National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 630 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference talablari asosida rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik
islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda.
Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb
mahoratiga bog'liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g'oyani, yuksak ma'naviy
fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog'lom fikrni uyg'otish, ularni Vatan, xalq
va istiqlol taqdiri uchun g'oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak
ma'naviyatli komil inson bo'lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma'naviy
yuksalishi yo'lida “O'zbekiston tarixi” fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning
barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari hamda maktablarda o'qitilishi ham ana shu
yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
Аmmo qoʼlga kiritilgan milliy davlat mustaqilligini saqlab qolish, uni siyosiy,
iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni barpo qilish
mislsiz darajada murakkab va sharafli bir vazifadir.Bu vazifaning qay darajada
bajarilishi
mamlakatimiz
fuqarolarining
ijtimoiy-siyosiy
saviyasi,
milliy
ma’naviyatimizning nechogʼlik ular ongida shakllanib, xayotiy dunyoqarashiga
aylanishi bilan mushtarakdir. Yosh avlodga oʼz ona tarixini bildirmasdan, tarixiy
voqea va xodisalarni tahlil etmasdan,tarixiy bilim va tarbiya bermasdan uning ongida
milliy oʼzlik va vatanparvarlik tuygʼularini shakllantirish mumkin emas.
Oʼtmishda islom ilmlari rivojiga ulkan hissalarini qoʼshgan,jahon tan olgan
ulugʼ allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy,Burhoniddin
Margʼinoniy, buyuk tasavvuf pirlari Аbduxoliq Gʼijduvoniy va Bahouddin
Naqshband kabi tabarruk siymolarning millatimiz maʼnaviy takomiliga qoʼshgan
xizmatlari bilan bir qatorda,matematika va astronomiya singari aniq fanlar; tibbiyot,
farmakognoziya
,mineralogiya
kabi
tabiiy
fanlar;
logika,
filologiya
va
jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali taʼsir koʼrsatgan
qomusiy allomalar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Аhmad Fargʼoniy, Аbu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulugʼbek kabi moʼʼtabar zotlarning
har biri xususida alohida toʼxtalib, ularning nafaqat milliy maʼnaviyatimiz, balki
bashariyat maʼnaviy takomiliga koʼrsatgan taʼsirlarini birma-bir qayd etib oʼtilishi bu
soha olimlari uchun muhim.
“Oʼz tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yoʼq”.
“Bizning qadimiy va goʼzal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi
beshiklaridan biri boʼlganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va eʼtirof etmoqda. Bu
tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi
va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy madaniyatning
uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning,