Qadimgi turkiy tilda morfemaga ajratish printsiplariga tavsif bering. Morfologik usul bilan so ‘z yasalishiga misollar keltiring. Qadimgi turkiy tilda qo'shma so'zlar hosil bo‘lish qonuniyatlari qanday? Misollar keltirib, izohlang. So ‘zlami juftlash orqali yangi so ‘z yasash usullarini sharhlab, misollar keltiring. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga oid so ‘zlarning o'ziga xos belgilari va kategoriyalarini aytib bering. Qadimgi turkiy tilda vosita kelishigi qanday hosil bo ‘ladi? Qadimgi turkiy tildagi son so ‘z turkiimining hozirgi turkiy tillardan farqi qaysi jihatlarda koYmadi? Qadimgi turkiy tildagi fe’l so‘z turkumining hozirgi turkiy tillardagi fe’l so‘z turkumidan farqi qaysi jihatlarda ko 'rinadi ? Qadimgi turkiy tildagi ko ‘make hi va to'Uqsizfe’llarningfarqini aytib bering. Qadimgi turkiy tildagi yordamchi so‘zlarning o‘ziga xosjihatlari va hozirgi turkiy tillardagidan farqli jihatlarini ayting.
OLTINCHI BO‘LIM QADIMGI TURKIY TILNING SINTAKTIK- STILISTIK XUSUSIYATLARI Tayanch tiishunchalar: so ‘z birikmasi, gap, tobe so ‘z, hokim so ‘z, ergash gap, bosh gap, fe’l kesim, ot kesim, ergashtiruvchi bogiovchi, nutq fe’llari, sintaktik qurilish, kesimlik ko ‘rsatkichi. Har qanday nutq faoliyati gap hosil qilishdan iborat. Nutq jarayonida so‘zlovchining ongida bir necha tasavvurlar jami bogianadi, shuningdek, tinglovchining ongida ham o‘sha tasavvurlarning bog‘lanishini qo‘zg‘atiladi. Ana shu tasavvurlar va ularning ifodasi ramzi gapdir.
Qadimgi turkiy tildagi so‘z birikmalari mazmun munosabatlariga ko‘ra uch turga boiinadi: aniqlovchili, obyektli, subyektli.48