Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə10/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Tayatich tushunchalar: fonema; unli tovushlar, orqa qator unlilari, old qator unlilari, lablanmagan va lablangan unlilar, turkiy singarmonizm; undosh tovushlar, tovush o ‘zgarishlari.
Unlilar tizimi
Qadimgi turkiy til tovush qurilishining muhim belgilaridan biri unda unlilar hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra old va orqa qator unlilariga bo‘linadi. Old qator unlilari “ingichka”, orqa qator unlilari esa “yo‘g‘on” talafifuz qilinadi. Masalan, asïg, adag, bar-, qagan, yarlïqa-, qara- so‘zlaridagi [a] unlisi orqa qator, “yo‘g‘on” tovush sifatida talaffuz etiladi; ädgü, tärjri, birlä, bilgä so‘zlaridagi [ä] fonemasi esa old qator, “ingichka” tovush sifatida talaffuz qilinadi. Buni boshqa unlilar talaffuzida ham yaqqol kuzatish mumkin. Tovushlarning hosil bo‘lish jarayonidagi ayni hodisa fonologik xarakterga, ya’ni ma’no farqlash xususiyatiga ega: at (ot, hayvon) — ät (et, go‘sht); tïl (til, nutq) — til (nutq a’zosi); of (olov) — öt (o‘t qopchasi), bol— (bo‘lmoq) — böl— (bo‘lmak), tor (tuzoq) — tör (to‘r, yuqori o‘rin); uc— (uchmoq, olmoq) — iic (3, son). 4
Muhimi, so‘zning fonetik-fonologik tabiati ana shu unlilarga moslashadi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida old qator unlilar kelsa, keying] bo‘g‘inlarda ham oid qator unlilar qatnashadi. Yoki, teskarisi, birinchi bo‘g‘inda orqa qator unlisi qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlar unlisi ham orqa qator unlilari bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, so‘zlar “yog‘on” yoki “ingichka” talaffuz etiluvchilarga bo‘linadi.
Yodgorliklarning yozuv va fonetik xususiyatlari qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema amal qilganidan dalolat beradi. Bular: [a], [ä], [ïj, [i]> [o], [ö], [u], [ü], Bulardan:
— orqa qator, “yog‘on”, keng, lablanmagan unli;
[ä] — old qator, “ingichka”, keng, lablanmagan unli;
[ï] — orqa qator, “yog‘on”, tor, lablanmagan unli;
[i] — old qator, “ingichka”, tor, lablanmagan unli;
[o] — orqa qator, “yog‘on”, keng, lablangan unli;
[öj — old qator, “ingichka”, keng, lablangan unli;
[u] — orqa qator, “yog‘on”, tor, lablangan unli;
[ü] — old qator, “ingichka”, tor, lablangan unli.
Qadimgi turkiy tilning unlilar tizimi tovushlar qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra o'zaro qarama-qarshi juftliklarni yuzaga keltirgan: orqa qator “yog‘on” [a], [ï], [o], [u] unlilari old qator “ingichka” [ä], [i], [ö], [ü] unlilariga; keng [a], [ä], [o], [ö] unlilari tor [ï], [ij, [u], [üj unlilariga; lablanmagan [a], [ä], [ï], [i] unlilari lablangan [o], [ö], [u], [ü] unlilariga qarama-qarshi turadi.
unlisi [ä] unlisiga qarama-qarshi turadi. [a] unlisi “yog‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: at — ot, aq— oq-, as — osh, ovqat, azuq — oziq, adaq — oyoq, adgïr — ayg‘ir, qatun — xotun, malika, sarïg — sariq, yay — yoz, sayu — sari, qara — qora, ara — ora.
[ä] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: tilä— tila-, emgäk — zahmat, ertäki — burungi, eski.
[ï] unlisi [i] unlisiga qarama-qarshi turadi. [ï] unlisi “yog‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: ït — it, ïgac — daraxt, bïc— kes-, bich-, yïs — o‘rmonli tog‘, yïlqï — yilqi, sïgta — yig‘la-, qïsla- qishla-, qïzïl — qizil.
unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: ic — ich-, ilgärü — oldinga, bil— bil, tik— tik-, kir— kir-, tirig — tirik.
[o] unlisi [ö] unlisiga qarama-qarshi turadi. [o] unlisi “yog‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: ot — o‘t, olov, ton — kiyim, qon — qo‘y, yol — yo‘l, bodun — xalq.
[ö] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: öz — o‘z (olmosh), ög — ona, kök — osmon, törü — siyosat, bök- to‘ymoq, köl — ko‘l, böri — bo‘ri.
[u] unlisi [ü] unlisiga qarama-qarshi turadi. [u] unlisi “yog‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: uc — uchmoq, oimoq, ucuz — arzon, qarzsiz, uya — in, uya; avlod, ulug — ulug‘, buluq — tomon, qul — qul.
[ü] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi: kiiij — joriya, tiikäti — tugal, küc — kuch, ki'iz — kuz, yiiz — yuz, tiis— inmak, kii — ovoza, dovrug‘.
Qadimgi turkiy bitiglar tilida so‘zning boshi yoki birinchi bo‘g‘inida kelgan [ä] hozirgi o‘zbek tilida yopiq [e] ga aylanadi. Masalan: äl>el>, käl>kel, yär>yer kabi. Lekin [e] tovushining qachondan paydo bo‘lganligi xususida tugal bir xulosani aytish mushkul. Gap shundaki, eng eski davrlarga oid ko‘k turk, uyg‘ur yozuvidagi bitiglarning imlo xususiyatlari bu tovushning o‘sha kezlardayoq shakllanganidan dalolat berib turadi. Qadimgi turkiy tilda yopiq [e] unlisi mustaqil fonema emas, balki [ä] ning fonetik varianti sifatida amal qilgan: [ä]~[e],
Hozirgi o‘zbek tilidagi keng [ö] tovushining o‘rnida qadimgi turkiy tilda orqa qator, “yog‘on” [a] talaffuz qilingan: agrtq, bala, bar, tag kabi.
Muhimi, qadimgi turkiy imloda ana shu unlilar tizimini matnda berish prinsiplari puxta ishlab chiqilgan edi. Bu borada ko‘k turk, uyg'ur yozuvlarining ancha qulayligi bor. Turklar qadimgi yozuvlarni qoMlash jarayonida katta tajriba orttirgan edilar. Imlo an’analari keyinchalik ham davom etdi.
Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuvda unlilarni ifodalash uchun alifbodagi uchta harf — «alif», «vav», «ya» hamda harakatlar, turli ishoratlardan foydalanilgan.
Turkiy tildagi unlilar imlosi xususida «Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiyya» asarining muallifi shunday yozadi: «Bilgilki, turk tilida shakl yo‘q. Shakl yo‘qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo‘lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qollash usulini qabul qildilar. Ya’ni «fatha» o‘rnida «alif», «kasra» o‘rnida «ya», «zamma» o‘rnida «vav» qo‘llay boshladilar» (Attuhfa,10). «Turk tilida shakl yo‘q» deyilganda turkiy imloda unlilarni ifodalashga xizmat qiladigan harakatlar yo‘qligi nazarda tutilmoqda. Ayni yo‘l bilan imloda unlilarni to‘liq ifodalash usuli joriy etilgan.
Unlilar cho‘ziqligi
Turkiy tillarda unlilar cho‘ziqligi ikki xil ko‘rinishda amal qiladi: “birlamchi” hamda “ikkilamchi” cho‘ziqlik. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik keyingi hodisa bo‘lib, tovush o‘zgarishi, ko‘proq, so‘zdagi undoshning tushishi natijasida yuzaga keladi. Masalan: bigiz>biiz, sahar>saar, ogul>uul singari. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik shevalarda, og‘zaki nutqda tez-tez kuzatiladi.
“Birlamchi” cho‘ziqlik tovush o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan emas, turkiy tillarda azaldan bor.
Turkshunoslikda ayrim turkiy tillarda amal qilayotgan “birlamchi” cho‘ziq unlilar masalasi tugal yechimini topganicha yo‘q. Muhimi shundaki, hozirgi turkman adabiy tilida, shuningdek, o‘zbek xorazm shevalarining o‘g‘uz guruhlarida “birlamchi” etimologik cho‘ziq unlilar hozir ham amal qilmoqda. Biroq, mazkur unlilarning yuzaga kelish tarixi, yozma yodgorliklar tilida tutgan o‘mi xususida aniq-taniq xulosaga kelish mushkul.
Yozma yodgorliklar tilida “birlamchi” cho‘ziqlik ora-chora uchrab turadi. Buni matnlarda cho‘ziq unlilarning maxsus ifoda etilganligida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, uyg‘ur xatida cho‘ziqlikni ifodalash uchun ba’zan harflarni qo‘shaloq yozish hollari kuzatiladi. Masalan: yiil - yel, shamol, kiiü - dovrug1, ovoza, süii — lashkar, cherig, süülä — qo‘shin tort-, yüiiz — 100, yuul — buloq, chashma, oot — o‘t, olov, yoog — yuqori, cho‘qqi, uul — asos, yool — yo‘l.
Arab yozuvli turkiy matnlarda [a] ning cho‘ziqligini ifodalash uchun qo‘shaloq “alif’ harfidan foydalanilgan. Masalan, “Devonu lug‘atit- turk”da: a:c — och, suq, a:s — osh, ovqat, a:l — hiyla, a:w — ov.
Matnlarda lab unlilarining cho‘ziqligini ifodalashda qo‘shaloq “vav”dan foydalanilgan: ööl — ho‘l.
Ma’lumki, arab yozuvli turkiy matnlarda unlilar “alif’, “vav”, “ya” harflari yoki harakatlar bilan ifoda etilgan. Unlilarning “alif’, “vav”, “ya” harflari bilan yozilishini ba’zi olimlar cho‘ziqlikning ifodasi deb biladilar. Bu fikrga qo‘shilish qiyin. Mazkur imlo xususiyati faqat cho‘ziqlik bilan bog‘liq emas. Bunga turkiy yozuv an’anasining davomi sifatida yondashilgani ma’qul. Sababi shundaki, uyg‘ur xatida unlilar, cho‘ziq- qisqaligidan qat’i nazar, yozuvda mantazam tarzda ifoda etilavergan. Turklar arab xatini o‘zlashtirganlarida imlodagi ana shu prinsipni saqlab qoldilar. Shunga binoan, arab xati asosidagi turkiy yozuvda unlilar uchun “alif’, “vav”, “ya” harflaridan foydalaniladigan bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, yozma yodgorliklar tilida “birlamchi” cho‘ziq unlilar fonema darajasida amal qilgani dargumon. Harqalay, ular oddiy unlilarning fonetik varianti sifatida qo‘llangan ko‘rinadi.
Undoshlar tizimi
Urxun va yenisey bitiglarining yozuv, fonetik-fonologik xususiyatlari bitiglar tilida quyidagi undosh fonemalar amal qilganidan dalolat beradi:
, [p], [d], [t], [q], [k], [g], [g], [z], [s], [c], [s], [y], [1], [m], [n], [ri],
[rj], [r]-
Qadimgi turk davridayoq sharqiy turk lahjalarida (qadimgi uyg‘ur va moniy yozuvli yodgorliklar tilida) [w] va [x] fonemalari amal qila boshlagan.
[v] fonemasini Mahmud Koshg‘ariy ikki tovush sifatida talqin qilgan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni “[b] bilan [f] maxrajlari orasidagi” tovush deb ta’riflaydi (MK, I, 68). XI—XIII asrlarning arab yozuvli matnlarida ularning ikkovi mustaqil harflar bilan ifoda etilgan. Chunonchi, [w] tovushi «Devonu lug‘atit-turk»da keltirilgan turkiy misollarda, «Qutadg‘u bilig»ning arab yozuvli qo‘lyozmalarida (fe) harfi bilan berilgan.
Tub turkiy so‘zlarda [w] tovushi [v] ga qaraganda ustunlik qiladi. Masalan, QB da: küwänc, aw, suw, ew.
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal xususiyatni farqlagan: [v] bilan so‘zlash o‘g‘uz va ularga yaqin turuvchilarga, [w] bilan so‘zlash esa boshqa turklarga xos bo‘lgan. E’tiborni tortadigan yeri, devonda bir so‘zning ikki xil varianti aralash qo'llanilgan: tawar (MK, I, 137) // tavar (MK, I, 237). Bir so‘zning ikki xil talaffuz etilishi mumkinligini muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi: uvut // uwut (uyat), yalavac // yalawac (payg‘ambar), yava // yawa (tursus mevasi) (MK, I, 111).
Ko‘k turk alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf yo‘q. Muhimi shundaki, ko‘k turk bitiglari bilan deyarli oldinma-ketin yaratilgan uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli matnlarda [w~v] bilan kelgan so‘zlar ko‘k turk bitiglarida , harflari bilan yozilgan. Bu hodisa ko‘k turk alifbosidagi , harflari, o‘rni bilan, [w] tovushini ham ifoda etgan degan xulosaga olib keladi. Misollarga e’tibor bering: tabgac (tawgac) — tabg'ach, tabïsgan (tawïsgan) — tovushqon, sab (saw) — so‘z, xabar, sub (suw) — suv.
Ko‘k turk xatida harfi yo‘q. 0‘rnida faqat keladi: qatun, qagan, qan. Bu so‘zlardagi [q] arab yozuvli matnlarda [x] ga o‘zgaradi: xatun, xaqan, xan. Biroq, bu hodisani tamoman tovush o‘zgarishiga yo‘ymaslik kerak. Sababi, “Qutadg‘u bilig” asarining tilida qadimgi [q] li varianti ustivor. Masalan: qalï (agar), qalïq (osmon), yaqsï va b. Keyinchalik bu so‘zlardagi [q] tovushi [x] ga o‘zgargan: xalï, xalïq, yaxsï kabi.
XI—XIII asrlarning yozma yodgorliklarida turkiy so‘zlarda so‘z ichi va oxirida tishora [8] undoshi ham uchraydi (buning uchun arab alifbosida alohida harf ham bor. Masalan, “Qutadg‘u bilig”ning namangan nusxasida: e5gii — ezgu, boSun — xalq, qaSgu — qayg‘u, qo8— qo‘y- (fe’l) va b.
Muhimi shundaki, ko‘k turk va qadimgi uyg‘ur alifbolarida tishora [ä] tovushi uchun alohida belgi yo‘q. Arab yozuvli matnlardagi [ä] li so‘zlar ko‘k turk bitiglarida , harflari bilan yozilgan. Ushbu so‘zlardagi , harflari [d] bilan bir qatorda tishora [8] tovushini ham ifodalagan chiqar: edgü (eSgii), adïg (a8ïg), qudï (qu8ï), qadgu (qaSgu).
Tishora [8] undoshi jarangsiz [d] ga variant sifatida qo‘llanilgan [d~5].
Urxun bitiglarida hozirgidan farqli holda [ri] tovushi ham qo‘llangan (yozuvda maxsus harf yoki ikki harfbirikmasi — YN bilan ifoda etilgan).
Bu tovush quyidagi so‘zlarda keladi: Toriuquq, arïïg, qori, cïgan. Ko£k turk bitiglarida [ri] bilan kelgan so‘zlar uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida yoki arab yozuvli yodgorliklarda [y] bilan keladi: ayïg — yovuz, tuban, bema’ni, qoy, cïgay — “qashshoq, yo‘qsil”.
Qadimgi [rï] ni iMahmud Koshg‘ariy arab xatida harfi bilan keltirgan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li so‘zlarni [n] ga aylantirish dialektal xususiyatdir. So‘z o‘rtasi va oxirida kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga almashtirganlar: qoy — qon «qo‘y», cïgay — cïgan «kambag‘al», qayu — qanu «qaysi» (MK, I, 67). Bu misollarning bari ko‘k turk bitiglaridagi [n] sonor [nj ga variant sifatida ([n~ri]) qoilanganidan dalolat beradi.
tnl // [yj mosligi hozirgi o‘zbek tilida ham uchrab turadi: qanda~qayda. Yoki qadimgi [n] hozir qo‘llaydigan qanï, qanca kabi so‘zlarimizda ham saqlanib qolgan.
Uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon bitiglarida o‘zlashgan so‘zlarda sirg‘aluvchi [z] tovushi qo‘llanilgan: azun.
Sirg'aluvchi [z] tovushi arab yozuvli turkiy matnlarda harfining ustiga uch nuqta qo‘yib ifoda etilgan: azun — dunyo.
Eski turkiy til davridan boshlab arab, fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda If], [h] fonemalari ham qo‘llana boshladi.
Arab alifbosida bitilgan turkiy matnlarda arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi amal qilgan. Bunday so‘zlar arabcha matnlarda qanday yozilsa, turkiy matnlarda ham o‘shanday yozilavergan. Lekin ulardagi arab tiligagina xos bo‘lgan va arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘llanilgan sa:, ha:, da:t, za:, ‘ayn, ha tovushlari turkiy til talablariga bo‘ysungan holda talaffuz etilgan. Masalan: ‘adl — adl, ‘Ali — Ali, sana: — sano, hamd, masal — maqol.
Qadimgi turk davriga oid budda, moniy matnlarida sanskrit, sug‘d va boshqa qadimgi eroniy, tabg‘ach (xitoy) tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ham qo‘llanilgan. Muhimi shundaki, ushbu o‘zlashmalar turkiy tilning fonetik-fonologik qoidalariga, talaffuz o‘lchamlariga bo‘ysundirilgan. Masalan, moniychilar tavbanomasi “Xuastuanift”da asarning har qaysi bo‘limi m(a)nastar xirza ~ m(a)nastar qirza degan jumla bilan yakunlanadi. U “Yozug‘imizni kechirgaysan!” degan ma’noni beradi. Bu diniy formula o‘rtancha eroniy tillarida «mnastar hirz-a» shaklida bo‘lgan. 0‘zlashmalarning turkiy tilga mos holda qo‘llanilganligini boshqa shuning singari misollarda ham kuzatishimiz mumkin. Yana “Xuastuanift”dan misollar keltiramiz: p(a)duaxtag ( Tovush o‘zgarishIari
So‘z ichida unlilarning tushishi. So‘zning qo‘shimcha olishi natijasida oradagi unli tushirilishi mumkin: oglan — o‘g‘illar // [m] hodisasi. Hozirgi o‘zbek tilida [m] bilan keladigan so‘zlar urxun bitiglarida [b] bilan kelgan. [b] bilan barobar, qadimgi turkiy tilning boshqa bir shevalarida [m] lashish ham amal qilgan. Ko‘k turk bitiglaridagi [b] uyg'ur yozuvli budda, moniy yodgorliklarida [m] ga o‘zgaradi: bäijü // mäijgii — mangu; buij // muij — mung; bïrpbii] // mil] — ming; bän // män — men; bin- //min— min-.
[d~ä] > [y] // [g] hodisasi. Qadimgi turkiy tilga [d] lashish xos; [y] yoki [g] lashish nisbatan oz uchraydi. Hozirgi o‘zbek tilida [y] yoki [g] bilan keladigan so‘zlar qadimgi yodgorliklarda [d] bilan aytilgan. XI— XII asrlarda [d] bilan yonma-yon uning [5] varianti ham qo llanilgan. Qadimgi [d] li so‘zlar “chig‘atoy turkiysi” davridan boshlab [y] yoki [g] ga o‘zgara boshladi: qadimgi turk.: qadïn~qaSïn — hozirgi o‘zb.: qayïn; qadimgi turk.: kedim~ke5im — hozirgi o‘zb.: kiyim; qadimgi turk.: qodï~qo8ï — hozirgi o‘zb.: quyf; qadimgi turk.: adïg~a8ïg — hozirgi o‘zb.: ayïq; qadimgi turk.: bedüg~be8üg — hozirgi o‘zb.: biiyük; qadimgi turk.: bod~bo8 — hozirgi o‘zb.: boy; qadimgi turk.: ud~uS — hozirgi qirg‘.: uy (sigir). Qiyoslang, eski o‘zb.: uy yïlï — sigir yili.
Hozirgi o‘zbek tili [y] lashgan til sanaladi, shunga qaramay, qadimgi [d] li shakli ham saqlanib qolgan. Masalan, MK da: qudu8~qu8ug — hozirgi turk.: quyu, o‘zb.: quduq (lekin qudï emas, qujli). Yana qiyoslang, hozirgi o‘zb.: idis yoki idis-ayaq.
[ri] > [y] hodisasi. Ushbu hodisaga ko‘ra qadimgi lurkiy yodgorliklarni ikki guruhga ajratish mumkin: ko‘k turk yozuvidagi urxun bitiglari tili [ri] lashish hodisasi amal qilgan. Urxun bitiglarida//* [ri] li so‘zlar uyg‘ur yozuvidagi moniy, budda matnlarida [y] ga o‘zgaradi.
anïg~anyïg~anïg > ayïg — yovuz; cïgarï > cïgay — qashshoq; qariu > qayu — qaysi; qïtarï > qïtay — xitoy ; qori~qoyn~qon > qoy — qo'y.
So‘z boshidagi [0] // [y] hodisasi.
ïgla- // yïgla- yig‘la-; ïr // yïr — yir, qo‘shiq; ig // yig — kasallik; inckä // yinckä — ingichka; iriij // yiriq — yiring; ir // yir — shimol (qutb).
So‘z boshida unlidan oldin [h] yoki [x] ning orttirilishi. Mahmud Koshg'ariyning yozishicha, so‘z boshida unlidan oldin [h] tovushi orttirib so‘zlash xo‘tanlilar va kanjaklar tiliga xos edi: ular ana ni hana, ata ni hata deganlar (MK, I, 68). Bu hodisa hozirgi o‘zbek tilida ham uchraydi: “ingichka” talaffuzli so‘zlarda |h], “yog‘on” talaffuz qilinuvchi so'zlarda esa [x] tovushi orttiriladi: qadimgi turk.: ökiiz — hozirgi o‘zb.: höküz; qadimgi turk.: öl — hozirgi o‘zb.: höl; qadimgi turk.: iirk — hozirgi o‘zb.: hürk; qadimgi turk.: awuc — hozirgi o‘zb.: xawuc.
Tovushlarning o‘rin almashinuv (metateza) hodisasi. Qadimgi turk.: yagmur (yag — “yog‘moq” so‘zidan) — eski o‘zb.: yamgur — hozirgi o‘zb.: yamgïr. Yoki, qadimgi turk.: ögret (ög — “aql” so‘zidan) — hozirgi turk.: ögret (talaffuzi: öyret) — o‘zb.: örgät.
Hozirgi o‘zbekchadagi quyidagi so‘zlar ham tovushlarning o‘rin almashinuv hodisasi tufayli hosil bo‘lgan: gam cek-. Bu o‘rinda cek— fe’li kec- ning o‘zgargan shaklidir. Yoki yana: paypoq (
Singarmonizm
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tilida singarmonizm temir qonun sifatida amal qiladi. Qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishi, morfo- fonologik tizimi ana shu qonunga bo‘ysunadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin