy zahiralar tarkibida aks ettirish;
Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;
Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o’z vaqtida aniqlash;
Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘!iq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzilmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va tavakkalchilik (risk)larni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan subyektlarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.