Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

MCMeHHOCTb TIOPKOB” (M.— JI.: 1952), “naMflTHHKH apeBHeTIOpKC- koh nncbMeHHocTH MoHrojiHH h KMpni3Mn” (M..—1.: 1959) kitoblari katta hissa bo‘lib qo‘shilganini alohida takidlash darkor. S. Y. Malov bu kitoblarida faqat bitigtoshlarning deshifrovkasi va til xususiyatlariga e’tibor berib qolmasdan, turkiy-run yozuvlari paleografïyasiga ham diqqat qaratdi. Uning nashrlari hanuzgacha o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q.
Tiirkiy-run aiifbosining ildizlari
Yevropada bu alifboning kelib chiqishi to‘g‘risida ilk bor fransuz turkologi O. Donner so‘z yuritgan edi. O. Donner urxun alifbosi bilan boshqa alifbolar, xususan, yenisey alifbosi o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlik to‘g‘risida o‘z qarashlarini ilgari surib, yunon, Kichik Osiyo yozuvlari alifbosi o‘rtasidagi genetik aloqalarni aniqlashga harakat qildi.38 Tomson esa O. Donnerning fikriga quyidagicha munosabat bildirgan edi: “Unutmaslik kerakki, yozuvlarimizning davri bilan o‘sha yozuvlarning davri orasida ming va undan ortiq yillar bor. Bu tur o‘xshashliklarning odatda somon olovi singari yaltiroq, ammo o‘tkinchi bo‘lganini ham qabul etmoq kerak. Bunday ishoratlar chinakam boshqa yoilar bilan aniqlangandan keyin boshqa alifbolar bilan qilinadigan qiyoslash yozuvning ildizini fopish uchun asos bo‘la oladi. Buning ustiga, yenisey yozuvlarini hozircha bir chetga qo‘yib, awalo faqat Urxun yozuvlari bilan mashg‘ul bo‘lish juda to‘g‘ridir. Zero, Yenisey yozuvlari alohida qiyinchiliklar paydo qilmoqda va ko‘p shubhalarga sabab bo‘lmoqdaki, bu yozuvga hozir to‘xalganimizda ham aslo yechilmasligini e’tirof etaman”39.
Ba’zilar turkiy-run alifbosi ildizini eski german-run yozuvlaridan qidirganlarida, bu yozuv Shimoliy Sibir orqali Yevropadan kelgan, degan fikrni bildirdilar. Ammo Yevropaning run yozuvlari bilan turkiy-run yozuvlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar ham o‘z isbotini topmadi. V. Tomson esa turkiy-run yozuvining kelib chiqishini Eron imperiyasi hududida qo‘llangan oromiy alifbosi bilan bogiaydi. Birinchi navbatda, turkiy- run yozuvining o‘ngdan chapga qarata yozilgani, ikkinchidan, harflarning shakliy o'xshashligi va harflarning tovush ifodasidagi birlik ham shu fikrga asos boMgan. ’ V. Tomson turkiy-run yozuvining paydo boigan davrini VI asr o‘rtalariga olib kelib bog‘laydi. Albatta, V. Tomson bu fikrni XIX asr oxirida qo‘lga kiritilgan bir qism turkiy-run yozuvlariga va Markaziy Osiyo tarixi g‘ira-shira yoritilgan tarixiy asarlarga tayangan holda aytgan edi. XX asrda, ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida lurkologiyada erishilgan yutuqlar yangicha qarashlarni ilgari surdi. V. Tomsonning yenisey yozuviga nisbatan ilk qarashi, ya’ni yenisey yozuvi oldin paydo bo‘lgan degan fikri XX asrda urxun va yenisey alifbosini mustaqil paydo bo‘lgan alifbolar sifatida qarashga asos bo‘ldi.
Yevropa run yozuvlari ham XVIII asrda kashf qilindi. 1799-yili Nad- Sent-Mikloshda “noma’lum” yozuv belgilari o‘yib bitilgan idishlar xazinasi topildi. Shuningdek, yuz yildan keyin — 1899-yili Don daryosi bo‘yidagi Mayatsk shahridan toshlarga bitilgan yozuv topildi. Shu munosabat bilan Yevropa run yozuvlari alohida yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. Yuqorida aytilgan Achchiqtosh (Talas vodiysida) yozuvi ham shu yillari — 1896-yili topilgan edi.
Shunday qilib, Yevropa, Janubiy Sibir, Markaziy va 0‘rta Osiyo hududlaridan topilgan “noma’lum” yozuvlarga nisbatan “run ” yozuvi degan termin qo‘llana boshlandi. XX asr davomida Vengriya, Bolgariya, Ruminiya, Rossiyaning Yevropa qismidan, Shimoliy Kavkazdan, 0‘rta Osiyodan topilgan ko‘plab run yozuvlarini ham turkologlar urxun-yenisey yozuvi tizimida o‘qishga harakat qildilar. Bu o‘lkalardan topilgan run yozuvlarini turkiy yozuvi sifatida qarab talqin qilishga Nad-Sent- Mikloshdan topilgan turkiy-run yozuvi asos qilib olindi. Ammo yuqorida nomlari aytilgan mamlakatlardan topilgan run yozuvlari turkiy yozuv, ya’ni urxun-yenisey yozuvi tizimidagi yozuv ekani to‘g‘risida bir qaroiga kelish uchun hozir ishlar olib borilmoqda.
Turkiy-run yozuvlarini guruhlashda faqat hududiy chegaralashning o‘zi kifoya qilmaydi. XX asr so‘ngida olib borilgan paleografik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Yevroosiyo hududida mustaqil uch turdagi shartli ravishda runiy deb nomlanadigan alifbo mavjud bo‘lgan edi. Bular quyidagilardir: 1. Tis (Nad-Sent-Miklosh) yozuvi alifbosi. 2. Yevroosiyo guruhi (Don, Kuban, Achchiqtosh, Isfara, Janubiy Yenisey) alifbosi.
Osiyo guruhi alifbosi (enisey, urxun, talas alifbosi).
Har bir guruhdagi turkiy-run yozuvining alifbosida keskin farqlar bor. Yevroosiyo va Tis yozuvi alifbolari aniqlangan va deshifrovka qilingan deb bo‘lmaydi. Har ikki guruh yozuvi alifbosining shu paytgacha qilingan deshifrovkasiga oid urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan edi. Shu bois har ikki guruhdagi yozuv alifbosiga yangicha tamoyillar orqali yondashuv kerak bo‘ladi. Bu tamoyillarni ishlab chiqish va turkiy-run yozuvlari ustida olib boriladigan tadqiqotlarga
tatbiq qilish uchun quyidagilarni bilish lozim:
Turkiy-run yozuvlari fïlologlarning ham, tarixchilarning ham o‘rganish obyektidir. Bu yozuvlar epigrafikada — tarix va fllologiya o‘rtasidagi alohida yordamchi fan sohasida o‘rganiladi. Filolog mutaxassislar tadqiqot obyekti uchun epigrafika mutaxassisining natijalarini oladi.
XX asrning oxirlarida turkiy runologiya degan alohida soha paydo bo‘ldi. Turkiy runologiya — faqat fllologiya degani emas, balki alohida fan sohasi bo‘lib, ko‘proq epigrafikaga, qisman arxeografiyaga aloqador.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, runiy epigrafika — yordamchi fan sohasidir, deb e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Faqat runiy epigrafika tilshunoslar tadqiqoti uchun mustahkam zamin yaratib beradi. Shuning uchun qadimgi turkiy-run yozma yodgorliklari bilan shug‘ullanadigan turkologlar epigrafikadan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Epigrafika bilan shug'ullanuvchi mutaxassisda arxeologga xos malaka, filologik bilim asoslari bo‘lishi lozim. Bularsiz matnni o‘qib tushunish, mahalliy tarixga oid tasawurlarni aniq va batafsil sharhlash mumkin emas.
Turkiy runologiya bilan shug'ullanuvchi filolog, yuqoridagilardan tashqari, yozma yodgorliklar alifbosining paleografik jihatdan farqlarini ham bilishlari lozim. Biz bu sohani shartli ravishda runiy paleograftya deb ataymiz.
Paleografiya zamonlar o‘tishi bilan harfiy belgilarning o‘zgarishini o‘rganish bilan shug‘ullanib qolmaydi, balki yozuvning kelib chiqishini, yozuv tarkibining o‘zgarishlarini aniqlash, yozuvning zamon va makonda tarqalishi, yozuv materiali va qurollarini, yozuv maktablari, umuman yozuv madaniyatiga oid barcha detallarni tadqiq etish bilan ham shug‘ullanadi.
Yuqoridagi uchta guruhga mansub mustaqil turkiy-run alifbo to‘g‘risida so‘z yuritildi. Paleografik tadqiqotlar tufayli yozuvning uchta mustaqil turi aniqlandi. Ammo Farg‘ona vodiysidan topilgan turkiy- run yozuvlarining bir qismi Yevroosiyo turkiy-run yozuvi guruhiga kiritilgan (jumladan, Isfara yozuvi), bir qismi Osiyo guruhi turkiy-run yozuviga mansub (Quva yozuvlari). Ba’zi yozuv belgilari (masalan, Pop yozuvi)da Isfara yozuvining paleografik xususiyatlari bor. Shuning uchun 0‘zbekistondan topilgan turkiy-run yozuvlari alohida — to‘rtinchi alifbodagi turkiy-run yozuvlari sifatida qarashni talab etadi. Yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, Yevroosiyo va Osiyo guruhiga mansub turkiy-run alifbosining ildizlari aynan 0‘rta Osiyo hududidan boshlan- ganini ko‘rsatadi. Agar turkiy-run yozuvining paleografik xususiyatlariga e’tibor qaratsak, mazkur yozuvlarning qo‘llanishida etnik jarayon asos bo‘lgan ko‘rinadi.
Runiy paleografiyaning o‘rganish obyektlaridan yana biri yozuvning yo‘nalishiga qat’iy rioya qilingani va yozma yodgorliklarda tamg‘alaming qaysi o‘rinda qo‘llanganidir. Yenisey yozuv yodgorliklarida tamg‘a — toshning quyisida, urxun yodgorliklarida — yuqorisida qo‘yilgan. Yenisey yodgorliklarida qatorlar quyidan yuqoriga qarab yozilgan. Mana shu xususiyatlar Turk xoqonligida va undan keyingi qirg‘iz (xakas) xoqonligida qoida tusini olgan. Yozma yodgorliklardagi mazkur qoidaga asoslanib, Osiyo va Yevropaning boshqa turkiy-run yozuvlarining qaysi hududda yaratilganini aniqlash mumkin. Shundan keyingina yozuvni deshifrovka qilishga kirishsa bo‘ladi.
Ba’zi tamg‘alar yozuvsiz, alohida ham qo‘llangan. Masalan, Quvadan topilgan xumda tamg‘aning o‘zi bor, xolos40.
Quyida har bir guruh yozuv alifbosini ko‘rib chiqamiz. Turkiy-run yozuvlarining guruhlarga bo‘linishi ular o‘rtasida genetik aloqa yo‘q degani emas. Turkiy-run yozuvi boshqa hududga ko‘chib o‘tgach, alifboda keskin o‘zgarishlar paydo bo‘lganini, bu o‘zgarishlar ma’lum qavmlardagi madaniy sharoitlar hisobiga bo‘lganini nazarda tutish kerak.
Tis (Nad-Sent-Miklosh) guruhi alifbosi
Tis degan nom Vengriyada yozuvlar topilgan joydagi daryoning nomidan olingan. 1799-yili Vengriyaning Torontal hududidagi Nad- Sent-Miklosh qishlog‘idan 23 ta oltin xum topildi. Xumlarga yozuvlar bitilgan, naqshlar, ov sahnalari, afsonaviy hayvonlaming suratlari o‘yilgan. Idishlardagi ba’zi yozuvlar tirnab bitilgan, ba’zilariga qattiq jism bilan o‘yib bitilgan. Xumning naqshlaridan bu yozuvlarni ajratish qiyin. Oltin xumlardagi yozuvlarni Yozef Xaltel birin-ketin izchillikda tavsiflab bergan. Mazkur xazinani ko‘p tadqiqotchilar Attila nomi bilan bog‘laydilar. Xumga solingan chavandoz suratini ham Attila deb taxmin qiladilar.
Ayrim xumlarda yozuv yo‘q, xumlarda tasvirlangan suratlar takrorlangan, xolos. Masalan, Yozef Xaltel birinchi raqamli deb belgilagan xumda yozuv bitilmagan. Qolganlarida yozuv bor. Nad-Sent-Miklosh yozuvining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yozuvdagi belgilar boshqa guruhdagi yozuvlarda ham bor. Quyida beshinchi xumdagi yozuvga murojaat etaylik. Yozuv urxun yozuvlari singari an’anaviy tarzda o‘ngdan chapga qarab o‘qiladi. Mazkur yozuvning o‘qilishi quyidagicha:
-/zVi
'Vp

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin