His-tuyg‘u ma’nosini ifodalovchi fe’llar. Ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi ti- feiidan tashqari, saqin— (o‘ylamoq, g‘amga botmoq, afsuslanmoq); ögläsh- (maslahatlashmoq, fikr yuritmoq); ötün- (iltimos qilmoq, so‘ramoq); öglä— (maslahat bermoq, xabardor qilmoq) kabi nutq feilari orqali ham ifodalanadi.
saqin- “o‘ylamoq, fikr yuritmoq” fe’li. Saqïntïm, turuq buqalï sämiz buqalï arqda bilsär, sämiz buqa, turuq buqa täyin bilmäz ärmis, täyin anca saqïntïm (Ton, 5—6) — (So‘ng) o‘ylab qoldim: “(Birov) ozgin buqa bilan semiz buqani tezagidan bilsa, (birov bu) semiz buqa, (bu) turuq buqa deya bilmas emish [ya’ni semiz buqa bilan ozgin buqani ajratolmas ekan]”, — deb shunday o‘yladim.
ötiin- (iltimos qilmoq, yolvormoq, so‘ramoq): Anta ötrii qaganïma ötiintim, anca ötiintim: Tabgac, oguz, qïtan, bu ücägü qabasar, qaltacï- biz, oz, ici tagïn tutmïs-tüg-biz... anca ötüntim (Ton, 12—14) — Shundan keyin xoqonimga o‘tindim. Shunday o‘tindim: “Tabg‘ach, o‘g‘uz, qitan bu uchovi qamal qilsa, (13) (qurshovda) qolajakmiz, (xuddi) vujudning ichu tashini tutgandek boiamiz... shunday o'tindim.
Ikkala konstruksiya shunisi bilan diqqatga sazovorki, birinchisi saqïntïm fei kesim bilan boshlanadi va saqïntïm fe’li bilan tugaydi. Ikkinchisi ötiintim fe’li bilan boshlanib, shu fei bilan tugaydi. Har ikki konstruksiya ham xuddi “qolip konstruksiya”ga o‘xshaydi.
His-tuyg‘u ma’nosini ifodalovchi fe’llar nutq feilari bilan birga “qolip konstruksiya”ni hosil qiladi. Olyolim yorïsar, unc tädim, saqintim, qaganïma ötïmtim, sü yorïtdïm, atlat, tädim (Ton, 24—25) — “Olsha yoi bilan yurilsa, ma’qul”, — dedim, shunday xayol qildim. Xoqonimga o‘tindim, lashkami yoiga soldim, “ot sol!” — dedim.
ögläs- (maslahatlashmoq, muhokama qilmoq, hukm qilmoq) feii: Ol iic qagan ögläsip Altun yïs iizä qabasalïm timis, anca ögläsmis, öijrä tiirk qagangaru sülälim, timis (Ton, 20) — 0‘sha uch xoqon fikrlashib: “Altun yish uzra bostirib boraylik”, — debdi, shunday
fïkrlashibdi. — “Sharqqa — turk xoqoniga lashkar tortaylik”, — debdi.
Mazkur misolda ögläs- fe’li muallif nutqini bevosita olib kiradi, ti- feii esa tugallaydi. Bu va yuqorida keltirilgan misollar shuni tasdiqlaydiki, “qolip konstruksiya” muallif nutqini bevosita yetkazishda qadimgi turkiy til uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Qadimgi turkiy tilning sintaktik qurilishiga xos xususiyatlardan yana biri ajratilgan bo‘iaklaming qo‘llanishidir.
Ega ajratiladi. Ajratilgan ega To‘nyuquq yodnomasida uchraydi: Tiirk bilgä qaghan ilinga bititdim ban bilgä Tonyuquq (Ton. 58) — Turk dono xoqon davlatida (bu yodgorlikni) yozdirdim men — dono Tonyuquq. To‘ldiruvchi ajratiladi: Ol äki kisi barärsär, säni tabgacïg ölürtäci tir-män, örjrä qïtanïg ölürtäci tir-män, bäni oguzug öliirtcici-ök tir-män (Ton, 10—11) — 0‘sha ikki kishi bor bo‘lsa, seni— Tabg‘achni o‘ldiradi, deyman, sharqda qitaniyni o‘ldiradi, deyman, meni — o‘g‘uzni o‘ldiradi-yov, deyman. Bilgä Tonuquqa — bin]a aydï (Ton, 31) — (U) dono To'nyuquqqa — menga aytdi.
Qadimgi turkiy yodgorliklarning sintaktik qurilishini kuzatish shuni ko'rsatadiki, mualliflar har qanday fikrni ixcham, ma’noli tarzda yetkazish uchun o‘ziga xos vositalarni topganlar. Keltirilgan sintaktik konstruksiyalar hozirgi turkiy tillardagi bir qator sintaktik hodisalarni tushunish va izohlash uchun ham qulaylik tug‘diradi.
Barcha qadimgi turkiy yodgorliklarning sintaktik qurilishi bir xil emas. Urxun yodgorliklari orasida matnning sintaktik qurilishi uslubning farqlanishiga olib keladi. Ayni paytda “Oltin yoruq”ning sintaktik xususiyatlari urxun yodgorliklarinikidan tamomila farq qiladi. Birinchidan, “Oltin yorug1” tilida sifatdosh va ravishdosh oborotlari ko‘p qoilanadi: Tinligh atqaqligh täng köngül ärsär, qlti ämgäksiz mängisiz tinlighlar üzä biliksiz saqinçin kitärip, ämgäklig tinlighlar üzä öwkä saqinçin kitärip, mängilig tinlighlar üzä azlanmaq saqinçin kitärip qamaghuni birtäk täng tüz alqu ämgäklärintin ozghurghali kösämäk ärür (Oy, IV, 33b) — Jonzotga bogiangan (va) teng (ko‘radigan) qalb esa quyidagichadir: azobsiz (va) shod boimagan jonzotlarda aqlsiz o‘yga barham berib, azob tortuvchi jonzotlarda g‘azabli o'ylarga barham berib, shod jonzotlarda ochko‘zlik o‘ylariga barham berib, hammasini birday jamiki azoblaridan xalos qilishni ko‘zlaydi.
Inversiya hodisasi emotsional nutq jarayonida hosil boiadi:
... anin m(ä)n qiltim ärsär, qamagh ayigh qilinçlarigh. Yawiz yawlaq
kishilärkä yaqin barip, köni qiyirghaq köngülnüng tölüki oghurinta yoq çighay bolup, täwkür tiltaghinta anin m(ä)n qiltim ärsär, qamagh ayigh qilinçlarigh suylarigh. (Ädgü)lärig qilghali taplamasar m(ä)n... inçip qorqinç ayinç tiltagh (inta) ötkürü azu y(ä)mä ärksiz ... nom oghurinta ... m(ä)n qiltin ärsär ... qamagh ayigh qilinçlarigh. Azu qorqu yinig köngül tiltaghinta azu y(ä)mä öwkä qaqigh üçkäk oghurinta ulati açmaq suwsamaq ämgäkkä siqilip anin m(ä)n qiltim ärsär, qamagh ayigh qilinçlarigh. Ash içkü ton kädim tiltaghinta, azu y(ä)mä tishi tinlighqa budulmaq yapshinmaq oghurinta nizwaniligh oot üzä örtänip anin m(ä)n qiltim ärsär, qamagh ayigh qilinçlarigh (Oy, II, 34b) — ... bularni men qilgan edim — jamiki yomon qilmishlarni! Yovuz, yomon odamlarga yaqin borib, to‘g‘ri, g‘arib ko‘ngulning qudrati tufayli kambag‘al, qashshoq bo'ldim, yolg‘on sababidan buni men qilgan edim — hamma yovuz qilmishlarni, gunohlarni! (Yaxshi ish)larni qilishni ma’qullamasdan, men... shu tariqa vahimayu qo‘rquv sababidan zaiflashtirdim yoki yana kuchsizlantirdim (soxta) nom tufayli... men qilgan edim jamiki yomon qilmishlarni! Yoki qo‘rquv, ojiz ko‘ngil tufayli, yo yana g‘azabu jahl (qilish), adovat (saqlash) tufayli, yana ochqash, chanqash azobiga yo‘liqtirdim, bularni men qilgan edim — jamiki yomon qilmishlarni! Ovqat yeb, (kiyim) kiyish sababidan, yoki yana ayol zotiga yopishmoq, unga ilakishmoq tufayli kuchli hissiyot alangasida kuydim, buni men qilgan edim — jamiki yomon qilmishlarni!
Qadimgi turkiy tilda, xususan “Oltin yorug‘”da shunday gap turlari uchraydiki, bu konstruksiyalarni inversiya hodisasi bilan izohlashning o‘zi kifoya qilmaydi. Bunday vaziyatda grammatik ega va kesim bilan psixologik ega va kesim vaziyatini nazarda tutish lozim. Grammatik me’yor bilan psixologik me’yor o‘rtasidagi munosabat gapning bosh bo‘laklari qaysi so‘z turkumiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Bunday gap turi ega va kesim ot turkumi orqali ifodalangan yoyiq gaplarga aloqador. Gap boshidagi grammatik kesim doimo psixologik egadir. Qayular o/bish tip tisär... (Oy, IV, 24b) — “Qaysilar o‘sha beshovi?” deb so‘rasalar... ; Bu ärür burxanlarqa budistwlarqa biitmish ishlig bilgälärkä irmädin uzati yaqin tapinmaqqa tayanip bilgä bilik bramitigh bütürmäk (Oy, IV, 25b) — Shudir burxonlarga, bo‘disatvlarga ishongan do‘st-u donishmandlarni ta’qib qilmasdan, uzoq (vaqt) yaqin(lashib yurib) sajda qilmoqqa umid qilib, aql-bilim fazilatini paydo qilmoq (degani).
Ill shaxs kesimlik ko‘rsatkichi bog‘lovchisiz qo‘shma gapdagi har bir gapning kesimi tarkibida qo‘llanadi. Emotsional nutq kesimlik ko‘rsatkichining har bir sodda gap tarkibida qo‘llanishiga sabab bo‘ladi: ... bu sutur aghiliq ol,ol >, bu abidarim aghiliq ol, bu sutiran tigmä tözgä yarashi atlgh böliik ol, bu ikiläyü sözlämish böliik ol (Oy, IV, 35b) — bu — sutra xazinasidir, , bu — abidarim xazinasidir, bu — “sutra degan asosga muvofïq keladigan” nomli bo‘lakdir, bu ikkinchi marta so‘zlagan bo‘lakdir.
Bu uz yürüklärïn itïglïg alp shlöklüg bölük ol, bu käntün yrliqamish bölük ol, bu tiltaqlarin yrliqamish bölük ol, bu yöläshüriig böliik ol, bu tiizün titsilarning öngrä azunlartaqi sawlarin uqitu yrliqamish bölük ol (Oy, IV, 36a) — Bu — yaxshi ma’nolar bilan bezalgan, nozik she’ri bor bo'lakdir, bu — keyin marhamat qilingan bo‘lakdir, bu sabablarni marhamatlagan bo‘lakdir, bu qiyoslangan bo‘lakdir, bu — aslzoda shogirdlar oldingi olamlardagi so‘zlarni tushuntirib, marhamat qiladigan bo‘lakdir.
Tinglovchi ma’lum egani qabul qilishga tayyor bo‘lmaganda ham, kesim gapning boshida bo‘lishi mumkin. Buning sababi emotsional nutqdir: Yalanguzin t(ä)ngrimsiz udunguz ozghali ozghurqali (Oy, IV, 69a) — Tanho tangrimsiz (siz) ularga najot berishga qodir bo‘lgan!
Nutq emotsional xususiyatga ega bo‘lmay, oddiy bayondan iborat bo‘lganda esa, III shaxs kesimlik ko‘rsatkichi qo‘llanmaydi va bu ham bunday gap turi uchun me’yor hisoblanadi: ... iki türlüg atqanmaqlarigh bir ärsär kntii köngüllärintin kitirmäk, ikinti ärsär adin tïnlghlar köngülintin kitärmäk (Oy, IV, 23b) — ... ikki turli bog‘lanishni, birinchidan, o‘z ko‘ngillaridan ketkazmoq(dir), ikkinchidan, boshqa jonzotlar ko‘ngillaridan ketkazmoq(dir).
Qadimgi turkiy tilning sintaktik qurilishidagi o‘ziga xosliklar har bir davrdagi adabiy tilning xususiyatlari bilan belgilanadi. Ayniqsa, yozma adabiy til, tarjima adabiyotlari rivoj topgan davrdagi matnlarning sintaktik qurilishi murakkabligi bilan ajralib turadi. “Oltin yorug‘”ning sintaktik qurilishi bunga misoldir: Ular qamagh ati kötriilmish ayaghqa tägimliklär çin kirtü bilgä bilikläri üzä, çin kirtü közläri üzä, çin kirtü tanuqlamaqlari üzä, çin kirtü tüshülmäkkä tägmäkläri üzä, alqu oghurin bilirlär, alqu oghurin körürlär, alqu qamagh tinlghlar oghlanlarining qilmish nä türltik ädgüli ayighli iki türlüg qilinçlarin (Oy, III, 4a) — Ular(ning) hammasi nomi ulug‘langan, hurmatga sazovor bo‘lganlari (bilan), chinakam, haqiqiy, oliy haqiqatni bilishlari bilan, chinakam haqiqiy ko‘zlari bilan, chinakam, haqiqiy guvohliklari bilan, chinakam, haqiqiy fazilatlarga yetishganlari bilan hamma zamonni biladilar, hamma zamonni ko‘radilar, jamiki jonzotlar bolalari qilgan ne turli yaxshi (va) yomon — ikki turli qilmishlarni (ko‘radilar).
Bu parchadagi uyushib kelgan to‘ldiruvchilar (bïlïkläiï iizä, közlärï üzä, tanuqlamaqlari üzä, tägmäklärï üzä, oghurin— oghurin ) va uyushgan kesimlar (bïlïrlär, köriirlär) sintaktik vazifadan tashqari stilistik vazifa ham bajaradi: bu gapdagi bir xil grammatik shakllangan to‘ldiruvchilar, yordamchi so‘z va bir xil grammatik shakldagi kesimlarning takrori jumlada ohangdorlikni hosil qilgan.
Boiim yuzasidan savol va topshiriqlar