National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 631 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference ayniqsa, islom dini bilan bogʼliq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga
koʼtarilishida ona yurtimizda tugʼilib kamolga yetgan ulugʼ allomalarning xizmatlari
beqiyos ekani bizga ulkan gʼurur va iftixor bagʼishlaydi.”
1
Shunday ekan, mustaqil Oʼzbekiston taʼlim tizimida Vatan tarixini mufassal,
asosiy fan sifatida oʼqitish bugungi xayotimizning eng dolzarb vazifalaridan biri
boʼlib qolishi – bu davr taqozosidir. Ijtimoiy gumanitar fanlarning oʼqitilishi zarurati
shundaki, oʼtmish tariximizni bilmasdan kelajakni qura olmaymiz. Bugungi yosh
avlod onggiga xalqimizning istiqlol uchun asrlar davomida olib borgan kurashi,
mustaqillikning mohiyati, uning buyuk neʼmat ekanligini singdirib, ular qalbida
insonparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat,mehr-muhabbat, burch va masʼuliyat
tuygʼularini singdirishda Tarix, Falsafa, Maʼnaviyat kabi ijtimoiy gumanitar
fanlarning salmogʼi katta .Mazkur fanlar yosh avlodni ulugʼ xalqimizning milliy
qadriyatlari va axloqiy sifatlari: xalollik, poklik, odillik, insonparvarlik, rostgoʼylik,
mehnatsevarlik va kamtarinlik, iymon va eʼtiqodlilik ruxida tarbiyalamogʼi lozim,
ularda Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqat xissini qaror toptirmogʼi kerak.
Ijtimoiy fanlar yoshlar hayotida muhim o’rin tutadigan fanlar sirasiga kiradi. U
kelajak avlodni kreativ fikrlashga, faol bo’lishga undaydi. Jamiyatda bo’layotgan
barcha o’zgarishlarni keng idrok etishga imkon beradi va jamiyat xayotida faol
ishtirok etishga undaydi. Maʼnaviyatni yuksaltira borib yot goyalar taʼsiriga
tushmaslik, ularga qarshi kurashuvchan bo’lishga undaydi. Ijtimoiy fanlar orqali
siyosiy yetuklikka erishiladi. Tanqidiy fikrlash, xar qanday masalaga to’gri ijodiy
yondashish normalari shakllanadi. Nutq rivojlanishiga taʼsir kursatadi va bu orqali
yoshlarda maʼnaviy- siyosiy yetuklik ortib boshqaruv qobiliyati shakllanadi. Ijtimoiy
fanlar xayotda bo’layotgan turfa jarayonlarni anglashga o’rgatadi va kreativ fikrlash
g’oyalarini o’rgatishda kuchli moivatsiya rolini o’ynaydi. Shubxasiz ijtimoiy fanlar
o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida juda kerakli fanlardir. Ijtimoiy fanlarni
o’qitish davlat siyosati darajasidagi masala desak xato bo’lmaydi.
Ijtimoiy fanlarni OTM larda o’qitish, dars soatlarini taqsimlash borasida
ayrim qarama-qarshi fikr va mulohazalar ham yo’q emas. Bu xaqda Prezident
Sh.M.Mirziyoev koʼp marotaba oʼz nutqlarida taʼkidlab, sohada uchrayotgan
kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida toʼxtalgan. Prezidentning
2021 yil “Oʼzbekiston” nashriyotida chop etilgan “Yangi Oʼzbekiston strategiyasi “
kitobida sohada uchraydigan shu va shunga o’xshash kamchiliklar haqida
jumladan shunday deyiladi:
1
Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Аsarlar.1-jild.81-bet “ Ozbekiston”
nashriyoti, 2012