ti- // tä- ... a siilälim... , tädim (Ton, 23) —■ (Unga) hujum qilaylik, dedim. Turk sir bodun yärintä idi yorïmazun, usar, idi yoq qïsalïm tir-män (Ton, 11 — 12) — Turk sir xalqi yerida ega yurmasin. Uddalansa, egasini yo‘q qilaylik, derman.
Misollardan ko‘rinadiki, bu fei ma’lum shakllarda muallif nutqini yetkazishda gaplarni bir-biriga bogiaydi. Yana misollarga murojaat qilaylik: . Ol sabïg äsidip, qaganïm: Bän äbgärü tiisäyin, tädi (Ton, 30)
Bu so‘zni eshitib, xoqonim: “Men uyga tushayin”, dedi. Ol sabïg äsidip, qagangaru ol sabïg ït(t)ïm: Qantayïn sabïg yana kälti, olururj, täyin tämis (Ton, 33—34) — Bu so‘zni eshitib, xoqonga bu so‘zni yubordim: “Qanday qilay?” (Uni) so‘zi qaytib keldi: “0‘tiring”, deb aytgan emish.
Misollardan ma’lum bo‘lishicha, muallif nutqini yetkazish uchun, xuddi hozirgi turkiy tillardagidek, o‘ziga xos konstruksiya qo‘llangan: muallif gapi keltirilgan misollarda ega (qapanïm) va kesim (tädï) o‘rtasida qo‘llangan, tädi bu o‘rinda ergash gapning kesimidir.
Qo‘shma gapning ergash gap qismiga logik urg‘u tushsa, u birinchi o‘ringa chiqadi. Bunday paytda ohangni kuchaytirish maqsadida ança so‘zi qo‘llanadi: Täyri anca tämis ärinc: Qan bärJim (Ton, 2) — Tangri shunday degan shekilli: “Xon berdim”.
Muallif nutqini yetkazish uchun yana boshqa konstruksiya qo‘llanadi. Bu konstruksiyaning xususiyati shundan iboratki, muallif nutqi, ya’ni qo‘shma gapning ergash gap qismi tä- fe’lining ikki shakli orasida qo‘llanadi va bu konstruksiyalar qadimgi turkiy til uchun odatdagi mezon hisoblanadi: Tiirgäs qagan anca tcimis: Bänim bodunum anta ärir, tämis, Turk bodun yämä bulganc-ol, tcimis. Oguzï yämä tarqanc-ol, tämis (Ton, 21—22) — Turgash xoqoni shunday debdi: «Mening xalqim o‘sha yerdadir, debdi». Turk xalqi ham sarosimadadir»,
debdi. “0‘g‘uzi ham tarqoqdir”, — debdi. Ban anca tärmän, ban bilga Tonuquq: Altun yïsïg asa kältimiz... tädi (Ton, 37) — Men shunday deyman —men, dono To‘nyuquq: Oltin yishni oshib keldik... dedi.
Qadimgi turkiy tilda antagh, antäg so‘zi muallif nutqini olib kirish uchun qo‘llanadi. Bunday holda muallif nutqi ti- fe’li shakllari bilan tugaydi: Köriigsabï antag: Toquz oguz bodun iizä qagan olurtï, tir (Ton, 9) — Ko‘ruvchining xabari shunday: “To‘quz o‘g‘uz xalqi ustidan (bir) xoqon taxtga o‘tirdi”, — der. Tiirgäs qaganta körüg kälti, sabï an-täg: Öijdän qagangaru sii yorïlïm, tämis (Ton, 29) — Turgash xoqondan (sir bilish uchun jo‘natilgan) ko‘ruvchi keldi. (Keltirgan) xabari shunday: “Sharqdan xoqonga lashkar yo‘llaylik”, — debdi. Tïlïg kälürti, sabï antag: Yarïs yaz.ïda on tiimän sü tärilti, tär (Ton, 36) — Til (asir)ni tutib keltirdi, (uning) so‘zi shunday: “Yaris dashtida o‘n tuman lashkar tixilgan”, — debdi.
Ammo ayrim gaplarda muallif gapining kesimi vazifasida antagh, ança so‘zlar qo‘llanmaydi, ammo ko‘chirma gap qo‘llanaveradi. Bu so'zlaming muallif nutqida qo‘llanmasligi og‘zaki nutq xususiyatlarining qadimgi turkiy tildagi matnlarda aks etishi bilan bog'liq. Shuning uchun so‘zlar vazifasini ohang bajaradi: Üc körüg kisi kälti, sabï bir: qaganï sii iusïqdï, on oq siisi qalïsïz tasiqdï, tär (Ton, 33) — Uch ayg‘oqchi odam keldi, so‘zi bir: “Xoqoni lashkar bilan maydonga chiqdi, o‘n o‘q lashkari bekamu ko‘st maydonga chiqdi”, — der.
ay- “ayt(moq)” feii. Bu fe’l muallif nutqini bevosita yetkazishda ishlatiladi va ta— fe’li ham qoilanadi: Bilgä Tonuquqa — bäijä aydï: Bu sügält, tädi, aqï yanïp köijlürjcä ay, ban säijä nä ayayïn, tädi (Ton, 32) — Bilga To‘nyuquqqa — menga aytdi: “Bu lashkami elt, — dedi.
Saxiyligu qattiqqoilikni ko‘nglingga qarab qil, men senga nima ham derdim”, — dedi.