Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə22/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Aniqlovchili munosabat ikki turli boiadi: 1) predmet va shaxsni aniqlaydi: chighay bodun — kambag‘al xalq; 2) harakatning holatini aniqlaydi: ... taluyqa kiçig tägmädim (Ktk, 3) — dengizga bir oz yetib bormadim.
Obyektli munosabat. Grammatik jihatdan tobe so‘z ilova qilinayotgan predmetning hokim so‘z orqali anglashiladigan belgisini anglatadi: türk bäglär türk atïn it(t)i (Ktu, 7) — turk beklari turkcha otini (o‘zlaridan) olib tashladi.
Subyektli munosabat. Tobe so‘z hokim so‘zdan anglashiladigan harakatni bajaruvchini yoki holat egasini anglatadi. Bu munosabat izofaning bir turidir. Izofaning mazkur turi moslashuv orqali hosil qilinadi: aniqlovchi qaratqich kelishigi shaklini, aniqlanmish esa III shaxs egalik qo‘shimchasini oladi: bilgä qaghaning boduni (Oa, 3) — dono xoqonning xalqi; qaghaninging sabin almating (Ktk, 9) —
Xoqoningning so'zini olmading; ol qanim aliming bängüsi (Ye, 24, 2)
Bu xoqonim (va) elimning mangu (tosh)i.
Predikatlar. Qadimgi turkiy tilda predikatlar semantik—grammatik xususiyatlariga ko‘ra, an’anaviy so‘z turkumlariga kirmaydigan so‘zlar bo‘lib, qadimgi turkiy tilda ikki tarkibli gaplarning kesimi vazifasida keladi. Mazkur predikatlar mavjudlik (bar) va yo‘qlik (joq)ni ifoda etadi: 01 ïkï kïsïbar ärsär (Ton. 10) — 0‘sha ikki kishi bor bo‘lsa; ...tabghaç süsï bar ärmïsh (Ton. 30) — (Ularning orasida) tabg‘ach qo‘shini bor ekan.
Predikativ so‘z bä— (taxminan “ega bo‘lmoq”, “egallamoq” ma’nosida)dan hosil bo'lgan1. Bu fe’l o‘zagi morfologik jihatdan quyidagicha taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan: 1) ikkilamchi fe’l — bä— +r (-r orttirma daraja qo‘shimchasi)> bärïr — fe’lning aorist shakli; 2) harakat nomi — bä~ +j = bä— +r (sinonimik xususiyatga ega): bäj bär ärtïm (Y, 47,5) — (Men) boy—mulk egasi edim; “Oltin yorug‘”da bär bajaghut tarzida qo‘llanib, bu juft so‘z ham “boy—badavlat” ma’nosini ifoda etadi: bar bajaghut bolghali... — boy—badavlat bo‘lgani...
Quyidagi baj barimligh shakli ham yuqoridagiday “boy-badavlat” ma’nosini ifodalaydi: Azun azunda baj barimligh ädgü ävtä barqta toghajin (Oy, II, 44a) — Hamma olamda boy-badavlat, yaxshi uy-joyda tug‘ilayin.
Joq predikati ham asli fe’ldan hosil bo‘lgan: jö- aslida “mavjud bo‘lma—” ma’nosini ifoda etgan. V.V.Radlovning sakkiz jildlik (III jild, 397—bet) lug‘atida joj- “yo‘qot—”, “halok qil—” ma’nosini ifoda etadi. Qadimgi turkiy tildagi jïtmäk (yo‘qolmoq, g‘oyib bo‘lmoq) ma’nosidagi fe’l bilan joq o‘zakdosh hisoblanadi: jitti näng (DLT, II 314) — narsa yo‘qoldi.
“Oltin yorug‘”da bar pretikati ärür zamon ko‘rsatkichi bilan birga qo‘llanadi va kesimning hozirgi zamonga oidligini ko‘rsatadi: Yalanguz maning ävïmtä ök bar ärür (Oy, I 9b)- Faqat mening uyimda bor. Moniylik oqimidagi yozma yodgorliklarda ham ärür zamon ko‘rsatkichi bilan birga qo‘llanadi: äVfmtä jämä öküsh taqighu qushlar bar ärür (Mon.)
Uyimda yana ko‘p tovuq, qushlar bor.
Qadimgi turkiy tilda tarkibli ot kesimning yordamchi qismi bo‘lib ärür qo‘llanadi. Bu fe’l bar predikati tarkibida hozirgi zamon ma’nosi ifodasi uchun qo‘llanganini ko‘rdik. ärürning qadimgi turkiy tildagi o‘ziga xos yana bir xususiyati shuki, faqat ot kesimda hozirgi zamon ko‘rsatkichi sifatida emas, balki har qanday zamondagi fe’l kesim tarkibida ham qo‘llanadi. Jumladan, quyidagi misolda o‘tgan zamon sifatdoshi ärür bilan birga kelgan:
arigh süzüg burxanlar oruninta oq ornanu y(a)rliqamish ärürlär (Oy,
8a) — ... toza, pok burxonlar o‘rniga (chiqib) joylashib, marhamat topgan bo‘ladilar.
Sifatdosh oborotini hosil qilishda ham ärür ishtirok etadi: Özï antagh öngsüz blgüsüz ärt'p (Oy, II, 10 b) — (Uning) mohiyati shu tariqa rangsiz, belgisiz bo‘lib...
Bu fe’lning tudi vazifa bajarishi shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan zamon sifatdoshi tarkibida qo‘Uanganda, ärür zamon ko‘rsatkichi vazifasida emas, balki bog‘lama vazifasini bajarib, harakatni ta’kidlash ma’nosini ifoda etadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin