MAHMUD KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘ATIT-TURK” ASARIDA KELTIRILGAN SHE’RLARDAN Alp Er Toga öldimü,
Esiz azun qaldïmu,
Özläk öcin aldïmu,
Emdi yüräk yïrtïlur.
(Alp Er Tosnga (Afrasiyob) oidimi, Esiz dunyo qoldimi, Dunyo
undan o‘chini oldimi, Endi yuraklar yaralanmoqda) (MK, I, 77).
Bulnar meni ulas köz,
Qara mei]iz, qïzïl yüz.
Andïn tamar tükäl tüz,
Bulnap yana ol qacar.
(Xumor ko‘zli, qora xolli, qizil yuzli sevgilim meni asir qiladi. Uning lablaridan shirinlik tomadi. Meni asir qilib, o‘zi mendan qochadi) (MK, I, 92).
Körüp necük qacmadïr),
Yamar suwïn kecmädig,
Tawart'rjnï sacmadïij,
Yesün seni aar böri.
(Yengib, asir qilinganga qarata aytadi: Meni ko‘rishing bilan nega qochmading. Yamar suvini kechmading. (Boshingni saqlash uchun) mol- mulkingni tashlab keta qolmading. Endi seni sirtlonlar yesin) (MK, I, 108).
Erdi üzä eränlär,
Erdäm begi, bilig tag,
Aydï öküs ögütlär,
Köglüm bolur agar sag.
(Ilgari ilm cho‘qqisini egallagan, fazilat ustalari bo‘lar edi. Ular ko‘p o‘gitlar aytib ketganlar. Ularni eslasam, ko‘nglim ko‘tariladi) (MK, I, 116).
Ïwrïq basï qazlayu,
Sagraq tolu közläyü,
Saqïnc qo8ï kezläyü,
Tün-kiin bilä sewinälim.
(Ivriqning boshi g‘ozday, tubi ko‘z (kosasi)day to‘lgan. Qayg‘uni uning ostiga ko‘maylik-da, kecha-kunduz sevinaylik) (MK, I, 126).
Endik kisi titilsün,
El törü yitilsün,
Toqlï, böri yetilsün,
QaSgu yemä sawïlsun.
((Qilichimiz bilan qayg‘uni ochaylikki), ahmoqlar yo‘lga tushsinlar, el ishi tuzalsin, qo‘zi bilan bo‘ri birga yursin, bizdan qayg‘u-g‘am yo‘qolsin) (MK, I, 131).
Türlüg cecäk yarïldï,
Barcïn yaSïm kerildi,
Ucmaq yeri körüldi,
Tumlug yana kelgüsüz.
(Ko‘klamni ta’riflab aytadi: Turli chechaklar ochildi, go‘yo ipak gilam yozilganday. Jannat yeri ko‘rindi. Sovuq qaytib kelmaydi) (MK, I, 141).
Öpkäm kelip ogradïm,
Arslanlayu kökrädim,
Alplar basïn togradïm,
Emdi meni kim tutar.
((Yovga qarshi) g‘azabim kelib xezlandim, arslon kabi na’ra tortdim, botirlarning boshini uzib tashladim, endi menga kim yetadi) (MK, I, 146).
Erdi asïn taturgan,
Yawlaq yagïg qaeurgan,
Opraq süsin qaytargan,
Bastï ölüm axtaru.
(Bir kishining o‘limiga achinib aytadi: U qo‘noqlarga osh beradigan (saxiy), yovuz dushmanni qochiradigan, 0‘g‘roq askarini qaytaridigan (bahodir) edi. Afsus, o‘lim uni yanchdi) (MK, I, 471).
Iglädi menig aSaq,
Körmäzip ogrï tuzaq.
Iglädim andïn uzaq,
Emlägil emdi tuzaq.
(Yashirin tuzoqni ko‘rmay, mening oyog‘im ilindi. Uzoq vaqt qiynaldim. Ey sevgilim, endi o‘zing davola) (MK, I, 361).
Sendä qacar sundïlac,
Mendä tïnar qargïläe,
Tatlïg otar sunduwac,
Erkäk tisi ucräsur.
(Shoir yoz bilan qish munozarasini ta’riflaydi. Yoz qishga aytadi: Sa’va sendan qochadi, menda qaldirg‘och rohatlanadi. Bulbul yoqimli sayraydi, erkak va urg‘ochi (hayvonlar) juftlashadi) (MK, I, 481).
QADIMGI TURK OTA SO‘ZLARI
Ti'lïn tergikä tegir. — (Kishi) shirin so‘z bilan dasturxonga yetishadi (MK, I, 404).
Alp cerigdä, bilgä tirigdä. — Botir jangda sinaladi, dono majlisda (MK, I, 369).
Otug uSguc birlä öcürmäs. — 0‘tni alanga bilan o‘chirilmaydi (MK, I, 187).
Ot tesä agïz küymäs. — 0‘t degan bilan og‘iz kuymas (MK, I, 78).
Bar — baqïr, yoq — altun. — Bor narsa — mis (qadrsiz), yo‘q narsa — oltin (MK, I, 341).
Uma kelsä, qut kelir. — Mehmon kelsa, qut kelar (MK, I, 118).
Agïlda oglaq tugsa, arïqda otï ünär. — Og'ilda buzoq tug‘ilsa, ariqda o‘ti unadi (MK, I, 96).
Qos qïlïc qïnqa sïgmas. — Qo‘sh qilich bir qinga sig‘maydi (MK, I, 340).
Buldacï buzagu öküz ara belgülük. — Boiadigan buzoq yoshligidayoq ho‘kizlar orasida belgi beradi (bilinadi) (MK, I, 480).
Yazïdaqï süwlin eSäigäli, ewdägi taqagu ïcgïnma. — Qirg‘ovul oviga chiqsang, uydagi tovuqni unutma (MK, I, 418).
Ewdägi buzagu öküz bolmas. — Uyda o‘sgan buzoq hech vaqt ho‘kiz bo‘lmaydi (MK, I, 417).
Necä munduz ersä, es eSgü, Necä egri ersä, yol eSgii. — (Yo‘lda) yolg‘izlikdan ko‘ra, qancha ahmoq bo‘lsa ham, hamroh yaxshi, cho‘lda qanchalik egri bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi (MK, I, 426).
Qutsuz quSugqa kirsä, qum yagar. — Qutsiz quduqqa kirsa, qum yog‘ar (MK, I, 426).
Tawgac xannïq turqusï telim terjlämä8ip bïcmas. — Tavg‘ach xonning ipakligi mo‘l, lekin o‘lchamay kesilmaydi (MK, I, 402).
Ot tütünsiz bolmas, yigit yazuqsïz bolmas. — 0‘t tutunsiz bo‘lmas, yigit gunohsiz bo‘lmas (MK, I, 380).
Necä yitik bicäk ersä, öz sapïn yanymas. — Pichoq qancha o‘tkir bo‘lsa ham, o‘z sopini yo‘nmaydi (kesmaydi) (MK, I, 366).
Qu5ugda suw bar, it bumï tegmäs. — Quduqda suv bor, lekin itning bumi tegmaydi (MK, I, 356).
Qïrq yïlqa tegin bay cïgay tüzlänür. — Qirq yilgacha boy bilan kambag‘al tenglashadi (MK, I, 333).
Qul — yagï, it — böri. — Qul — dushman, it — bo‘ri (MK, I, 324).
Yïlan kendü egrisin bilmäs, tewäy boynïn egri ter. — lion o‘z egriligini bilmaydi-da, tuyaning bo‘ynini egri deydi (MK, I, 147).
Qaz qopsa, ördäk kölig igänür. — G‘oz ko‘tarilsa, koi yuzini o‘rdak egallaydi (MK, I, 128).
MISOLLAR OLINGAN MANBALAR